FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.5K subscribers
20.8K photos
3.21K videos
10 files
8.5K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Suv toshqini xavfi yuzaga kelganda qanday harakatlarni amalaga oshirish kerak? Ushbu videorolik orqali muhim tavsiyalarni bilib olish mumkin.

Boshqa
yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️FVV ogohlantiradi❗️

Sel xavfi tufayli tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar, shuningdek, chorva mollarini boquvchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

📌Sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
⚡️Diqqat e’lon❗️

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi” 2024-yil may oyining 1-dekadasida quyidagi lavozimlariga tanlov e’lon qiladi:

🔹Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi katta o‘qituvchisi –
2 nafar;
🔹Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi o‘qituvchi (uslubchi o‘qituvchi) – 3 nafar.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar ilovalari bilan 2024-yil 25-aprelga qadar qabul qilinadi. Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani Markaz-5, Sh.Rashidov ko‘chasi 17-uy. Telefonlar – 71-212-69-78, 71-212-69-36.

📌Batafsil: https://fvv.uz/uz_lat/news/1235

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Samarqandda korrupsiyaga qarshi profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyati huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning tarkibiy tuzilmalari xodimlari ishtirokida “Bizning boshqarma korrupsiyadan holi tizim” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Samarqand harbiy prokuraturasi, viloyat DXX hamda IIB rahbarlari tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida atroflicha tushunchalar berildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Qashqadaryo viloyatida gidrotexnika inshootlari o‘rganildi

Qashqadaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi masʼullari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yog‘ingarchilik mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari va suv toshqinlarining oldini olish hamda ularni xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborish maqsadida, viloyat hududidagi ayrim suv omborlarining holati oʻrganildi.

O‘rganishlar davomida soyning o‘zanini tozalash va qirg‘oq mustahkamlash ishlari amalga oshirilib, suv havzalari xodimlariga texnik mustahkamlikni taʼminlash borasida mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Andijon viloyatida yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Andijon harbiy prokuraturasi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan Andijon tumanidagi 15-umumta'lim maktabi o‘quvchi yoshlari bilan harbiy-vatanparvarlik uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘quvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni qutqaruvchilik kasbiga qiziqtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda favqulodda vaziyatlar hamda ular yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 16-17 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
🔹Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
🔹Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
🔹Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
🔹Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
🔹Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
🔹Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
🔹Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
🔹Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
🔹Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

💢Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.


Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X