FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.5K subscribers
22K photos
3.36K videos
10 files
8.92K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
"Temurbeklar maktabi"da ochiq eshiklar kuni

Kuni kecha, FVV qoshidagi “Temurbeklar maktabi” HAL o‘quvchilarining kun tartibi, ularga yaratilgan sharoitlar, ta’lim berish uslublari hamda o‘quv laboratoriyalari haqida keng ma’lumotga ega bo‘lishi uchun aholiga ochiq eshiklar kuni e’lon qilindi. Tadbirda Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi “Nuriston” akademik litseyi o‘quvchi va o‘qituvchilari qatnashib, bilim maskani faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.


Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Talabalar bilan suhbat

Bugun, 7-iyun kuni Toshkent Arxitektura-qurilish institutida “Qurilish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish” mavzusida talaba va mutaxassislar uchrashuvi tashkil qilindi.
Unda FVV Matbuot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik S.Hikmatullayev, vazirlik Birlashgan tahririyati mas'ul kotibi B.Valiyevlar ishtirok etib, kun tartibidagi mavzu bo‘yicha ma'ruzalar qildilar. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E'LON!

Joriy yilning 8-10 iyun kunlari Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududlarida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi.

O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan aholi orasida sarosima ko‘tarmaslik maqsadida mazkur qo‘mondonlik shtab o‘quv mashqlarini o‘tkazish davridagi amaliy jarayonlarga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, balki mavjud ma'lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Хизматлар соҳасини ривожлантириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Жорий йилда 120 мингдан ортиқ янги лойиҳаларни амалга ошириб, хизматлар ҳажмини 435 триллион сўмга етказиш режа қилингани айтилди.
25 мингта ер майдонлари сервис ва савдо объектлари учун аукционга чиқарилиши белгиланди.
Шаҳар ва туманларда туну кун ишлайдиган кўчалар ташкил этиш, 28 та шаҳар ва 10 та туманнинг “мастер режаси”ни ишлаб чиқиш бўйича кўрсатмалар берилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития сферы услуг.
Отмечалось, что в текущем году планируется реализовать в сфере более 120 тысяч новых проектов и довести объем услуг до 435 триллионов сумов.
Определено, что для создания объектов сервиса и торговли будут выставлены на аукцион еще 25 тысяч земельных участков.
Даны указания по организации в городах и районах улиц с круглосуточными заведениями, разработке мастер-планов 28 городов и 10 районов.

#Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #xizmatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Bugun, 8-iyun kunidan 10-iyun kuniga qadar Toshkent viloyati va Toshkent shahrida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy hamda quyi tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalari bilan o‘tkazilishi belgilangan Hamkorlikdagi qo‘mondonlik -shtab o‘quv mashqiga start berildi.

O‘quv mashqini o‘tkazishdan maqsad – favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va oqibatlarini tugatish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi Toshkent viloyati va Toshkent shahar hududiy quyi tizimlarining boshqaruv organlari hamda kuchlarini samarali qo‘llash yuzasidan rahbarlar tarkibi va bo‘linmalarining hamkorligini takomillashtirishdan iboratdir.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tgan avtomagistral yo‘lida harakatlanayotgan avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 8-iyun kuni soat 03:14 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani “Oq qamish” OFY hududidan o‘tgan A-380 avtomagistral yo‘lining 555 km.da Toshkent shahridan Nukus shahriga salonida 55 nafar yo‘lovchi va 2 nafar haydovchi bilan harakatlanib kelayotgan “YUTONG” rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:40 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 04:15 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida avtobus to‘liq yonib zararlangan.

Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida sodir bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Ma'lumot uchun eng yaqin yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in ro‘y bergan manzilgacha bo‘lgan masofa taxminan 45 km.ni tashkil etadi.
Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqining dastlabki kunidan fotolavhalar

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram