FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.5K subscribers
22K photos
3.36K videos
10 files
8.92K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston 24” telekanali Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati bilan hamkorlikda is gazidan zaharlanish, yong‘in va havo-gaz aralashmasi chaqnashi holatlarining oldini olish borasida joylarda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar yuzasidan jonli efir tashkil etildi. Bu safar Qashqadaryo viloyati to‘g‘ridar-to‘g‘ri efirda bo‘ldi.
———————-
Телеканалом "Узбекистан 24", совместно с пресс-службой МЧС организован прямой эфир с мест проведения профилактических работ, направленных на предупреждение случаев отравления угарным газом, пожаров и вспышек газовоздушной смеси. В этот раз на прямой линии была Кашкадарьинская область.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Qor yog‘ayotganligi tufayli Urgut tumani “Taxtaqoracha” dovoni vaqtincha yopildi

Bugun, 19-yanvar kuni soat 07:15 dan Samarqand viloyatining Urgut tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqorcha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Buning asosiy sababi M-39 avtomobil yo‘lining dovon qismida tinimsiz yoqqan qor oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar xosil bo‘lganligi.

Ayni daqiqalarda viloyat FVB rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda “Taxtaqorcha" dovonini qayta ochilishi kutilmoqda. Bu haqda viloyat FVV Matbuot xizmati qo‘shimcha ma'lumot taqdim etadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ONLINE

"Қамчиқ" довони ҳозирги вақтда

Айни дақиқаларда "Қамчиқ" довонида қор ёғмоқда. Фавқулодда вазиятлар вазирлиги йўлни қордан тозалаш ва музламалар ҳосил бўлишининг олдини олиш ишларини мувофиқлаштириб бормоқда.
--------
Перевал Камчик прямо сейчас

В эти минуты на перевале Камчик идёт снег. При координации МЧС ведётся работа по расчистке трассы от снега и предотвращению образования гололедицы на проезжей части.
FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
Qor yog‘ayotganligi tufayli Urgut tumani “Taxtaqoracha” dovoni vaqtincha yopildi Bugun, 19-yanvar kuni soat 07:15 dan Samarqand viloyatining Urgut tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqorcha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.…
“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Xabaringiz bor, “Taxtaqoracha” dovonida tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar xosil bo‘lganligi bois, avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.

Faqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan yo'lga qum-tuz aralashmasini sepish va qordan tozalash ishlarini muvofiqlashtirib bordi. Amalga oshirilgan zururiy tadbirlar natijasida bugun, 19-yanvar kuni soat 09:00 da “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ONLINE

"Qamchiq" dovoni hozirgi vaqtda

Ayni daqiqalarda "Qamchiq" dovonida xavfsiz harakatni ta'minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘lni qordan tozalash va muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish ishlarini muvofiqlashtirib bormoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyatida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli profilaktik tadbirlardan lavha

FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyatida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli profilaktik tadbirlardan lavha

FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amaliy yordam ko‘rsatildi

Bugun, 19-yanvar kuni Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchi fuqaro Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 qisqa raqamiga murojaat qilib, noqulay ob-havo sharoiti tufayli havdovchi boshqaruvni yo‘qotish oqibatida Urganch tumani “Cholish” Qishloq fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan kanalga tushub ketganligini aytib, amaliy yordam berishni so‘ragan.
Shunga ko‘ra, boshqarma yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus asbob-anjomlar va texnika yordamida avtomobil kanaldan olib chiqildi.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q!
Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi havdovchilardan yo‘llarda harakatlanganda ehtiyot choralarini ko‘rish va yo‘l harakati xavfsizligini qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda harakatlanishni so‘raydi!

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Transformatorda yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 20-yanvar kuni soat 08:53da Andijon viloyati Andijon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Sultonobod” MFY hududida joylashgan transformatorda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 09:01da yetib borgan, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan transformator elektr tarmog‘idan uzilgandan so‘ng yong‘in soat 09:10da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YTH oqibatida kanalga tushib ketgan avtomobil olib chiqildi

Joriy yilning 19-yanvar kuni Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi dispetcherlik xizmatiga Buxoro shahar "Jo‘bor" MFY hududidan harakatlanayotgan "Nexia 3" avtomobili "Sobalt" avtomobili bilan to‘qnashish natijasida boshqaruvni yo‘qotib kanalga tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus asbob-anjomlar va texnika yordamida avtomobil kanaldan olib chiqildi.

Avtomobilda haydovchi yolg‘iz bo‘lgan va kanalga tushish oldidan avtomashinadan sakrab qolishga ulgurgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Chimyon tog‘ hududida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan ma'lumot

2022-yil 19-yanvar kuni taxminan soat 16:30 larda Toshkent viloyati Chimyon tog‘ hududining dengiz satxidan 2300-3000 metr balandlikda qor ko‘chish holatlari kuzatilib, dengiz satxidan 1700 metr balandlikda to‘xtagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qor ko‘chkisi taxminan 60 000 metr.kub hajmni tashkil qilishi aniqlangan. Ushbu hodisa Chimyon tog‘ hududining ichkari qismida, aholi yashash joyidan taxminan 4-5 km yuqorida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo‘lganlar to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ma'lumot kelib tushmadi. Hozirda barcha xavfsizlik choralari ko‘rilib, fuqarolarning hududga kirmasligi va harakatni cheklash maqsadida qo‘shimcha belgilar o‘rnatilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan xabarga asosan 2022-yil 21- yanvardan 28-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e'lon qilindi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yadro kontrabandasiga qarshi kurashish operatsiyalarini takomillashtirish bo‘yicha samarali dasturni ishlab chiqishga ko‘maklashish” yuzasidan o‘quv seminaridan lavha.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳридаги бунёдкорлик ишларини кўздан кечирди.
Давлатимиз раҳбари “Tashkent Central Park” ва “Tashkent city mall” мажмуалари қурилиши ҳамда пойтахт ҳокимлигида барпо этилган вазиятларни бошқариш маркази имкониятлари билан танишди.
Маҳаллабай ишлашнинг янги тизимини ташкил этиш юзасидан йиғилиш ўтказилди. Президент маҳалла раислари, ҳоким ёрдамчилари ва ёшлар етакчилари билан суҳбатлашди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с проводимой в городе Ташкенте созидательной работой.
Глава государства посетил строительство комплексов “Tashkent Сentral Park” и “Tashkent city mall”, ознакомился с возможностями ситуационного центра в хокимияте столицы.
Состоялось совещание по организации новой системы работы в разрезе махаллей. Президент побеседовал с председателями махаллей, помощниками хокимов и лидерами молодежи.

#Mirziyoyev #tanishuv #bunyodkorlik #mahallabay

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va havo-gaz aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling! O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.

FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli profilaktik tadbirlardan lavha

FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram