FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.4K subscribers
22K photos
3.37K videos
10 files
8.93K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ONLINE

Ayni daqiqalarda "Qamchiq" dovonidagi vaziyat

"Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi rahbarligida ixtisoslashtirilgan xizmatlar yo‘nalishning mazkur qismida avtotransport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlamoqda.
Forwarded from QASHQADARYO FVB I Rasmiy
BUGUNGI TEZKOR YIGʻILISHDA MUHIM MASALA MUHOKAMA QILINDI.

Yigʻilish bugun 1-fеvral kuni Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasida boʻlib oʻtdi.
Unda "Toshqinga qarshi viloyat komissiya"sining toʻliq tarkibi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshligʻi polkovnik A.Roʻziyev ishtirok etdi.

Yigʻilishda, viloyat hududida sodir bo'ladigan qor, yеr ko'chkisi, sеl suv toshqini bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bu boradagi zarur ma'lumotlarni umumlashtiruvchi  "TEZKOR SHTAB" va "NAZORAT KUZATUV" postlarini tashkil qilishdagi muhim masalalar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, masʼullar tomonidan daryo va sеl soylari o'zanida yig'ilib qolgan qum-shag'al mahsulotlari va chiqindilardan tozalash bo'yicha vazifalar bеlgilab olindi.

🔗Kanalga ulanish uchun.
Sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar:

sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi toʻgʻrisida habar eshitgandan soʻng darxol xavfsiz joyga koʻchish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha boʻlishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;

sel oqimidan xalos boʻlishning iloji boʻlmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin;

sel oqimi oʻtgandan soʻng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taʼminotining sozligini tekshirish zarur.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Navoiyda qirg‘oq mustahkamlash tadbirlari

Kecha, 1-fevral kuni Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Toshqinga qarshi viloyat komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha, 1-fevral kuni soat 23:25 da “Qamchiq” dovoni avtomobil yo‘lining 231.5 kilometrida "Toshkent-Vodiy" yo‘nalishida harakatlangan “MAN” rusumli yuk mashinasi texnik nosozlik sababli, yo‘lning qatnov qismida to‘xtab qolgan. Zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus avariya-qutqaruv mashinasi yordamida mazkur yuk mashinasini xavfsiz hududga olib o‘tildi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

Shuningdek, "Qamchiq" dovoni hududida tashkil etilgan isinish maskanlarida yo‘lovchi va haydovchilarga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ayni vaqtda "Qamchiq" dovonida FVV, YPX va "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK xodimlari hamkorligida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta'minlash maqsadida barcha zaruriy tadbirlar olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Korrupsiyaga qarshi kurash doirasidagi tadbir o‘tkazildi

Kuni kecha Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Samarqand harbiy prokurori ishtirokida "Mening boshqarmam korrupsiyadan holi hudud" mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan seminardan maqsad, tizimda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha shaxsiy tarkibning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatini shakillantirish, tartib-intizom va mas'uliyatni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Президент Шавкат Мирзиёев Фарғона вилояти Қўштепа туманига ташриф буюриб, “Global textile infinity” кластерининг тўқимачилик корхонаси билан танишди ҳамда водий вилоятларида пахта-тўқимачилик саноатини ривожлантириш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Куштепинский район Ферганской области, где ознакомился с текстильным предприятием кластера “Global textile infinity” и провел совещание по мерам развития хлопково-текстильной промышленности в областях долины.

#Mirziyoyev #safar #Fargona #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter