FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.5K subscribers
22K photos
3.36K videos
10 files
8.92K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, Joriy yilning 4-7-fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
4-6-fevralda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, jumladan:
4-fevralda
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 m/s gacha;
5-6-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5-fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va 6-fevral respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi.
7-fevralda ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda 6-7-fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlarini so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Biz korrupsiyaga qarshimiz” – Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ayni shu mavzuda seminar o‘tkazildi

Korrupsiya
– jamiyat rivojlanish ildiziga bolta uradigan, fan, ta'lim, tibbiyot va mudofaa kabi zaruriy faoliyat normalari va qoidalarini izdan chiqaradigan illatdir. Korrupsiyaga qarshi kurash qat'iy va shafqatsiz bo‘lmagan davlat va jamiyat rivojlanish ostonasiga hech qachon qadam bosmaydi. Ayni maqsadda kuni kecha DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Guliston harbiy prokuraturasi mas'ul xodimlari ishtirokida Sirdaryo viloyati FVBda seminar bo‘lib o‘tdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Bo‘ka tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limining ma'muriy binosi foydalanishga topshirildi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Madaniyat mahallasida joylashgan mazkur bino bundan qariyb 30 yil avval ya'ni 1992-yilda o‘z foliyatini boshlagan. Kuni kecha ushbu 20-yong‘in-qutqaruv qismi ma'muriy binosida qayta ta'mirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Somon presslari ortilgan yuk avtomobillarida yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 2-fevral kuni soat 03:09 da Toshkent viloyati Qibray tumani “Chinobod” MFYdagi ochiq maydonda sotish uchun somon presslari ortilgan va bir-biriga yaqin joylashtirilgan 4 ta yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 03:17 da yetib borib, yong‘in soat 03:29 da qurshab olingan va soat 04:35 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida 3 ta “Gaz-53” hamda “Zil-130” rusumli yuk avtomobillari kabinasi va ularga ortilgan 200 donadan, jami 800 dona somon pressi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Чиқиндилар билан ишлаш тизими ва экологик ҳолатни яхшилаш, “Яшил макон” умуммиллий лойиҳасини амалга ошириш бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Маиший чиқинди тўплаш қамровини 95 фоизга, қайта ишлаш ҳажмини 40 фоизга етказиш вазифаси қўйилди.
Органик, қурилиш ва тиббиёт чиқиндиларини утилизация қилишнинг хавфсиз тизимини яратиш зарурлиги қайд этилди.
1 мартдан “Яшил йиллик” умуммиллий тадбири бошланиши эълон қилинди.

Состоялось видеоселекторное совещание по улучшению системы обращения с отходами и экологической обстановки, реализации общенационального проекта «Яшил макон».
Поставлена задача довести охват услугами по сбору отходов до 95 процентов, уровень их переработки – до 40 процентов.
Отмечена необходимость создания безопасной системы утилизации органических, строительных и медицинских отходов.
Объявлено о старте с 1 марта общенациональной акции «Зеленый год».

#Mirziyoyev #videoselektor #ekologiya #Yashilmakon

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Xorazmda profilaktik tadbirlar samarali o‘tmoqda

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram