FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.5K subscribers
20.7K photos
3.2K videos
10 files
8.48K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Bugun, 20-aprel kuni soat 05:50 da Surxondaryo viloyati FVB 1050 qisqa raqamiga Qozog‘iston Respublikasiga qarashli DAF rusumli yuk ortilgan avtomashina Termiz tumani "Namuna" MFY hududidagi ariqqa tushib, harakati cheklanganligi haqida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, viloyati FVB qutqaruv otryadi zudlik bilan voqea joyiga etib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida yuk avtomashinasini ariqdan chiqarib olishda amaliy yordam ko‘rsatdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo viloyati Ko'kdala va Chiroqchi tumani FVB mas'ullari tomonidan aholini va hududlarni muhofaza qilish muhandislik tadbirlari amalga oshirilmoqda. Tadbir tafsilotlari “Vaziyat 24” dasturida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Tezkor boshqaruv markazlarining regional o‘quv-seminari

Joriy yil 19-21 aprel kunlari Jizzax viloyatida FVV mas’ullari boshchiligida Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari Tezkor boshqaruv markazlari xodimlari bilan malaka oshirish bo‘yicha regional o‘quv-seminari o‘tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati FVB tomonidan qutqaruvchilarning ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kasbiy mahoratlarini yanada oshirish maqsadida viloyatdagi barcha korxona tashkilotlarda o‘quv-amaliy taktik mashq va mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri bugun Nurafshon shahridagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarining birida o‘tkazildi.


Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” HALga “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida targ'ibot tadbiri o'tkazish maqsadida Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari
M. Hojimatov, Falsafa fanlari doktori, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi J. Shermuhammedova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar B. Nishonov, D.Raximovalar tashrif buyurdilar.

Tadbirda “Yangilanayotgan Konstitutsiyaning loyihasining mazmun-mohiyati, kiritilgan o'zgartirishlar, uning xalq va jamiyat hayotida tutgan muhim o‘rni xususida fikr yuritildi.
Shunigdek, tadbir davomida mehmonlar o’quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy musiqali va harbiy ko’rgazmali chiqishlarni tomosha qilishdi.

Tadbir yakunida Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari M. Hojimatov HALda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar va tashkiliy jarayonlar uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatiga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram