MKhan 404 Lab
691 subscribers
55 photos
1 file
39 links
Fullstack Developer at RealSoft

• AI • Career
• Startap • Government Projects

Donat: taps.uz/mkhan404lab

Contact: @mkhasanov
Download Telegram
📶 Internet nima va u qanday ishlaydi?

Internet — bu kompyuterlar tarmog‘i, ya’ni butun dunyodagi millionlab kompyuter, telefon va serverlar o‘zaro ulanib, ma’lumot almashadigan global tizim.

Ular orasidagi aloqa standart protokollar orqali amalga oshadi.


Ma’lumot qanday almashadi?
🔸 Brauzer so‘rov yuboradi.
🔸 Bu so‘rov IP-manzilga boradi.
🔸 Server video paketlarini yuboradi.
🔸 Brauzer ularni yig‘ib ko‘rsatadi.

IP, Domen va protokollar:
🔴 IP manzil — har bir qurilma yoki saytning internetdagi unikal raqami.
🔴 Domen — sayt nomi (google.com).
🔴 DNS — domen nomlarini IP manzillarga aylantiradi.
🔴 TCP — ma’lumot to‘liq va to‘g‘ri ketishini nazorat qiladi. Agar paket yo‘qolsa, uni qayta yuborishni so‘raydi.
🔴 HTTP — brauzer va server shu protokol orqali muloqot qiladi.

Internetda hech bir fayl to‘liq yuborilmaydi — har biri kichik paketlarga bo‘linadi.

🌐 WebBrogrammist
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42💯1
0 va 1 dunyosi

Biz har kuni ko‘radigan video, rasm, musiqa, hatto shu postning o‘zi ham — 0 va 1 lardan iborat!

🔴 Kompyuter uchun har narsa — bu signal bor (1) yoki yo‘q (0) degani.

🔴 U faqat ha yoki yo‘q deb fikrlaydi. Bu ikkilik qarorlar orqali butun Internet tuziladi.

🔴 Har bir harf, rasm, yoki ovoz ikkilik kodga — 0 va 1 lar ketma-ketligiga aylantiriladi.
Masalan, A harfi — 01000001.

Shu sababli bizning butun raqamli dunyomiz — ushbu ulkan kombinatsiyasidan iborat.

🌐 WebBrogrammist
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍653💯2
Frontend — bu faqat vebsayt dizayni emas.

🔴 Har bir tugma bosilganda, forma yuborilganda — orqasida murakkab mantiq ishlaydi: ma’lumot tekshiriladi, serverga yuboriladi, javob olinadi va natija ko‘rsatiladi.

🔴 Frontend — bu nafaqat sayt ko‘rinishi, balki saytda foydalanuvchi o'zini qanday his qilishini boshqaradigan soha.

🔴 Dizayn chiroyli bo‘lishi mumkin, lekin mantiqsiz interfeys — ishlamaydigan go‘zallik.

🌐 WebBrogrammist
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41
Nikola Tesla — kelajakni asr oldin yozgan daho

Nikola Tesla (1856–1943) — elektr energiyasi, simsiz aloqa va texnologiya tarixini o‘zgartirgan inson. U zamonasidan o‘nlab yil ilgarilab fikr yuritgan, lekin o‘zi yaratgan dunyoning boyligini ko‘rmay o‘tgan.


Asosiy yutuqlari:
🔴 Alternativ tok (AC) tizimini ixtiro qildi — bugungi elektr tarmoqlarining asosi.
🔴 Simsiz uzatish tajribalari bilan Wi-Fi, Bluetooth va radio g‘oyasiga yo‘l ochdi.
🔴 Dunyodagi birinchi induksion dvigatelni yaratdi.
🔴 Energiya uzatishni havodan amalga oshirishga urindi (Wardenclyffe Tower loyihasi).

🔸 Tesla shunchaki muhandis emas edi — u inson tafakkurining imkoniyatlarini o‘rganishga, hatto energiyani Yer va koinotdan olish fikriga ham jiddiy qaragan.
🔸 Afsuski, u hayotining oxirida kambag‘al va unutilgan holda Nyu-Yorkdagi kichik mehmonxonada vafot etdi. Ammo bugun butun dunyo "Tesla" ismini yangicha ma’noda — texnologiya va kelajak timsoli sifatida eslaydi.

U bir so‘z bilan aytganda — orzulari zamonidan ilgarilab ketgan inson.

🌐 WebBrogrammist
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯5👍32🔥1
📱 Nega bugun telefonga shu qadar bog‘lanib qoldik?

Har birimizda bir savol bor: nega bizning eng yaxshi do‘stimiz telefon?
Undan hech uzolasha olmaymiz, doim yonimizda.


Asosiy sabablari:
🔴 Telefon bizni tinimsiz mukofot aylanasiga bog‘lab qo‘ygan.
🔴 Har bir “like”, har bir yangi xabar — miyamizda dopamin chiqaradi.
🔴 Va shu lahzada biz o‘zimizni baxtli his qilamiz.
🔴 Lekin bu baxt sun’iy va o‘tkinchi.

Vaqt o‘tib, inson real hayotdagi sokinlik, sabr va chuqur fikrlashni yo‘qota boshlaydi.
Bo‘sh vaqtini to‘ldirish uchun — ekran qarshisida o'tqizadi.


Bunga qanday yechim qilsa bo'ladi?

✔️ Bildirishnomalarni o‘chiring.
✔️ Kuniga kamida 1 soat to‘liq erkandan uzoq bo‘ling.
✔️ Bo‘shliqni tabiat, o‘qish yoki sport bilan to‘ldiring.
✔️ Telefon sizga xizmat qilsin, siz unga emas.

👍 — Foydali bo'lsa.

🌐 WebBrogrammist
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
3️⃣ Dasturlash — bu fikrlash madaniyati!

Dasturlashda har bir funksiya ortida qaror va mas'uliyat turadi.

Shuning uchun asosiy ish kod yozish emas, tartib, mantiq va natijaga etibor qaratish.


Nimalarni o'rgatadi?

🔴 muammoni tahlil qilish;
🔴 yechimni bosqichma-bosqich qurish;
🔴 xatolardan qo‘rqmaslik;
🔴 va mukammallikga intilish.

Shu jihatdan dasturlash hayotga o‘xshaydi. Bitta xato butun tizimni buzadi.
Lekin xatolar — o‘sishning yagona yo‘li.

🌐 WebBrogrammist
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
Assalomu alaykum!

Ismim Muhammadqodir — Fullstack Dasturchiman.

Startap va Davlat loyihalari va Sotuvda tajriba orttirganman.

Blogimda: IT Trendlar, Dasturlash bo'yicha Real loyihalar haqida — ulashib boraman.

Portfolio: @Muhammadqodir_FullStack

Savol yoki takliflar bo'lsa yozishingiz mumkin
1🔥72
🔺 Sun’iy intellekt: xavfmi yoki imkoniyat?

Har safar yangi texnologiya paydo bo‘lsa, odamzot shu savolni beradi: “Endi bizga ish qoladimi?”
Bugun bu savol yana dolzarb — sun’iy intellekt (AI) tufayli.


🔸 Ha, AI allaqachon ko‘plab sohalarni o‘zgartirdi.
Kod yozadi, dizayn chizadi, maqola yozadi, hattoki tibbiyotda kasallikni oldindan aniqlaydi.
Ba’zilar: “Demak, endi biz kerak emasmiz,” deydi.

Ammo masala bunchalik oddiy emas.

🔸 AI odamni almashtirish uchun emas, uni kuchliroq qilish uchun yaratilgan.
U takroriy ishlardan ozod qiladi, lekin ijod, strategiya va tafakkur — hali ham inson qo‘lida.
Kelajakda g‘olib bo‘ladiganlar — AI’dan qo‘rqmay, uni ishlatishni bilganlar bo'ladi.

🔴 Xavf — agar biz o‘zgarmasak.
🔴 Imkoniyat — agar biz undan o‘z foydamizga foydalansak.

🌐 WebBrogrammist
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9💯2
Learning Mindset — Dasturchining eng katta ustunligi.

🔻 Bu — yangi narsadan qo‘rqmaslik, xatodan saboq olish va doimiy o‘sishga intilish.

🔹 Asoslarni tushunish. Har yangi framework ortidan quvish emas, ildizni chuqur bilish muhim.
🔹 O‘rganish — jarayon. “Hammasini bilaman” degan dasturchi yo‘q.
🔹 Kundalik o‘sish. Har kuni kichik narsa o‘rganing — shu sizni uzoqqa olib boradi.

✔️ Texnologiyalar o‘zgaradi, lekin o‘rganishga bo‘lgan munosabat — sizni haqiqiy kuchli dasturchiga aylantiradi.

🔥 - Foydali bo'lsa

🌐 WebBrogrammist
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥122
🛡 VPN aslida nima qiladi?

🔐 VPN (Virtual Private Network) — sizning internet trafigingizni shifrlaydi va IP manzilingizni yashiradi.
Natijada, sizning onlayn faoliyatingizni hatto Wi-Fi egasi yoki kuzatuv tizimlari ham ko‘ra olmaydi.

VPN sizni:
🔴 Xakerlardan himoya qiladi.
🔴 Saytlarning kuzatuvidan saqlaydi.
🔴 Geoblokirovkalarni aylanib o‘tishga yordam beradi.

⚠️ Ammo bepul VPN’lar ko‘pincha foydalanuvchi ma’lumotlarini yig‘ib, o'g'irlaydi. Shuning uchun ishonchli va pullik xizmatlardan foydalanishni tavfsiya qilaman.

👍 — Foydali bo'lsa

🌐 WebBrogrammist
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
🖇 Kod yozishdan — fikrlash muhimroq.

Dasturlashni bilishdan ko'ra muammoni yechish uslubi sizga kuch beradi!

💬 Siz qanday fikrdasiz?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯51
🖥 Veb dasturlashga qiziqishning so'nishi.

Har bir insonda o'z sohasiga qiziqishning pasayishi — bu tabiiy holat. Odatda bu, bir joyda to‘xtab qolsa yoki ishiga tor doirada qaraganda yuz beradi.


🔻 Frontend — bu faqat dizaynni kodga aylantirish emas.
Agar faqat ko‘rinish (UI) bilan ishlash davom etsa, albatta zerikish paydo bo‘ladi.

🔻 Bu tizim qanday ishlashi, arxitektura, sahifa tezligi va xavfsizligini ham o‘z ichiga olgan muhandislik sohasi.

🔴 Arxitektura — katta ilovalar qanday tuziladi, nima uchun ba’zilari sekin ishlashini bilish.

🔴 Performance optimizatsiyasi — saytni qanday qilib tez va yengil qilish mumkinligini tushunish.

🔴 Xavfsizlik — haqiqiy mutaxassis kodni yozadi va uni ishonchli qiladi.

🔴 UI/UX — foydalanuvchi saytda o'zini yengil his qilishi uchun shunga mos interfeys ishlab chiqish.


🔸 Frontendni faqat interfeys deb emas, tizim deb qarasangiz — shunda ishingizdan ma'no topasiz.

🌐 WebBrogrammist
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥5
MKhan 404 Lab
🖥 Veb dasturlashga qiziqishning so'nishi. Har bir insonda o'z sohasiga qiziqishning pasayishi — bu tabiiy holat. Odatda bu, bir joyda to‘xtab qolsa yoki ishiga tor doirada qaraganda yuz beradi. 🔻 Frontend — bu faqat dizaynni kodga aylantirish emas. Agar…
🔻 Sohamga qiziqishning so'nishi o'zimda sodir bo'ldi.

Noutbukni ham ochgim kelmay qoldi.
Shu sababli, sohamni kengaytirib, yangi tajribalar orttirishga kirishdim.

Bu haqida sher ham yozib ko'rdim. Kanalga tashlamoqchi edim. Lekin qofiya, ma'nolari unchalik yoqmadi )


Endi orttirgan tajribalarimni ushbu blogimda bo‘lishib borishga harakat qilaman!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥2
1-qism — Event Loop Javascript

#javascript #mexanizm

🔻 Event Loop — bu JavaScriptda kuzatuvchi mexanizm. U Call Stack bo‘shaganini ko‘rsa, Queue’dagi birinchi funksiyani olib, Stack’ga joylaydi. Shu tariqa JavaScript bir vaqtning o‘zida ko‘p ish qilgandek ko‘rinadi. U asinxronlikni ta’minlab, interfeysni kutib qolishdan saqlaydi.

Nima bo‘ladi:
🔹 Call Stack — bu JS kod bajariladigan asosiy navbat. Har bir funksiya shu yerga kiradi, bajariladi, keyin chiqib ketadi. Ohirgi kirgan birinchi chiqib ketadi.

🔹 Web API — bu brauzerning yordamchi mexanizmi (masalan setTimeout, fetch, addEventListener). Ular vaqt oladigan ishlarni orqa fonda bajaradi.

🔹 Callback Queue — fon ishlar tugaganda, ularning natijalari shu yerga tushadi. Call Stack bo'shagandan keyin Event Loop ularni Call Stack ga yuboradi.


Oddiy misol:
console.log("1");
setTimeout(() => console.log("2"), 0);
console.log("3");


Natija: 1 > 3 > 2;

Sababi, setTimeout Web API orqali kechiktiriladi, Event Loop esa console.log("3") tugagandan keyin uni Queue’dan olib ishlatadi.

🔻 Tushunarli bo'ldimi?

🌐 WebBrogrammist
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍42
2-qism — JavaScriptda xotira boshqaruvi: Garbage Collection, Heap, Memory Leak.

#javascript #mexanizm

JavaScriptda xotira — V8 dvigateli orqali avtomatik boshqariladi. Yani, bu yerda GC, Heap va Memory Leak muhim rol o'ynaydi.


🔻 Heap — bu obyektlar saqlanadigan katta dinamik xotira. Primitive qiymatlar esa odatda Stack'da turadi. Stack'da qiymat o‘zi saqlanadi, Heap’da esa faqat obyektlar saqlanadi va Stack Pointer orqali unga murojaat qiladi.

🔻 Garbage Collection (GC)Heap ichidagi obyektlarga nazoratchi. Qaysi obyektga pointer yo‘q bo‘lsa — demak endi dastur ichida foydalanilmaydi. GC shu obyektni avtomatik topadi, o‘chiradi va xotirani bo‘shatadi.

🔻 Memory Leak — agar kodda obyektga hamon reference saqlanib turgan bo‘lsa — GC uni hali ishlatyapti deb o‘ylaydi. Bu — klassik Memory Leak deyiladi.

🌐 WebBrogrammist
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥83
Come Back to IT😎
👍1
Nega 6 oyga yo'q bo'lib ketdim?

Sezgan bo'lsangiz 5-6 oy davomida yo'q bo'lib ketdim. Sababi, dasturlashdan charchagandim. Doim kod, doim ekran — nimadir o'zgarish qilish kerak edi.

Juda introvert bo'lib ketgandim, lekin menga insonlar bilan muloqot yoqardi.

Shu payt qidirib-qidirib sotuv degan kasbni topdim. Buni yana bir foyda jihati, kelajakda mahsulotimni, xizmatimni sota olishim va o'z shaxsiy brendimni qurishda ham, har qanday sohada asosiy narsa bu muomala.

Nutqni ravon qilish, odamlarni tushunish, muomala — hayotda hamma narsa aslida shunga bog'liq.

Bir necha oy shu soha bo'yicha tajribaga to'pladim. Muzokara, mijoz bilan ishlash — bularni ichidan o'rgandim, faqat nazariyani eman.

Endi bu ikkisini birlashtirib olib borishga qaror qildim: dasturlash + sotuv.

Kod yozish bilan bir qatorda, uni qanday taqdim etish, sotishni ham bilish.

Xullas, Come Back to IT!
2🔥2