Mitsoft Academy | Dasturchilar maktabi
124 subscribers
342 photos
120 videos
9 files
339 links
Mitsoft IT akademiyasi orzularingizga erishishning eng oson yo'li 🏆

🧑‍💻 Admin: @mitsoftacademyadmin
☎️ Tel: +998 91 414 48 04
Download Telegram
📀 Kompyuterning Qattiq Diski (HDD/SSD) va Xotirani Oshirish Bo‘yicha Foydali Maslahatlar
Qattiq disk – bu kompyuteringizdagi barcha fayl, dastur va operatsion tizimni saqlovchi muhim qurilma. Qattiq disk ikki xil turga bo‘linadi:
🔹 HDD (Hard Disk Drive) – mexanik harakat bilan ishlaydi, arzonroq, lekin sekinroq.
🔹 SSD (Solid State Drive) – zamonaviy, tezkor, sokin va bardoshli, lekin biroz qimmatroq.
💡 Xotirani oshirish
📁 Katta fayllarni tashqi diskka ko‘chiring
Video, arxiv va o‘yin fayllari ko‘p joy egallaydi – ularni tashqi HDD/SSD yoki bulutga (Google Drive, OneDrive) yuklang.
💽 SSD-ga o‘ting (agar imkon bo‘lsa)
HDD o‘rniga SSD o‘rnatsangiz, kompyuteringizning tezligi sezilarli oshadi.
🔧 Qo‘shimcha qattiq disk o‘rnating
Ko‘p fayl saqlasangiz, ikkinchi HDD yoki SSD qo‘shish orqali umumiy xotirani kengaytirishingiz mumkin.
☁️ Bulutli saqlash xizmatlaridan foydalaning.
#KompyuterMaslahatlari #SSD #HDD #TexnoYordam #DiskTozalash
🥵Иссиқ ҳавода пишиб қолмаслик учун 4 та маслаҳат!

❗️ Соат 11:00 дан 16:00 гача қуёшда юрмасликка ҳаракат қилинг.
🥛Ҳар соатда сув ичинг, лекин жуда муздек бўлмасин.
📌Енгил, оч рангли кийимлар кийинг.
😎Кўзойнак ва бош кийим билан ўзингизни ҳимоя қилинг.

@mitsoft.uz DASTURCHILAR IT AKADEMIYASI
⌨️ Agar hayotda klavishlar ishlasa... 😅 Ctrl + Z — “Ey, o‘tmishda qilgan xatolarim, orqaga qayting!”
☕️ Ctrl + Alt + Del — “Hayotimni qayta ishga tushiraman, kofe kerak!”
⏸️ Pause — “Bir oz dam olaman, yana qaytaman!”
🔍 Ctrl + F — “Mening telefonim qaerda? Topolmayapman!”
🚀 Alt + Tab — “Uyingdan ishga, ishxonadan uyga — tezda almashaman!”
🎯 Ctrl + C — “Bugungi motivatsiyani ko‘chirib olaman, ertaga ham ishlataman!”
🧹 Delete — “Yomon kunlarni birdan o‘chirib yubor!”
🚫 Esc — “Yomon odamdan chiqib ketish uchun tez tugma!”
🤞 Ctrl + S — “Orzularimni saqlayman, yo‘qolmasin!”

Agar siz shunday qiziqarli darslarda qatnashishni xoasayiz biz bilan bog‘laning: 📲 91 414-48-04

#MITSOFT #Frontend #Dasturlash #KelajakKasblari

@mitsoft.uz DASTURCHILAR IT AKADEMIYASI
27-iyun — Grigoriy taqvimida yilning 178- (kabisa yilida 179-) kuni. Yil yakuniga 187 kun qoladi.
⭕️ Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Bu kun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 24 iyundagi PF-613-sonli Farmoniga asosan bayram sifatida belgilangan.

@mitsoft.uz DASTURCHILAR IT AKADEMIYASI
#Wordniossonorganamiz Bugungi mavzuyimiz Wordning Главная menyusi ichida Aa bolimi bilan tanishib chiqamiz. Bu bolim bizga nima qilib bera oladi? Shu savolga javobni izlab koramiz.
⭕️ 1. Как в предложениях. Matn yozayotganimizda nuqtadan keyin kelgan harflarni bosh harf bilan yozib beradi.
⭕️ 2. Все сторочные matndagi barcha harflarni kichik harflar bilan yozib beradi.
⭕️ 3. Matndagi harflarni barchasini katta bilan yozib beradi.
⭕️ 4. Matndagi sozlarning boshlangizch harflarini katta bilan yozib beradi.
⭕️ 5. Matndagi sozlarning boshlangizch harflarini kichik bilan yozib beradi.

@mitsoft.uz DASTURCHILAR IT AKADEMIYASI
Agar shunday mavzularni yanada chuqurroq o'rganishni xohlasayiz biz bilan bog‘laning: 📲 (91)414-48-04
#wordniossonorganamiz
🔹Главная menyusida заменить bo'limi qanday vazifani bajaradi? Shu savolga javob topamiz hozi. Заменить oynasi Ctrl + H bilan yoki главная menyusidan ochiladi. Bu bo'lim bilan biz keraksiz so'z yoki belgini keraklisiga almashtiramiz.
‼️Masalan: siz biror kompaniyada ishlaysiz. Boshqa viloyat yoki tumandan sizga hujjat keldi. Siz yaratmoqchi bo'lgan hujjat ham xuddi shunday. Hujjat ichidagi tuman yoki viloyat o'rniga o'zingizning shahringizni va ism familyangizni kiritsangiz kifoya. Uning uchun vaxt ketazib birma bir yozib o'tirmasdan, найти ga eski so'zni topishni va заменить на degan joyiga sizga kerak bo'lgan so'zni kiritasiz. Заменить все tugmasi bosiladi. Va 1 marttaga barcha so'zlar almashadi.
⭕️ Bundan ham to'liqroq malumot olish uchun bizga bo'lganing

@mitsoft.uz DASTURCHILAR IT AKADEMIYASI
🪐 Matematika bu:
📉 Formulalar emas.
🔭 Balki voqelikni ko‘rish usuli.
🧠 Xatolar ichida mantiq izlash.
🚪 Fikrlashda yangi eshiklar ochish.

🧵 Keling, bir haqiqatni aytay:
Ko‘pchilik dars o‘rganadi. Biz esa fikrlashni mashq qilamiz.
Ular test yechadi. Biz esa savollarni o‘zgartiramiz.
Ular ball oladi. Biz esa ustunlikni yaratamiz.

👁‍🗨 Biz kimlar uchunmiz?

— Har doim “Nega?” deb so‘raydiganlar
— Javob emas, sababni izlaydiganlar
— "Bu imkonsiz" degan joyda yo‘l qidiradiganlar
— Matematikani hayotga ko‘chiradiganlar
🎓 Kursimiz bu:

90 daqiqa zerikarli dars emas
120 daqiqa – fikr portlashi
O‘qituvchi diktovkasi emas
Ikki tomonlama muloqot
Shunchaki dars emas
Har bir ishtirokchi bilan aqliy jang
Sizga bizda yangi matematika guruhi ochilayotganini e'lon qilamiz.
📍 Format:
📡 Online (boshqa shahar, mamlakatda bo‘lsangiz ham ishtirok etasiz)
🏢 Offline (o‘zimiz bilan – o‘ziga xos atmosfera)
📆 Start: [1-iyul]
📲 Ro‘yxatdan o‘tish: 91 414-48-04
🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢🔴🔴🔴

💻💻💻💻💻 IT akademiyasida web dasturlash FRONT-END yo'nalishi o'quv kurslaridan jarayon

💻 Xo'sh bu kursda nimalarni o'rganasiz:

HTML
CSS SCSS LESS
JavaScript
Vue JS, Nuxt JS
Node.js

🔵Kurs haqida:

Kursni tugatgach sizga maxsus sertifikat beriladi. A'lo natijaga erishganlar biz bilan birga ishlash imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Kurs davomiyligi: 6+1 oy amaliyot

Dars kuni: Haftada 3 kun

1-dars bepul
🌟

📍Manzil: Buxoro shahri Qayum Murtazoyev ko'chasi 38-maktab ro'parasi

Biz bilan bog'nalish uchun:
📞+998(91)414-48-04

🎁🎁🎁🎁🎁

🕊 Telegram 📱Instagram 🌐 mitsoft.uz
Bugun 28-iyun 🌍 Xalqaro Ijtimoiy Biznes Kuni — G‘oya daromaddan ustun bo‘lgan kun!

📅 Har yili iyun oyida dunyo bo‘ylab tadbirkorlar, innovatorlar va g‘ayratli yoshlar bir nuqtada jam bo‘ladi — bu Xalqaro Ijtimoiy Biznes Kuni!

💡 Ijtimoiy biznes nima?
Bu oddiy biznes emas. Bu muammolarni hal qilish orqali daromad qilish demak.

🔍 Asosiy maqsad:
– Faqat foyda emas, balki ijtimoiy ta’sir yaratish
– Ishsizlik, ekologiya, ta’lim kabi muammolarga yechim topish
– Jamiyat uchun xizmat qiladigan barqaror model yaratish

👥 Bu kun:
– Ijtimoiy tadbirkorlarni ilhomlantiradi
– Yangi g‘oyalarni yuzaga chiqaradi
– “Men nima qila olaman?” degan savolni har birimizga beradi!

🗓 Bugun bir daqiqa to‘xtang va o‘ylab ko‘ring:
Sizning biznes g‘oyangiz insonlar hayotini o‘zgartira oladimi?

📎 #IjtimoiyBiznes #SocialBusinessDay #MITSOFTlive@MITSOFT
🎉 30-IYUN – YOSHLAR KUNI MUBORAK! 🎉

Bugun – orzu qilishdan to‘xtamaydigan, izlanishdan charchamaydigan, yangilik sari intiluvchi yoshlar bayrami!

📌 Yosh avlod – bu nafaqat kelajak, balki bugunning ham kuchli harakatlantiruvchi kuchi.
Yurtimizda innovatsiya, ilm-fan, texnologiya, madaniyat va boshqa barcha sohalarda o‘z izini qoldirayotgan yoshlar safi kundan-kunga kengaymoqda.

💡 Biz ishonamiz:
Har bir yangilik ortida – jasoratli bir yosh turadi.
Har bir g‘oya ortida – cheksiz orzular yashaydi.
Har bir muvaffaqiyat ortida – tinimsiz mehnat yotadi.

🌱 Sizlarni bugungi bayram bilan chin yurakdan tabriklaymiz!
Har bir qadamda sizga omad, sabr va kuch tilaymiz. Yurt kelajagi siz bilan yorqin!

Bayramingiz muborak, aziz yoshlar!
#YoshlarKuni #30Iyun #KelajakSizBilan #mitsoftlive@MITSOFT
☀️Ҳафта давомида ҳарорат +46 даражагача кўтарилиши кутилмоқда 🥵

1–5 июл кунлари Ўзбекистонда иссиқ ҳарорат аста-секин кучаяди. Республиканинг катта қисмида ҳаво +40…+43 даражагача, жанубда ва чўл ҳудудларда +44…+46 даражагача исийди.

ЯҚИНЛАРГА ЮБОРИНГ ИССИҚДА КЎЧАДА ЮРМАНГ
@mitsoft.uz DASTURCHILAR IT AKADEMIYASI
#BUXORO #MITSOFTlive
🇺🇿 1992-yil 2-iyul — Davlat gerbimiz qabul qilingan muqaddas sana!

Bugun — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun.

Davlat gerbimiz – xalqimizning qadimiy tarixini, boy ma’naviyatini, erk va erkinlikka intilgan orzu-umidlarini mujassam etgan muqaddas timsollardan biridir.

🌾 Undagi har bir ramz — Vatan, mehnat, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida jipslashgan xalqimizning faxru iftixoridir.

📌 Bu sana – milliy g‘ururimiz va mustaqilligimizning timsoli sifatida doimo e’zozlanadi.

Mitsoft  dasturchilar IT
akademiyasi
🗣 Axborot xizmati
#MITSOFTlive
Bugun 3-iyul payshanba kuni.
⭕️ Bugun, shuningdek, Kuba'da rang-barang va har yili o'tkaziladigan Chiroqlar bayrami,
⭕️ Belarusiyada Mustaqillik kuni nishonlanadi.
⭕️ AQShda esa shokoladli vaflilar tug'ilgan kun sharafiga uglevodli va shirin nonushta tayyorlashadi.
#MicrosoftWord #KompyuterSabog #ITPark #MitsoftAkademiya #mit@MITSOFT
Ўзбекистоннинг АҚШ, Канада ва Бразилиядаги элчиси билан учрашув бўлиб ўтди

📍 Бухоро вилоятида Ўзбекистоннинг АҚШ, Канада ва Бразилиядаги муҳтор элчиси билан учрашув ташкил этилди. Унда Бухоро давлат университетининг талабалари, педагоглари ҳамда IT соҳасига ихтисослашган дастурчилар фаол иштирок этди.

🔹 Элчи томонидан Америка қитъасидаги IT бозорининг ҳолати, ёш мутахассислар учун яратилаётган имкониятлар ва Ўзбекистон стартаплари учун янги бозорларга чиқиш истиқболлари ҳақида маълумотлар тақдим этилди.

🎯 Талабалар IT соҳасидаги билим ва кўникмаларини халқаро мезонларга мос равишда ривожлантириш, ҳамкорликда лойиҳалар яратиш ва олий таълимни инновацион йўналишда такомиллаштириш бўйича ўз таклиф ва ғояларини билдиришди.

📈 Учрашув икки томонлама самарали ҳамкорликни йўлга қўйиш ва Бухорода рақамли иқтисодиёт салоҳиятини оширишда янги босқични бошлаб бериши кутилмоқда.
👍4❤‍🔥1
Joriy yilning 7 iyul 15:00 da IT kompaniyalar, kontent provayderlar hamda davlat xaridlariga ishtirok etuvchi tashkilotlar bilan Buxoro viloyati kompaniyalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda IT sohasida IT kompaniyalar tomonidan taklif, kamchilik va shikoyatkar ko'rib chiqildi.