FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.5K subscribers
20.7K photos
3.19K videos
10 files
8.47K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
FVV AKADEMIYASIDA “VATANGA QASAMYOD” TADBIRI O‘TKAZILDI

Bugun, 7-oktyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining birinchi bosqich kursantlarining “Vatanga qasamyod” qabul qilish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Mening boshqarmam jinoyatdan xoli hudud” g‘oyasi asosida “Poraxo‘rlik-eng yomon illat” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Xorazmda tadbir

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda vazir maslahatchisi Bahodir Valiyev, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari mayor Muzaffar Tojibayev, shoir O‘ktam Davletov, UrDU o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Barno Abdullayeva, “Ezgu so‘z” gazetasi muxbiri Maxfira Karimova hamda harbiy xizmatchi va xizmatchilar ishtirok etdilar. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Belarus Respublikasida IX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi

Joriy yilning 29-30 sentyabr kunlari Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Minskdagi O'quv markazi bazasida "Favqulodda vaziyatlar: oldini olish va bartaraf etish" mavzusida favqulodda vaziyatlar va yong'inlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida Belarus Respublikasida birinchi ilmiy bo'linma tashkil etilganining 65-yilligiga bag'ishlangan IX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Batafsil...
————-
IX Международная научно-практическая конференция прошла в Республике Беларусь

29-30 сентября текущего года на базе Образовательного центра МЧС Республики Беларусь в Минске, состоялась IX Международная научно-практическая конференция на тему «Чрезвычайные ситуации: предупреждение и ликвидация», посвященной 65 летию создания первого в Республике Беларусь научного подразделения в области предупреждения и ликвидации чрезвычайных ситуаций и пожаров. Подробно..

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!
- - - - - - - - - - - - - -
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ!
УГАРНЫЙ ГАЗ ОПАСЕН ДЛЯ ЖИЗНИ!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube
Toshkent tumani Sihatgoh ko‘chasida bir-biriga tutash qurilgan uylarda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 8-oktyabr kuni soat 09:00da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Toshkent tumani Sihatgoh ko‘chasida bir-biriga tutash qurilgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 09:09 da yetib borib, 09:26 da yong‘in qurshab olindi va 09:55da batamom o‘chirildi.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘indan Toshkent tumani Sihatgoh ko‘chasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan xonadonlar imoratlarining taxminan 250-300 kv.m maydonda tom, shift qismlari va uy-jihozlari yongan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘raydi.


Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Kattaqo‘rg‘on shahrida yuz bergan havo-gaz aralashmasi chaqnashi yuzasidan ma'lumot

Bugun, 8-oktyabr kuni soat 04:50 da Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar “Ko‘xnadam” MFY Toshkent ko‘chasida joylashgan uylarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Kattaqo‘rg‘on shahar FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 2ta yong‘in-qutqaruv guruhi soat 04:55 da hodisa joyiga yetib borgan. Havo-gaz aralashmasining chaqnashidan ushbu xonadonga mehmon bo‘lib kelgan 1982 yilda tug‘ilgan A.A (erkak kishi) kuyish tan jarohati olib, Kattako‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasiga yuborilgan. Shifokorlar tomonidan A.Aning yuzi, bo‘yni ko‘krak oldi, ikkala qo‘l sohasi termik kuyish tashhisi qo‘yilgan va umumiy kuyish sathi 50% tan jarohati olganligini ma'lum qilingan.

Voqea kelib chiqishining taxminiy sababi, xonadonga yaqin yer ostidan o‘tgan tabiiy gaz quvuridan sizib chiqqan gazning uyiga to‘planishi natijasida chaqnash yuzaga kelgan.

Hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borildi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"KORRUPSIYA VA MILLIY TARAQQIYOT: MUAMMO VA YECHIM"

Kuni kecha Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida shu mavzuda seminar o'tkazildi. Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas'ul xodimlari, harbiy prokuratura, boshqarma rahbariyati hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
HAYDOVCHILAR DIQQATIGA!

2021-yil 9-10 oktyabr kunlari A-373 “Toshkent - O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovoni xududida yog‘ingarchilik (yomg‘ir - qor), vaqti- vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Avtoyo‘lda yaxvonlik yuzaga kelishi mumkin.

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan dovon yo‘lida harakatlanayotgan vaqtda barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.
------------
ВНИМАНИЮ ВОДИТЕЛЕЙ!

9 – 10 октября на перевале «Камчик» ожидается дождь, переходящий в снег. Временами осадки могут усиливаться. Кроме того, возможны туман с видимостью до 50 метров и усиление ветра до 15 – 20 м/с. Министерство по чрезвычайным ситуациям призывает водителей, передвигающихся через перевал, соблюдать все меры предосторожности.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Президент Шавкат Мирзиёев Термиз шаҳридаги 9-ихтисослаштирилган мактаб-интернатини бориб кўрди.
Бу мактаб 1979 йилда қурилган. Бинолар эски, хоналар камлиги туфайли талабга жавоб бермай қолган. Ўқувчи ўрни бор-йўғи 250 та.
Президент ушбу муассаса ўрнида 1 500 ўринли замонавий мактаб барпо этиш мақсадга мувофиқлигини таъкидлади.
Давлат раҳбари ушбу мактаб ўқитувчилари билан суҳбатлашди. Улар мактаб таълимини яхшилаш ва муаллимларни рағбатлантириш бўйича таклифларини айтди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил специализированную школу-интернат №9 в городе Термезе.
Здания школы, построенной еще в 1979 году, устарели. Из-за малого количества классов она вмещает всего 250 учеников.
Президент отметил, что вместо этого учреждения целесообразно построить современную школу на 1,5 тысячи мест.
Глава государства побеседовал с учителями школы. Они внесли предложения по улучшению школьного образования и стимулированию учителей.

#Mirziyoyev #safar #Surxondaryo #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter