FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.2K subscribers
21.7K photos
3.31K videos
10 files
8.82K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Viktorina ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Kuni kecha Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya xaftaligi doirasida viloyat hududida joylashgan iqtisoslashtirilgan umumta'lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida viktorina ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Yong‘in xavfsizligi oyligi” davom etmoqda

Obyektlarning yong‘in xavfsizligini ta'minlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishda profilaktik tadbirlarning ahamiyati katta. Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida “LUKOYL UZBEKISTAN Opereyting Kompani” MChJ obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi xodimlari tomonidan muhofaza qilinayotgan obyektlarning rahbarlari va hamkorlikdagi xizmatlar bilan birgalikda muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar vazirligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi mas'ul xodimlari ishtirokida “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyatida "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Koson tumanida joylashgan korxonada sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot

Bugun, 30-noyabr kuni soat 11:41 da Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Do‘stlik” MFYda joylashgan “Bunyodkor tekstil'” MChJ hududidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta qutqaruv avtomobili voqea joyiga soat 11:50 da yetib borib, yong‘in soat 11:53 da qurshab olingan va 12:40 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida omborxonaning taxminan 260 kv.m. maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani o‘rmonzorida sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi

2021 yil 27-noyabr kuni soat 17:30da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga quyi Amudaryo Davlat biosfera rezervati o‘rmonzorida (“Amudaryo” daryosi ikkiga ajralgan va qayta qo‘shilgan joyi oralig‘idagi orolcha) yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 19:10da yong‘inni o‘chirish ishlariga kirishgan. (Tuman yong‘in-qutqaruv qismidan yong‘in sodir bo‘lgan joygacha masofa taxminan 47 km. ni tashkil etadi). 28-noyabr kuni soat 05:15da yong‘in qurshab olinib, 08:04da o‘chirilgan.
Yong‘in sodir bo‘lgan joyda qayta yong‘in o‘choqlari paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida, voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, Mintaqaviy qutqaruv otryadidan 1 ta bo‘linma va yordamchi texnikalar, 2 ta buldozer, 2 ta pogruzchik, 2 ta suv tashuvchi mashinalar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVBdan 50 nafar, O‘rmon xo‘jaligidan 20 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasidan 5 nafar, tuman Obodonlashtirish bo‘limidan 20 nafar, jami 95 nafar xodim jalb etilgan va ofatga qarshi kurashish uchun joyida qoldirilib, 3 guruhga bo‘lingan holda, kecha-kunduz navbatchilik yo‘lga qo‘yilgan.
Kutilmaganda yong‘in qoldiqlari qayta alanga olgan va 29-noyabr kuni soat 10.25lar atrofida o‘chirishga kirishilib, 30-noyabr kuni soat 03.30da o‘chirishga erishildi.
Yong‘indan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. “Nazarxan” ovul fuqarolar yig‘inidan yong‘in sodir bo‘lgan joygacha masofa taxminan 8 km. ni tashkil etadi.
Hozirda keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda, voqea joyida hamkor vazirlik, idora va xizmatlar kuch-vositalari navbatchilik olib bormoqda.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusiga bag‘ishlandi

Joriy yilning 29-noyabr kuni Navoiy shahri markazida joylashgan “Yoshlar” madaniyat saroyida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Navoiy viloyat Harbiy prokuroturasi hamda boshqa tegishli tashkilotlar mas'ul xodimlari ishtirokida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida kengaytirilgan seminar tashkil etildi. Unda viloyati FVB va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida Yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazining harbiy xizmatchi va xizmatchilari ishtirok etishdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida “Matiz” rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun 1-dekabr kuni soat 09:10da Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Beruniy ko‘chasida “Matiz” rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 09:13da yetib borib, 09:14da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi.

Xozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Barcha haydovchilardan o‘z boshqaruvidagi avtotransport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Aholi xavfsizligi va xotirjamligi yo‘lida: oylik davom etmoqda

Xabaringiz bor 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” etib belgilangan. Ana shu maqsadda FVV xodimlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hududlarda yong‘inlar, is gazidan zaxarlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish qaratilgan ko‘plab profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan, ana shunday tadbirlardan biri kuni kecha “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasida Yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi xodimlari tomonidan korxonaning “Markaziy moddiy texnik baza”si ishchi va xodimlari bilan o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram