FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.2K subscribers
21.9K photos
3.34K videos
10 files
8.87K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Xotira - abadiy, qadr - muqaddas

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh vakillari 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Президент Шавкат Мирзиёев номига хорижий давлатлар раҳбарлари ва таниқли сиёсий арбобларидан, халқаро ташкилотлар раҳбарларидан қутловлар келмоқда.
Уларда кўп миллатли Ўзбекистон халқининг Буюк Ғалабага қўшган улкан ҳиссасини алоҳида қайд этилган, жанг майдонида чинакам қаҳрамонлик, мислсиз жасорат ва матонат кўрсатган, фронт ортида фидокорона меҳнат қилган фахрийларимизга чуқур ҳурмат-эҳтиром ва миннатдорлик билдирилган.

На имя Президента Шавката Мирзиёева поступают поздравительные послания глав государств и видных политических деятелей зарубежных стран, а также руководителей международных организаций.
В них особо отмечается огромный вклад многонационального народа Узбекистана в Великую Победу, выражаются чувства глубокого уважения и признательности нашим ветеранам, показавшим настоящий героизм, безграничное мужество и стойкость на полях сражений, самоотверженно трудившимся в тылу.

#Mirziyoyev #qutlovlar #9may #Хotiravaqadrlash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Фахрийларимизнинг Ватанимиз озодлигига, келгуси авлодларнинг бахту-саодатини таъминлашга бағишлаган шарафли ҳаёт йўлини, қанча йиллар, асрлар ўтмасин, халқимиз ҳеч қачон унутмайди.

Большой и славный жизненный путь наших ветеранов во имя свободы Родины, счастья будущих поколений, сколько бы ни прошло лет, веков, наш народ никогда не забудет.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra joriy yilning 9-13 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg'irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg'on, Muzrobot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo'stonliq, Parkent, Piskent, O'rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg’on tumanlarida;
Farg’ona viloyati: So’x, Farg’ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduq, Qo’rg’ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xo‘jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar:

sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi toʻgʻrisida habar eshitgandan soʻng darxol xavfsiz joyga koʻchish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha boʻlishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;

sel oqimidan xalos boʻlishning iloji boʻlmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin;

sel oqimi oʻtgandan soʻng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taʼminotining sozligini tekshirish zarur.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand viloyatining ba'zi tumanlariga kuchli sel keldi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma'lumot

Kecha, 9-may kunidan 10-may kuniga o‘tar kechasi Samarqand viloyati Samarqand tumani “Yuqori Ohalik” MFYda qisqa muddatli ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘ishi natijasida ushbu hududidan oqib o‘tuvchi soyga yomg‘ir suvlari sig‘may, toshib chiqish holati yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida taxminan soat 23:30 larda ushbu maxallada yashovchi fuqaro M.Aga tegishli bo‘lgan Jiguli “VAZ-21011” rusumli avtomobil yashash uyi yaqinidagi soy suv yo‘lida qolganligi sababli kelayotgan yomg‘ir suvlari uni taxminan 40-50 metr masofaga surib borgan, natijada avtomobilga qisman zarar yetgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan tuman FV bo‘limiga fuqarolar tomonidan murojaatlar kelib tushmagan.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun, 10-may kuni Samarqand viloyati matbuot uyida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan “Viloyatda mavjud turistik zonalarda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va tezkor bartaraf etish bo‘yicha chora tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda, boshqarma boshlig‘i Ilhom Ismoilov ishtirok etib, viloyatdagi turizm obyeklarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasidagi amalga oshirilayotgan tadbirlar hamda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni tezkor bartaraf etish chora tadbirlari bo’yicha ma'lumotlar berdi.

Jurnalist, bloger va OAV vakillari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida sel oqimlari yuzaga keldi

Bugun, 10-may kuni soat 16:00 lar atrofida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining tog‘li hududi “Bog‘iston” MFY “Zoxona” qishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimi hodisasi yuzaga keldi.

Hodisa oqibatida chorva mollarni boqib yurgan Uzun tuman “Xursan” mahallasida yashovchi fuqaro va uning chorva mollarini, shuningdek ushbu hududda o‘zining “Nexia" rusmli avtomashinasida bo‘lgan Uzun tumani "Istiqlol” mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaroni sel oqimlari oqizib ketgan.

Yuz bergan tabiiy ofatdan chorva mollarni boqib yurgan fuqaro kutilib qolgan.

Voqea joyiga viloyat hokimi boshchiligida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, qutqaruvchilar, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar, Prokuratura va tegishli xizmatlar jalb etilgan. Shuningdek, 70 nafar mahalliy aholi bilan birgalikda qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Go‘sht qiymalagich – o‘yinchoq emas!

Hurmatli ota-onalar farzandlaringizni nazoratsiz qoldirmang
!

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chorshanba — Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni

Hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsadida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar Jizzax viloyati misolida.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Sariosiyo tumanida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot

Avval xabar berganimizdek, kecha, 10-may kuni soat 16:00 lar atrofida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining tog‘li hududi “Bog‘iston” MFY “Zoxona” qishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimi hodisasi yuzaga kelgan edi.

Hodisa oqibatida ushbu hududda o‘zining “Nexia" rusmli avtomashinasida bo‘lgan Uzun tumani "Istiqlol” mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaroni ham sel oqimlari oqizib ketgan edi.

FVV qutqaruvchilari va hamkorlikdagi tashkilotlar bilan olib borilgan qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish jaryonida avtomobil va bir nafar fuqaro “To‘palang” daryosi o‘zanidan topildi.

Voqea joyida FVB qutqaruvchilari, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar va tegishli xizmatlar xodimlari tomonidan qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Sariosiyo tumani “To‘palang” daryosida sel oqibatida qidirilayotgan ikkinchi fuqaro ham topildi
(Qo‘shimcha ma'lumot)

Sariosiyo tumanining tog‘li hududi “Bog‘iston” MFY “Zoxona” qishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimi hodisasi oqibatida qidirilayotgan ikkinchi fuqaroning ham jasadi topildi.

Ayni vaqtda “To‘palang” daryosi o‘zanidan ikkinchi fuqaroning jasadi olib chiqilmoqda, ikkinchi fuqaroning jasadi birichi fuqaro jasadi topilgan joydan taxminan 5 km quyidan topildi.

Voqea joyida FVB qutqaruvchilari, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar va tegishli xizmatlar xodimlari tomonidan sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Йиғилиш кун тартибидан фавқулодда вазиятларнинг олдини олиш масаласи ҳам ўрин олди.

Жорий йилнинг март-май ойларида кучли ёғингарчилик оқибатида Бухоро, Жиззах, Наманган, Самарқанд, Сурхондарё, Сирдарё ва Тошкент вилоятларида 15 га яқин йирик сел ва кўчкилар содир бўлди. Оқибатда 9 нафар инсон ҳалок бўлди. 245 та хонадон, 19 та кўприк зарар кўрди, 450 дан ортиқ бош чорва моллари нобуд бўлди.

Бунга сел ва кўчки хавфи юқори ҳудудларда йиллар давомида бетартиб пала-партиш суғорилгани ҳам сабаб бўлмоқда.

Шу муносабат билан мутасаддиларга:

- тоғ дарёлари ва сойлари, сел йўллари жойлашган ҳудудларда туну-кун ишлайдиган штаблар ташкил этиш ва қутқарув отрядларини кўпайтириш;

- дарё қирғоқлари, сув омборлари, селга қарши иншоотларнинг фавқулодда вазиятларга шайлик ҳолатини ўрганиб, уларни мустаҳкамлаш;

- хавфли ҳудудларда яшаётган хонадонларни хавфсиз ҳудудларга доимий кўчириш чораларини кўриш бўйича топшириқ берилди.

Йиғилиш якунида муҳокама қилинган масалалар юзасидан мутасаддиларнинг ахбороти тингланди.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga kuchli sel keldi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma'lumot

Bugun, 11-may kuni soat 18:00 larda qisqa muddatda yog‘ib o‘tgan ko‘p miqdordagi kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Farg‘ona viloyati So‘x tumanining “So‘x”, Farg‘ona tumanining Shoximardon hududi “Yordon” MFYlarida sel oqimlari yuzaga keldi.

Hodisa natijasida So‘x tumanining “Malbut” qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi “Malbut”, “Devayron” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Devayron” sel yo‘llarida sel oqimlari soy o‘zaniga sig‘may, “So‘x-Rishton” avtomobil yo‘lining qatnov qismiga loyqa va turli tog‘ jinslari oqizib kelgan. Oqibatida ushbu avtomobil yo‘lida transport vositalarining qatnovi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Sel suvlari “Malbut” qishlog‘idagi xonadonlarning yerto‘la, qo‘shimcha bino va tomorqalariga kirgan. Hozirda muhandislik texnikalari yordamida sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish, suv toshib kirgan xonadonlar sonini aniqlash ishlari tuman hokimi rahbarligida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tegishli xizmatlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Bugun, 12-may kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi va Dehqonobod tumanlarida “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy quyi tizimining tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida uch kecha kunduz davom etadigan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqiga start berildi.

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarining birinchi kunida dastlab boshqaruv organlari va FVDT xizmatlari ishtirokida ishchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tuman hokimlari, sektor rahbarlari, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va hududiy bo‘limlari mas'ul xodimlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Shundan so‘ng o‘quv mashqini o‘tkazishga kirishildi.

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi 14-may kuniga qadar davom etadi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram