FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.2K subscribers
22.5K photos
3.46K videos
10 files
9.13K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Аввал хабар берганимиздек, Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Миромонович Мирзиёевнинг топшириқларига асосан Ҳукумат фармойиши билан Фавқулодда вазиятлар вазирининг биринчи ўринбосари бошчилигида ташкил этилган ишчи гуруҳ кеча, 12 январь куни Пенза вилоятига етиб бориб, Россия Федерациясининг масъул идоралари раҳбарлари билан учрашди ва ҳамкорлик асосида ташкилий ва амалий ҳаракатлар олиб борилди. Шундан сўнг махсус борт Россия Федерациясидан учиб, 13 январь куни соат 06:50 ларда Хоразм вилоятидаги “Урганч” халқаро аэропортга келиб қўнди.

Шуни алоҳида таъкидлаш жоизки, Россия Федерацияси масъуллари юзага келган мазкур бахтсиз ҳодиса оқибатларини зудлик билан бартараф этиш, жароҳатланганларга тез тиббий ёрдам кўрсатишда яқиндан кўмак беришди.

Жароҳатланган фуқароларнинг 1 нафари 12 январь куни тонгги вақтда Пенза шаҳридаги шифохонада шифокорларнинг муолажаларига қарамасдан вафот этган.

Фавқулодда вазиятлар, Ички ишлар, Ташқи ишлар, Соғлиқни сақлаш ва Транспорт вазирликлари ҳамкорлигида 8 нафар вафот этган фуқароларнинг жасадлари яшаш манзилларига юборилди. Ҳозирда маҳаллий ҳокимликлар томонидан дафн маросимларини ўтказиш юзасидан тайёргарлик ишлари олиб борилмоқда.

Жароҳатланган яна 1 нафар фуқаро Пенза шаҳридаги касалхонада, даволаниш ишлари якунига етгандан сўнг Ўзбекистон Республикасига қайтарилади. Ҳозирги вақтда касалхонага жойлаштирилган фуқаро шифокорларнинг қатъий назоратига олиниб, тегишли муолажалар ўтказилмоқда.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Mirobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot

Bugun, 13-yanvar kuni soat 09:39 da Toshkent shahar Mirobod tumani, Sarakul ko‘chasida joylashgan kafelarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:44 da yetib borib, yong‘in soat 10:06 da o‘rab olingan va soat 10:35 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida kafe binosining taxminan 150-200 kv.m maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘indan 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Samarqandda "Zakovat" intellektual bellashuvi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand viloyatida Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi idoralar hamda huquqni muhofaza qilish organlari jamoalari o‘rtasida "Zakovat" intellektual bellashuvi o‘tkazildi. Unda viloyat FVB jamaosi ham munosib ishtirok etib, yakunda tashkilotchilar tomonidan diplom bilan taqdirlandi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligida tantanali tadbir o‘tkazildi

Bugun, 13-yanvar kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatida sana munosabati bilan tantanali marosim ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev bayram munosabati bilan faxriylar, harbiy xizmatchilar va xizmatchilarni qizg‘in qutladi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 32-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshevning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan tizim xodimlari hamda faxriylariga yo‘llagan bayram TABRIGI

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Fuqaro muhofazasi institutida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Vatan muqaddas, unining har bir qarich tuprog‘ini ko‘z qorachig‘idek asrash har bir yigitning muqaddas burchidir. Bugungi kunda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali tadbirlar Fuqaro muhofazasi institutida ham tashkil etildi.
Tadbirning birinchi qismida Favqulodda vaziyatlar vazirining bayram munosabati bilan vazirlik shaxsiy tarkibiga yo‘llagan bayram tabrigi hamda xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha buyruqlari o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng bayram tadbiri O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi orkestri jamaosi a’zolaridan iborat sanatkorlarining kuy-qo‘shiqlari bilan davom ettirildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter