FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.5K subscribers
20.7K photos
3.2K videos
10 files
8.48K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Бугун, 25 апрель куни соат 17:02 да Чимён ёнғин-қутқарув отрядига Бўстонлиқ тумани “Чимён” тоғидаги Қизилжар ҳудудида икки нафар фуқаро квадратциклда ҳаракатланиб кетаётган вақтида ўзларининг эҳтиётсизликлари натижасида бошқарувни йўқотиб, жарликка тушиб кетганликлари тўғрисида хабар келиб тушган.

Зудлик билан ҳодиса жойига ФВВ қутқарувчилари етиб бориб, тан жароҳати олган фуқароларга амалий ёрдам кўрсади ва тез тиббий ёрдам ходимларига топширилди.

Ҳозирда уларнинг соғлиқлари яхши ва шифокорлар назоратида.


Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Kichik hajmli kemalar yuqoridagi tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi
---------------------------
Регистрация маломерных судов проводится в вышеприведенном порядке

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Kichik hajmli kemalar yuqoridagi tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi
------------------------
Технический осмотр маломерных судов проводится в вышеприведенном порядке

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Kema haydovchisi guvohnomasini berish yuqoridagi tartibda amalga oshiriladi
----------------------------
Выдача судоводительских прав осуществляется в вышеприведенном порядке

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha, 25-aprel kuni Namangan viloyati FVB tomonidan sportning mini-futbol turi bo'yicha "Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi"ning yarim final va final bosqichi bo'lib o'tdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimlari Fuqaro muhofazasi institutida

Birlashgan millatlar tashkiloti Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimlari kecha, 25-aprel kuni FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutiga tashrif buyurdilar.
Mehmonlarga Institutda amalga oshirilayotgan o‘quv-metodik va ilmiy-innovatsion faoliyat to‘g‘risida taqdimot qilindi. Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markazida tashkil etilgan trenajyorlar hamda o‘quv xonalari batafsil tanishtirildi. Tadbir ishtirokchilari markazda tashkil etilgan Zilzila tarixi muzeyi, Zilzila simulyatori, yong‘in xavfsizligi va birinchi yordam trenajyorlari hamda boshqa favqulodda vaziyatlar sharoitida to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlovchi 3D o‘lchamdagi virtual dasturli interaktiv xonalarda bevosita amaliy harakatlarni bajarib, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
"Drujba"dagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in chiqqani bo‘yicha rasmiy ma'lumot

Bugun, 26-aprel kuni soat 13:58 da Shayxontoxur tumanidagi yangi qurilayotgan 25 qavatli binoning 1-qavatida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnika soat 14:00 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:10 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Тошкент шаҳар Шайхонтохур туманидаги янги қурилаётган бинога ёнғин-қутқарув экипажининг 2 дақиқа ичида етиб бориши бўйича таҳлилий маълумот

Ёнғин-қутқарув экипажларининг ёнғин-қутқарув қисмидан хабарга кўра чиқиб кетишига 25-40 сония сарфланиб, 1 километр масофани босиб ўтишга 1 дақиқа сарфланади.

Йирик қурилиш объектларида содир бўлиши мумкин бўлган ёнғинлар кўлами кенгайишининг олдини олиш мақсадида юқорида кўрсатилган вақтдан яна самарали фойдаланиш учун қурилиш ҳудудида навбатчиликка жалб қилинган ёнғин-ўчириш экипажлари шай ҳолда туради. Уларнинг чақирувга кўра чиқиб кетишига 20 сониядан кам вақт сарфланади.

Шунга кўра, “Дружба”да содир бўлган ёнғин ҳудуди яқинида турган ёнғин-ўчириш экипажигача бўлган масофа 1 км.ни ташкил этган бўлиб, ҳодиса жойига биринчи экипажнинг етиб боришига 2 дақиқа вақт сарфланган.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo viloyati FVB hamda ishchi guruh tomonidan hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan toshqin suvlar, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish borasida o‘rganishlar olib borilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Yosh qutqaruvchi” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Jizzax viloyati FVB
hamda tegishli idoralar hamkorligida "Yosh qutqaruvchi – 2023" musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan mazkur musobaqa bu yil ham qiziqarli va bahslarga boy tarzda o‘tdi. Unda shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 20 ta jamoa 5 ta shart bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar.

Musobaqa davomida “Eng xamjihat jamoa”, “Eng bilimdon jamoa”, “Eng yaxshi tibbiy yordam ko‘rsatgan jamoa” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. G‘olib va sovrindorlar hamkor tashkilotlarning diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram