Nega 6 oyga yo'q bo'lib ketdim?
Sezgan bo'lsangiz 5-6 oy davomida yo'q bo'lib ketdim. Sababi, dasturlashdan charchagandim. Doim kod, doim ekran — nimadir o'zgarish qilish kerak edi.
Juda introvert bo'lib ketgandim, lekin menga insonlar bilan muloqot yoqardi.
Shu payt qidirib-qidirib sotuv degan kasbni topdim. Buni yana bir foyda jihati, kelajakda mahsulotimni, xizmatimni sota olishim va o'z shaxsiy brendimni qurishda ham, har qanday sohada asosiy narsa bu muomala.
Nutqni ravon qilish, odamlarni tushunish, muomala — hayotda hamma narsa aslida shunga bog'liq.
Bir necha oy shu soha bo'yicha tajribaga to'pladim. Muzokara, mijoz bilan ishlash — bularni ichidan o'rgandim, faqat nazariyani eman.
Endi bu ikkisini birlashtirib olib borishga qaror qildim: dasturlash + sotuv.
Kod yozish bilan bir qatorda, uni qanday taqdim etish, sotishni ham bilish.
Xullas, Come Back to IT!

❤2🔥2
Sizga qanday mavzu ko'proq qiziq?
Anonymous Poll
68%
Tizim, real loyihalar, arxitektura
23%
Sotuv va muzokara tajribasi
36%
Hammasidan aralash
Sotuvda yurib ham, dasturlashni tashlab qo'ymadim...
Ish jarayonida ham loyihalar ustida ishlashda davom etib, yangi texnik bilimlar o'rgandim.
Shu davrda bir firma uchun tizim qurib berdim — xodimlarning ish jarayonini, bajargan ishlarini va oyliklarini hisoblaydigan platforma.
Tizimda har bir xodim roli alohida ruxsat va interfeys bor edi — har kim faqat o'ziga kerakli qismni ko'radi, admin esa umumiy nazoratni.
Bu loyiha menga shuni ko'rsatdi: sotuvda o'rgangan narsa — mijoz muammosini tinglash, uni aniq talabga aylantirish — dasturlashda ham aynan shu tarzda ishlaydi.
Yaxshi kod yozishdan oldin, mijozning muammosini yaxshi tushunish kerak.
👉 @WebBrogrammist

👍3
🏢 2 yil ichida 3 ta kompaniyada nima o'rgandim?
• Birinchisi — banklar uchun boshqaruv tizimi (xodimlar, oyliklar, hujjat aylanishi) + support. Bu yerda tushundim: tizim yozish oson, uni ishlab turish qiyinroq.
• Ikkinchisi — talabalar uchun ish topish startap platforma va Davlat Aktivlari Agentligi uchun moliyaviy tizim. Startapdan davlat miqyosigacha — talab darajasi butunlay boshqacha ekan.
• Uchinchisi — kofe do'konlari uchun startap loyiha. Boshqa birov boshlagan kodni davom ettirdim. Bu yerda o'rgandim: birovning kodi ustiga qurish — noldan yozishdan ko'ra ko'proq sabr talab qiladi.
Xulosa qilganda, kod yozish — ishning bir qismi. Asosiysi, muammoni tushunish va tizimni real hayotda ishlata olish.
❓Sizga qaysi ko'proq o'rgatgan — noldan yozishmi yoki boshqa kod ustiga qurishmi?
👉 @WebBrogrammist
2 yil ichida 3 xil joy, 3 xil atmosfera, har biri boshqa dars.

👍5
Backend bilan bitta so'z tufayli yo'qotgan vaqtim
Kofe do'konlari uchun tizimni frontend qismini qilayotgan edim. Ma'lumot kelganda ba'zi joylar bo'sh chiqardi — uzoq vaqt o'z kodimdan xato qidirdim.
Muammo boshqa joyda edi: men price deb kutgan bo'lsam, backend cost deb yuborayotgan edi.
Kichik nom farqi ko'zga tashlanmaydi, xato ham chiqmaydi — faqat ma'lumot yo'q ko'rinadi. Juda kichik xato, lekin shu va shunga o'xshash narsalar ko'p vaqt oladi.
Jamoada ko'pincha eng katta xato texnik emas — kelishuv yo'qligi.
Har loyihada birinchi qadam: ma'lumot nomlarini va umuman loyihani oldindan yozma tarzda kelishib olish kerak.
✍️ Izohga yozing:
❓Siz qaysi kichik narsa ustida ko'p qolib ketgansiz?

🔥4
Rol asosida huquqlarni (RBAC) to'g'ri loyihalash
Rol va huquqni ajrating — rol nom, huquq esa aniq harakat (
Markazlashgan tekshiruv — har controller'da
Haqiqiy himoya backendda bo'ladi — frontendda tugma yashirish faqat qulaylik uchun, xavfsizlik emas.
Faqat kerakli huquq bering — ehtiyot sharti deb ortiqcha huquq qo'shmang.
Boshida murakkab tuyulsa ham, loyiha o'sganda aynan shu tuzilma vaqt tejaydi.
❓Sizda huquqlar qanday boshqariladi — oddiy role check bilanmi yoki alohida permission tizimi bilan?
👉 @WebBrogrammist
Rol va huquqni ajrating — rol nom, huquq esa aniq harakat (
salary.view, employees.delete). Rolga bir nechta huquq biriktiriladi. Shunda yangi rol qo'shish kod yozmasdan, faqat bazada amalga oshadi.Markazlashgan tekshiruv — har controller'da
if (role === 'admin') yozish o'rniga, bitta middleware orqali tekshiring:router.delete('/employees/:id', checkPermission('employees.delete'), handler);Haqiqiy himoya backendda bo'ladi — frontendda tugma yashirish faqat qulaylik uchun, xavfsizlik emas.
Faqat kerakli huquq bering — ehtiyot sharti deb ortiqcha huquq qo'shmang.
Boshida murakkab tuyulsa ham, loyiha o'sganda aynan shu tuzilma vaqt tejaydi.
❓Sizda huquqlar qanday boshqariladi — oddiy role check bilanmi yoki alohida permission tizimi bilan?
👉 @WebBrogrammist
👍4❤1
IT sohasida chalg'itadigan mif
Mif: Ko'p dasturlash tilini bilish — yaxshi dasturchi degani
Haqiqat: Bitta tilni chuqur bilish, muammoni yechish mantig'ini tushunish — bundan ancha muhimroq.
Til — vosita, xolos. Bugun C++, ertaga Java kerak bo'lsa, mantiqni tushungan odam 1-2 haftada o'tib oladi.
Yana bir til o'rganay deb vaqt sarflashdan asosiysi — qanday o'ylashni o'rganish: muammoni bo'laklarga bo'lish, arxitekturani to'g'ri qurish va xatoni tezroq topish.
❓Sizningcha, dasturchi uchun eng muhim narsa nima — til bilishmi, yoki mantiq/fikrlash?

❤4
Sun'iy intellekt dasturchini almashtiradimi?
Ko'p dasturchi bir savoldan qo'rqadi: "AI meni ishsiz qoldiradimi?"
Haqiqat: AI kod yozishni tezlashtiradi, lekin nima yozish kerakligini hali ham bilmaydi. Bu qaror odam qo'lida qoladi — tizim qanday ishlashi, xavfsizlik, arxitektura.
Menimcha, AI dasturchini almashtirmaydi — u faqat "copy-paste" qilib ishlagan, muammoni tushunmagan dasturchini almashtiradi.
Sizning fikringiz qanday:
💯 — AI dasturchilarni almashtiradi
🔥 — Xavf yo'q, u faqat bir vosita
😁 — Hali aniq emas, kuzataman

😁4🔥3❤2💯2
API-first arxitektura — endi tanlov emas, standart
2026-yilda saytlar yolg'iz ishlamaydi. Ular boshqa tizimlar, ilovalar, va servislar bilan doim aloqada bo'lishi kerak.
Shu sababli headless CMS va composable arxitektura an'anaviy monolit yondashuvni siqib chiqarmoqda. Frontend, backend, va content boshqaruvi endi bir-biriga qattiq bog'lanmagan — har biri alohida modul sifatida ishlaydi.
Nima uchun bu muhim? Chunki bugungi loyiha ertaga boshqa ilova, mobil app yoki hatto AI agent bilan integratsiya talab qilishi mumkin. API-first qurilgan tizim bunga tayyor turadi, monolit esa qayta yozilishga majbur bo'ladi.
Vue/Nuxt bilan ishlaydiganlar uchun bu allaqachon tanish yondashuv — REST yoki GraphQL orqali backend'ni frontend'dan mustaqil qurish.
Loyihalaringizda API-first yondashuvni qo'llayapsizmi?
❤️ — ha, shunday qilaman
👍 — hali monolit bilan ishlayman
👉 @MKhan404Lab

❤2👍2
🌍 World Monitor — 64k+ yulduzli open-source loyiha
Real-vaqtda ishlaydigan global intelligence dashboard: AI yordamida yangiliklarni yig'ib, geosiyosiy va infratuzilma jarayonlarini bitta interfeysda ko'rsatadi.
Arxitekturasi:
— Frontend: TypeScript + Vite, 3D globe (Three.js) va WebGL xarita (deck.gl)
— API: Protocol Buffers (281 proto, 35 xizmat)
— Desktop: Tauri 2 (Rust)
— Keshlash: Redis + 3 qatlamli strategiya
• 500+ yangilik feed
• 65+ tashqi provayder
• 25 tilni qo'llab-quvvatlaydi
• Hattoki MCP server va SDK'lar orqali AI agentlar uchun ham ochiq.
🔗 Havola: github.com/koala73/worldmonitor
🔥 — Foydalanib ko'raman
🤔 — Qanday foydalanaman?

🤔3🔥1
Sayt tezligi — endi ixtiyoriy funksiya emas
2026-yilda foydalanuvchi 2-3 soniya kutmaydi. Sekin sayt — yo'qotilgan mijoz, yo'qotilgan pul.
Shu sababli endi CDN, edge computing, va caching qatlamlari qo'shimcha optimizatsiya emas, loyihaning boshidanoq kiritiladigan asosiy talab bo'lib qoldi.
Edge deployment nimani anglatadi?
Server foydalanuvchidan minglab kilometr uzoqda emas, eng yaqin nuqtada joylashadi — natijada so'rov tezroq bajariladi, sahifa tezroq ochiladi.
Nuxt 3'da bu allaqachon qo'lda: Nitro server orqali edge platformalarga (Vercel, Cloudflare) to'g'ridan-to'g'ri deploy qilish mumkin, qo'shimcha sozlashsiz.
Loyihangizda performance'ga qanchalik e'tibor berasiz?
💯 — har doim CDN/edge ishlataman
👍 — bu haqida hali jiddiy o'ylamaganman

👍8🔥5
Sotuvda o'zgargan bir narsa
Hozir mijoz yo'q desa, endi birinchi qiladigan ishim — unga qarshi chiqmay, aksincha fikriga qo'shilish. Keyin savol berish: aynan nega yo'q, nima to'g'ri kelmayapti. Va shu javobga mos yechim taklif qilish.
Oddiy o'zgarish, lekin natija boshqacha bo'ladi — chunki endi mijoz o'zini eshitilgan his qiladi, men esa haqiqatan kerakli narsani taklif qilyapman.
Rad etgan mijozni dushmandek qabul qilib, o'zingizni ham mijozni ham qiynamang.
❓Sizda ham vaqt o'tishi bilan qarashingiz o'zgargan biror narsa bormi?
🔥 — Ha, albatta
👍 — Bu haqida o'ylab ko'rmaganman
👉 @MKhan404Lab
Ilgari mijoz yo'q desa, buni og'ir qabul qilardim. Har bir rad javobi menga tegishlidek tuyulardi.
Hozir mijoz yo'q desa, endi birinchi qiladigan ishim — unga qarshi chiqmay, aksincha fikriga qo'shilish. Keyin savol berish: aynan nega yo'q, nima to'g'ri kelmayapti. Va shu javobga mos yechim taklif qilish.
Oddiy o'zgarish, lekin natija boshqacha bo'ladi — chunki endi mijoz o'zini eshitilgan his qiladi, men esa haqiqatan kerakli narsani taklif qilyapman.
Rad etgan mijozni dushmandek qabul qilib, o'zingizni ham mijozni ham qiynamang.
❓Sizda ham vaqt o'tishi bilan qarashingiz o'zgargan biror narsa bormi?
🔥 — Ha, albatta
👍 — Bu haqida o'ylab ko'rmaganman
👉 @MKhan404Lab
🔥5👍2
AI kod yozish vositalari — hype yoki haqiqiy foyda?
Aslida, sodda va takrorlanuvchi kod uchun bu vositalar chindan ham vaqtni tejaydi — ba'zan 2-3 baravar tezroq. Lekin arxitektura yoki murakkab biznes logika kerak bo'lganda — AI ko'pincha o'rtacha javob beradi, va uni tekshirib, to'g'rilashning o'zi vaqt oladi.
Menimcha, bu vosita tezlik beradi, lekin fikrlashni almashtirmaydi. Kim buni tushunib ishlatsa foydasi katta. Lekin faqat AI yozib bersin desangiz — keyinroq kodni qayta yozishga to'g'ri kelishi mumkin.
❓Sizda AI vositalari kundalik ishingizda qanchalik foydali?
💯 — Haqiqatan foydali!
⚡️ — O'zim yozsam qiziqroq!
👉 @MKhan404Lab
Copilot AI, Cursor kabi vositalar deyarli har bir dasturchining ish stolida. Bular haqiqatan ishni tezlashtiryaptimi?
Aslida, sodda va takrorlanuvchi kod uchun bu vositalar chindan ham vaqtni tejaydi — ba'zan 2-3 baravar tezroq. Lekin arxitektura yoki murakkab biznes logika kerak bo'lganda — AI ko'pincha o'rtacha javob beradi, va uni tekshirib, to'g'rilashning o'zi vaqt oladi.
Menimcha, bu vosita tezlik beradi, lekin fikrlashni almashtirmaydi. Kim buni tushunib ishlatsa foydasi katta. Lekin faqat AI yozib bersin desangiz — keyinroq kodni qayta yozishga to'g'ri kelishi mumkin.
❓Sizda AI vositalari kundalik ishingizda qanchalik foydali?
💯 — Haqiqatan foydali!
⚡️ — O'zim yozsam qiziqroq!
👉 @MKhan404Lab
⚡1💯1
5 yildan keyin dasturchi degan kasb qanday bo'ladi?
Anonymous Poll
47%
Kam odam kerak bo'ladi, AI ko'p ishni oladi
6%
Dasturchilar soni ko'payadi, chunki loyihalar arzonlashadi
44%
Kasb o'zgaradi — "AI'ni boshqaruvchi"ga aylanadi
3%
Katta o'zgarish bo'lmaydi, hozirgidek qoladi
Hozir qaysi sohadasiz/qiziqasiz?
Anonymous Poll
14%
Frontend
40%
Backend
23%
AI/Data Engineer
6%
Sotuv/Marketing
17%
Boshqa soha
🚀 Claude Opus 5 haqida eshitdingizmi?
Dasturchilar va AI bilan ishlaydiganlar uchun yaxshi yangilik. Ko‘plab dasturchilar uni hozirgi eng kuchli AI modellaridan biri sifatida baholamoqda.
U quyidagi imkoniyatlari bilan ajralib turadi:
— Murakkab kodlarni yozish va tahlil qilishda yanada kuchli.
— 1 million tokenlik kontekst oynasi.
— Katta loyihalarni yaxshiroq tushunadi va uzoq suhbatlarda kontekstni saqlab qoladi.
— AI agentlari va avtomatlashtirilgan vazifalar uchun optimallashtirilgan.
— Xavfsizlik va aniqlik bo‘yicha ham yaxshilangan.
Siz qaysi AI modelidan ko‘proq foydalanasiz?
🔥 — Claude
⚡️ — ChatGPT
❤️ — Gemini

🔥10🤷♂1❤1
🛣 Full Stack Developer Roadmap 2025-2030
Agar 2026-yilda Full Stack Developer bo‘lishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, quyidagi ketma-ketlikni tavsiya qilaman:
💡 Har bir bosqichni o‘rganish bilan birga loyiha yarating. Portfolio'dagi 5 ta sifatli loyiha 10 ta sertifikatdan qimmatroq.
❓Siz hozir roadmapning qaysi bosqichidasiz?
🆒 — Foundation
⚡️ — Frontend
❤️ — Backend
🔥 — DevOps
👉 @MKhan404Lab
Agar 2026-yilda Full Stack Developer bo‘lishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, quyidagi ketma-ketlikni tavsiya qilaman:
1. Foundation
— HTML5 / CSS3
— JavaScript (ES6+)
— Git & GitHub
2. Frontend
— TypeScript
— React / Angular / Vue.js
— State Management (Redux / Pinia)
3. Backend
— Node / Java / Python
— Redis
— REST API / GraphQL
— Authentication (JWT, OAuth)
— PostgreSQL / MongoDB
— ORM (Prisma / TypeORM)
5. DevOps (plus bo'ladi)
— Docker
— AWS / Cloudflare / Vercel
— CI/CD (GitHub Actions)
6. Testing (qo'shimcha)
— Vitest / Jest
— Playwright yoki Cypress
💡 Har bir bosqichni o‘rganish bilan birga loyiha yarating. Portfolio'dagi 5 ta sifatli loyiha 10 ta sertifikatdan qimmatroq.
❓Siz hozir roadmapning qaysi bosqichidasiz?
🆒 — Foundation
⚡️ — Frontend
❤️ — Backend
🔥 — DevOps
👉 @MKhan404Lab
❤6🔥1
🤖 Codex Pro (GPT-5.5) vs Claude Code Pro — qaysi biri kuchli?
Claude Code
— Katta codebase bilan ishlashda kuchli
— Tez MVP va prototip yaratadi
— Terminal workflow uchun juda qulay
Codex Pro (GPT-5.5)
— Murakkab masalalarni tahlil qilishda kuchli
— Arxitektura va clean code bo‘yicha yaxshi
— Debug va refactoringda kuchli yordamchi
Xulosa qilib aytganda,
— Tez qurish uchun → Claude Code.
— Professional development → Codex Pro.

👏4