FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
16.1K subscribers
20.2K photos
3.05K videos
10 files
8.24K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Samarqand viloyatida qirg‘oq mustahkamlash tadbirlari olib borilmoqda

Samarqand viloyati FVB mas’ul xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yog‘ingarchilik mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari va suv toshqinlarining oldini olish hamda ularni xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborish maqsadida, Urgut tumani Choshtepa mahallasi Qumbilsoy qishlog‘idan oqib o‘tuvchi “Qumbulsoy” soyida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Tadbir davomida soyning o‘zanini tozalash va qirg‘oq mustahkamlash ishlari amalga oshirildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bo‘lim boshlig‘i G‘ayrat Jo‘rayev yog‘ingarchiliklar tufayli sel-toshqinlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar toʻgʻrisida ma’lumot berdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
AKADEMIYA TERMA JAMOASI G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITDI

Kuni-kecha Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” musobaqasining hududiy saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Shiddatli va murosasiz kechgan baxslarda Sirdaryo viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi, Muhandislik muhofaza va qurilish tiklash ishlari bosh boshqarmasi – Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
Akademiya terma jamoasi barcha raqiblariga imkon bermasdan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati FVB xodimlari tomonidan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar tafsiloti.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Suv toshqini xavfi yuzaga kelganda qanday harakatlarni amalaga oshirish kerak? Ushbu videorolik orqali muhim tavsiyalarni bilib olish mumkin.

Boshqa
yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️FVV ogohlantiradi❗️

Sel xavfi tufayli tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar, shuningdek, chorva mollarini boquvchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

📌Sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
⚡️Diqqat e’lon❗️

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi” 2024-yil may oyining 1-dekadasida quyidagi lavozimlariga tanlov e’lon qiladi:

🔹Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi katta o‘qituvchisi –
2 nafar;
🔹Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi o‘qituvchi (uslubchi o‘qituvchi) – 3 nafar.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar ilovalari bilan 2024-yil 25-aprelga qadar qabul qilinadi. Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani Markaz-5, Sh.Rashidov ko‘chasi 17-uy. Telefonlar – 71-212-69-78, 71-212-69-36.

📌Batafsil: https://fvv.uz/uz_lat/news/1235

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Samarqandda korrupsiyaga qarshi profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyati huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning tarkibiy tuzilmalari xodimlari ishtirokida “Bizning boshqarma korrupsiyadan holi tizim” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Samarqand harbiy prokuraturasi, viloyat DXX hamda IIB rahbarlari tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida atroflicha tushunchalar berildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X