MKhan 404 Lab
691 subscribers
55 photos
1 file
39 links
Fullstack Developer at RealSoft

• AI • Career
• Startap • Government Projects

Donat: taps.uz/mkhan404lab

Contact: @mkhasanov
Download Telegram
Backend bilan bitta so'z tufayli yo'qotgan vaqtim

Kofe do'konlari uchun tizimni frontend qismini qilayotgan edim. Ma'lumot kelganda ba'zi joylar bo'sh chiqardi — uzoq vaqt o'z kodimdan xato qidirdim.

Muammo boshqa joyda edi: men price deb kutgan bo'lsam, backend cost deb yuborayotgan edi.

Kichik nom farqi ko'zga tashlanmaydi, xato ham chiqmaydi — faqat ma'lumot yo'q ko'rinadi. Juda kichik xato, lekin shu va shunga o'xshash narsalar ko'p vaqt oladi.

Jamoada ko'pincha eng katta xato texnik emas — kelishuv yo'qligi.
Har loyihada birinchi qadam: ma'lumot nomlarini va umuman loyihani oldindan yozma tarzda kelishib olish kerak.

✍️ Izohga yozing:
Siz qaysi kichik narsa ustida ko'p qolib ketgansiz?

👉 @WebBrogrammist
🔥4
Rol asosida huquqlarni (RBAC) to'g'ri loyihalash

Rol va huquqni ajrating — rol nom, huquq esa aniq harakat (salary.view, employees.delete). Rolga bir nechta huquq biriktiriladi. Shunda yangi rol qo'shish kod yozmasdan, faqat bazada amalga oshadi.

Markazlashgan tekshiruv — har controller'da if (role === 'admin') yozish o'rniga, bitta middleware orqali tekshiring:
router.delete('/employees/:id', checkPermission('employees.delete'), handler);


Haqiqiy himoya backendda bo'ladi — frontendda tugma yashirish faqat qulaylik uchun, xavfsizlik emas.

Faqat kerakli huquq beringehtiyot sharti deb ortiqcha huquq qo'shmang.
Boshida murakkab tuyulsa ham, loyiha o'sganda aynan shu tuzilma vaqt tejaydi.

Sizda huquqlar qanday boshqariladi — oddiy role check bilanmi yoki alohida permission tizimi bilan?

👉 @WebBrogrammist
👍41
IT sohasida chalg'itadigan mif

Mif: Ko'p dasturlash tilini bilish — yaxshi dasturchi degani

Haqiqat: Bitta tilni chuqur bilish, muammoni yechish mantig'ini tushunish — bundan ancha muhimroq.

Til — vosita, xolos. Bugun C++, ertaga Java kerak bo'lsa, mantiqni tushungan odam 1-2 haftada o'tib oladi.

Yana bir til o'rganay deb vaqt sarflashdan asosiysi — qanday o'ylashni o'rganish: muammoni bo'laklarga bo'lish, arxitekturani to'g'ri qurish va xatoni tezroq topish.

Sizningcha, dasturchi uchun eng muhim narsa nima — til bilishmi, yoki mantiq/fikrlash?

👉 @WebBrogrammist
4
Sun'iy intellekt dasturchini almashtiradimi?

Ko'p dasturchi bir savoldan qo'rqadi: "AI meni ishsiz qoldiradimi?"

Haqiqat: AI kod yozishni tezlashtiradi, lekin nima yozish kerakligini hali ham bilmaydi. Bu qaror odam qo'lida qoladi — tizim qanday ishlashi, xavfsizlik, arxitektura.

Menimcha, AI dasturchini almashtirmaydi — u faqat "copy-paste" qilib ishlagan, muammoni tushunmagan dasturchini almashtiradi.

Sizning fikringiz qanday:
💯 — AI dasturchilarni almashtiradi
🔥 — Xavf yo'q, u faqat bir vosita
😁 — Hali aniq emas, kuzataman

👉 @WebBrogrammist
😁4🔥32💯2
API-first arxitektura — endi tanlov emas, standart

2026-yilda saytlar yolg'iz ishlamaydi. Ular boshqa tizimlar, ilovalar, va servislar bilan doim aloqada bo'lishi kerak.

Shu sababli headless CMS va composable arxitektura an'anaviy monolit yondashuvni siqib chiqarmoqda. Frontend, backend, va content boshqaruvi endi bir-biriga qattiq bog'lanmagan — har biri alohida modul sifatida ishlaydi.

Nima uchun bu muhim? Chunki bugungi loyiha ertaga boshqa ilova, mobil app yoki hatto AI agent bilan integratsiya talab qilishi mumkin. API-first qurilgan tizim bunga tayyor turadi, monolit esa qayta yozilishga majbur bo'ladi.

Vue/Nuxt bilan ishlaydiganlar uchun bu allaqachon tanish yondashuv — REST yoki GraphQL orqali backend'ni frontend'dan mustaqil qurish.

Loyihalaringizda API-first yondashuvni qo'llayapsizmi?
❤️ — ha, shunday qilaman
👍 — hali monolit bilan ishlayman

👉 @MKhan404Lab
2👍2
🌍 World Monitor — 64k+ yulduzli open-source loyiha

Real-vaqtda ishlaydigan global intelligence dashboard: AI yordamida yangiliklarni yig'ib, geosiyosiy va infratuzilma jarayonlarini bitta interfeysda ko'rsatadi.

Arxitekturasi:
Frontend: TypeScript + Vite, 3D globe (Three.js) va WebGL xarita (deck.gl)
API: Protocol Buffers (281 proto, 35 xizmat)
Desktop: Tauri 2 (Rust)
Keshlash: Redis + 3 qatlamli strategiya

• 500+ yangilik feed
• 65+ tashqi provayder
• 25 tilni qo'llab-quvvatlaydi
• Hattoki MCP server va SDK'lar orqali AI agentlar uchun ham ochiq.

🔗 Havola: github.com/koala73/worldmonitor

🔥 — Foydalanib ko'raman
🤔 — Qanday foydalanaman?

👉 @MKhan404Lab
🤔3🔥1
Sayt tezligi — endi ixtiyoriy funksiya emas

2026-yilda foydalanuvchi 2-3 soniya kutmaydi. Sekin sayt — yo'qotilgan mijoz, yo'qotilgan pul.

Shu sababli endi CDN, edge computing, va caching qatlamlari qo'shimcha optimizatsiya emas, loyihaning boshidanoq kiritiladigan asosiy talab bo'lib qoldi.

Edge deployment nimani anglatadi?
Server foydalanuvchidan minglab kilometr uzoqda emas, eng yaqin nuqtada joylashadi — natijada so'rov tezroq bajariladi, sahifa tezroq ochiladi.

Nuxt 3'da bu allaqachon qo'lda: Nitro server orqali edge platformalarga (Vercel, Cloudflare) to'g'ridan-to'g'ri deploy qilish mumkin, qo'shimcha sozlashsiz.

Loyihangizda performance'ga qanchalik e'tibor berasiz?
💯 — har doim CDN/edge ishlataman
👍 — bu haqida hali jiddiy o'ylamaganman

👉 @MKhan404Lab
👍8🔥5
💲Keyingi post sotuv tajribasidan bo'ladi!
🔥82
Sotuvda o'zgargan bir narsa

Ilgari mijoz yo'q desa, buni og'ir qabul qilardim. Har bir rad javobi menga tegishlidek tuyulardi.


Hozir mijoz yo'q desa, endi birinchi qiladigan ishim — unga qarshi chiqmay, aksincha fikriga qo'shilish. Keyin savol berish: aynan nega yo'q, nima to'g'ri kelmayapti. Va shu javobga mos yechim taklif qilish.

Oddiy o'zgarish, lekin natija boshqacha bo'ladi — chunki endi mijoz o'zini eshitilgan his qiladi, men esa haqiqatan kerakli narsani taklif qilyapman.
Rad etgan mijozni dushmandek qabul qilib, o'zingizni ham mijozni ham qiynamang.

Sizda ham vaqt o'tishi bilan qarashingiz o'zgargan biror narsa bormi?
🔥 — Ha, albatta
👍 — Bu haqida o'ylab ko'rmaganman

👉 @MKhan404Lab
🔥5👍2
AI kod yozish vositalari — hype yoki haqiqiy foyda?

Copilot AI, Cursor kabi vositalar deyarli har bir dasturchining ish stolida. Bular haqiqatan ishni tezlashtiryaptimi?


Aslida, sodda va takrorlanuvchi kod uchun bu vositalar chindan ham vaqtni tejaydi — ba'zan 2-3 baravar tezroq. Lekin arxitektura yoki murakkab biznes logika kerak bo'lganda — AI ko'pincha o'rtacha javob beradi, va uni tekshirib, to'g'rilashning o'zi vaqt oladi.

Menimcha, bu vosita tezlik beradi, lekin fikrlashni almashtirmaydi. Kim buni tushunib ishlatsa foydasi katta. Lekin faqat AI yozib bersin desangiz — keyinroq kodni qayta yozishga to'g'ri kelishi mumkin.

Sizda AI vositalari kundalik ishingizda qanchalik foydali?
💯 — Haqiqatan foydali!
⚡️ — O'zim yozsam qiziqroq!

👉 @MKhan404Lab
1💯1
✍️ Keyingi post qaysi mavzuda deb o'ylaysiz ?
2😁1
🚀 Claude Opus 5 haqida eshitdingizmi?

Dasturchilar va AI bilan ishlaydiganlar uchun yaxshi yangilik. Ko‘plab dasturchilar uni hozirgi eng kuchli AI modellaridan biri sifatida baholamoqda.

U quyidagi imkoniyatlari bilan ajralib turadi:
— Murakkab kodlarni yozish va tahlil qilishda yanada kuchli.
— 1 million tokenlik kontekst oynasi.
— Katta loyihalarni yaxshiroq tushunadi va uzoq suhbatlarda kontekstni saqlab qoladi.
— AI agentlari va avtomatlashtirilgan vazifalar uchun optimallashtirilgan.
— Xavfsizlik va aniqlik bo‘yicha ham yaxshilangan.

Siz qaysi AI modelidan ko‘proq foydalanasiz?

🔥 — Claude
⚡️ — ChatGPT
❤️ — Gemini

👉 @MKhan404Lab
🔥10🤷‍♂11
🛣 Full Stack Developer Roadmap 2025-2030

Agar 2026-yilda Full Stack Developer bo‘lishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, quyidagi ketma-ketlikni tavsiya qilaman:

1. Foundation
— HTML5 / CSS3
— JavaScript (ES6+)
— Git & GitHub

2. Frontend
— TypeScript
— React / Angular / Vue.js
— State Management (Redux / Pinia)

3. Backend
— Node / Java / Python
— Redis
— REST API / GraphQL
— Authentication (JWT, OAuth)
— PostgreSQL / MongoDB
— ORM (Prisma / TypeORM)

5. DevOps (plus bo'ladi)
— Docker
— AWS / Cloudflare / Vercel
— CI/CD (GitHub Actions)

6. Testing (qo'shimcha)
— Vitest / Jest
— Playwright yoki Cypress


💡 Har bir bosqichni o‘rganish bilan birga loyiha yarating. Portfolio'dagi 5 ta sifatli loyiha 10 ta sertifikatdan qimmatroq.

Siz hozir roadmapning qaysi bosqichidasiz?
🆒 — Foundation
⚡️ — Frontend
❤️ — Backend
🔥 — DevOps

👉 @MKhan404Lab
6🔥1
🤖 Codex Pro (GPT-5.5) vs Claude Code Pro — qaysi biri kuchli?

Claude Code
— Katta codebase bilan ishlashda kuchli
— Tez MVP va prototip yaratadi
— Terminal workflow uchun juda qulay

Codex Pro (GPT-5.5)
— Murakkab masalalarni tahlil qilishda kuchli
— Arxitektura va clean code bo‘yicha yaxshi
— Debug va refactoringda kuchli yordamchi

Xulosa qilib aytganda,
— Tez qurish uchun → Claude Code.
— Professional development → Codex Pro.

👉 @MKhan404Lab
👏4
Tarixdagi eng qimmat dasturlash xatolari

1. Ariane 5 raketasi — ~$370 million
1996-yilda Yevropaning Ariane 5 raketasi uchirilganidan, 64-bit sonni 16-bitga noto'g'ri o'tkazish sababli, atigi 37 soniya o'tib portlab ketgan.

2. Knight Capital — ~$460 million
2012-yilda birgina noto'g'ri deploy qilingan kod tufayli kompaniya 45 daqiqa ichida bozorda tartibsiz savdo qilib, kompaniya deyarli bankrot bo'ldi.

3. Therac-25
1980-yillarda radiatsiya apparatidagi dasturiy xato sabab bir nechta bemor juda yuqori dozada nurlanish oldi.

Xulosa
Dasturlashda har bir kichik bug, test, code review va deployda ehtiyotkorlik muhim.

👉 @MKhan404Lab
3😁1
Netflix, Google va Meta milliardlab foydalanuvchiga qanday xizmat ko‘rsatadi?

Siz har kuni video ko‘rasiz, xabar yuborasiz, qidirasiz. Lekin ortida nima sodir bo‘lishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Birgina kompaniya milliardlab so‘rovlarni qanday boshqaradi?

Javob — kuchli arxitekturada.

1. Data Centerlar
Katta kompaniyalarning dunyo bo‘ylab minglab serverlari bor. Sizga eng yaqin server xizmat ko‘rsatadi.

2. Load Balancer
Millionlab foydalanuvchilar bitta serverga tushmaydi. Trafik minglab serverlarga taqsimlanadi.

3. CDN
Netflix filmni uzoqdagi serverdan emas, sizga yaqin joylashgan serverdan beradi. Shu sabab video tez yuklanadi.

4. Cache
Ko‘p ishlatiladigan ma’lumotlar vaqtincha tezkor xotirada saqlanadi.

5. Database Sharding
Milliardlab ma’lumot bitta bazada emas. Ular ko‘plab qismlarga bo‘linib saqlanadi.

6. Microservices
Bitta ulkan dastur o‘rniga yuzlab kichik servislar ishlaydi.

7. Kubernetes
Trafik oshsa yangi serverlarni avtomatik qo‘shadi, kamayganda esa resurslarni qisqartiradi.


Masalan, siz Netflix’da film ochganingizda:
DNS → Load Balancer → CDN → Serverlar → Database → AI tavsiyalar

Bularning barchasi bir necha soniya ichida ishlaydi.

💡 Katta kompaniyalar kuchli koddan tashqari, kuchli system design va arxitektura bilan milliardlab foydalanuvchiga xizmat qiladi.

👉 @MKhan404Lab
4
Milliardlab foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatishning siri bu — Kuchli Arxitektura

👉 @MKhan404Lab
🔥4
Endi esa Backend haqida gaplashamiz
👏3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5