FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.5K subscribers
22K photos
3.36K videos
10 files
8.92K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Chorshanba - favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni: Aholi va hududlar xavfsizligi yo‘lida

Xorazm va Namangan viloyatlarida qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarni oldini olish maqsadida daxldor xizmatlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. Mazkur tadbirlarda alohida e'tibor aholi xonadonlari, ta'lim maskanlari, savdo do‘konlari va isitish qozonxonalarining yong‘in xavfsizligi holatini o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf qilishga qaratilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ONLINE

"Qamchiq" dovoni hozirgi vaqtda

Ayni daqiqalarda "Qamchiq" dovonining yuqori nuqtalarida qor yog‘moqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘lni qordan tozalash va muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish, qum-tuz aralashmasini sepish ishlarini muvofiqlashtirib bormoqda. Dovon yo‘li avtomobillar harakati uchun ochiq va ikki tomonlama harakat davom etmoqda.

Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda barcha haydovchilardan oraliq masofani saqlagan xolda harakatlanishni, tezlikni belgilangan me'yordan oshirmaslikni, avtotransport shinalariga e'tiborli bo'lishni va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘rab qoladi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев давлат ташрифи билан мамлакатимизга келди.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев прибыл в нашу страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
“Audi” rusumli avtomobilda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot

Bugun, 21-dekabr kuni soat 16:32 da Chilonzor tumani “Qozirobod” MFY hududidan o‘tgan KXY ko‘chasida “Audi” rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:39 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:54 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida avtomobilning mator hamda salon qismi yonib zararlangan.

Yong‘in elektr simlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Hodisa oqibatda tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jamoat transporti xizmati sifatini yangilash chora-tadbirlari

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev Turkiy davlatlar tashkiloti Favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining sammitida ishtirok etdi

Bugun, 21-dekabr kuni Anqara shahrida Turkiya Respublikasi tashabbusi bilan Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar Favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining ilk sammiti o‘tkazildi.

Ushbu sammitdan ma'ruzalar, muzokaralar, taqdimotlar, tashriflar va boshqa tadbirlar o‘rin olgan.

Tadbir davomida tabiiy ofatlarning oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etishga hissa qo‘shish maqsadida, tabiiy ofatlar, texnogen avariyalar oqibatlarini yumshatish va qayta tiklashda turkiy davlatlarning hamkorlikdagi harakatlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur sammitda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev ma'ruza bilan ishtirok etdi va tashkilotga a'zo davlatlar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_bayram

Yangi yil bayramini yorqin bezatilgan archasiz tasavvur qilish qiyin. Biroq, yangi yil archasi yong'in xavfsizligi qoidalariga muvofiq o'rnatilishi va ishlatilishi kerak. FVV Matbuot xizmati va vazirlik ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida archani xavfsiz o'rnatish bo‘yicha muhim tavsiyalar bildirilgan videorolik tayyorlandi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatida “Yangi yil” bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda masus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram