FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.5K subscribers
19.6K photos
2.95K videos
10 files
7.99K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Xorazm viloyatida olib borilayotgan ishlar

Yurtimizda yashil olamni saqlash va kengaytirish borasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bir qator ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsadda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan ham joylarda daraxt ko‘chatlarini ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda. Bu kabi ezgu amamliy harakatlar respublika bo‘ylab davom ettirilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
HURMATLI YURTDOSHLAR!
15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar o‘tkazilayotgan "Yong‘in xavfsizligi oyligi"da faol ishtirok eting.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Samarqand viloyati Jomboy tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot

Bugun, 16-noyabr kuni soat 12:44 da Samarqand viloyati Jomboy tumani Nazar MFY “CHINLATEKS” MChJ hududida joylashgan kley ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 12:55 da yetib borib, yong‘in soat 14:50 da qurshab olingan va soat 15:51 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida sexning taxminan 400 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismida kley maxsulotlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Davlat tilida ish yuritish – davr talabi

Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va uning yong‘in-qutqaruv qismlarida vazir maslahatchisi B.Valiyev, Toshkent shahar FVB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik S.Magdixodjayev, boshqarma boshlig‘i maslahatchisi G.Bekovalar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy ishlar, davlat tilida ish yuritish holati o‘rganildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan neft mahsulotlarini saqlash omborida tuman FV bo‘limi xodimlari tomonidan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Buxoro viloyati Kogon shahar “Do‘stlik” MFY Do‘stlik ko‘chasida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan birlamchi ma'lumot

2021 yil 16-noyabr kuni soat 14:50da Kogon shahar “Do‘stlik” MFY Do‘stlik ko‘chasida “61-Avtokorxona” MChJ tomonidan oqava suv quvurlarini yotqizish maqsadida, yer 5-6 metr chuqurlikda, eni 3 metr oralig‘da kavlangan holda, 1000 mm. li suv quvurlari yotqizilayotgan vaqtda chuqurning chap tomoni o‘pirilib, ikki nafar ishchini tuproq va qum bosib qolgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida ikki nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB va Prokuratura rahbariyati va tezkor-tergov guruhi chiqqan.

Mazkur hodisa yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Qamchiq” dovoni ayni daqiqalarda. FVV xodimlari ixtisoslashgan xizmatlarning yo‘lni qordan tozalash ishlarini muvofiqlashtirmoqda. Dovon yo‘li harakatlanish uchun ochiq.
—————-
Перевал "Камчик" в эти минуты. Сотрудники МЧС координируют работу профильных служб, которые занимаются расчисткой трассы от снега. Перевал открыт для проезда автомобилей.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!
- - - - - - - - - - - - - -
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ!
УГАРНЫЙ ГАЗ ОПАСЕН ДЛЯ ЖИЗНИ!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Aytishlaricha, Zarafshondagi Lolazor degan joyda tilla qumini kavlash paytida 40-50 kishini qum bosib qolgan. Lekin bu haqda hamma joyda sukunat. Rasmiy munosabat kutib qolamiz” mazmunidagi xabar yuzasidan dastlabki ma'lumot. Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ushbu hodisa yuzasidan xabar kelib tushmagan. Hozirda viloyat FVB tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Vakolatli organlar tomonidan qo‘shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Avtomobil chuqurlikdan olib chiqildi

Bugun 17-noyabr kuni Toshkent viloyatining Oxangaron tumanida A-373 Toshkent-Oxangaron yo‘lida harakatlanib ketayotgan "NEXIA-3" rusumli avtomobil haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtotomobil yo‘lning o‘ng tomonidagi chuqurlikka tushib ketgan.

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv qismiga mazkur hodisa yuzasidan xabar kelib tushgan. Xabarga ko‘ra, qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, avtomobil haydovchisiga zarur amaliy yordam ko‘rsatib, maxsus texnikalar yordamida chuqurlikdagi avtomobilni olib chiqdilar.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Qamchiq” maxsus qidiruv, yongʼin-qutqaruv boshqarmasi xodimlari ob-havo sharoiti tufayli noqulay ahvolga tushib qolgan haydovchilarga yordam koʼrsatmoqdalar. Dovondagi vaziyat toʼliq nazorat ostida.
——————————————————————————-
В эти часы сотрудники специального поискового, пожарно-спасательного Управления Камчик МЧС оказывают помощь водителям, которые в силу непогоды попали в затруднительное положение. Ситуация на перевале под полным контролем.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha vatandoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan samimiy qutlaydi!

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
XAYRLI ISHDA BIRDAMLIK VA FAOLLIK BILAN

Hozirda mamlakatimizda aholiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda. Ushbu ezgu va xayrli ishlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi hududiy boshqarmalari hamda tarkibiy tuzilmalari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan har kuni erta tongdan viloyatning olis va chekka hududlaridagi ko‘chalarga harakatlanishda qulaylik yaratish uchun tosh-shag‘al to‘kish va yo‘llarni tekislash ishlari olib borilmoqda. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Avval xabar berganimizdek, bugun, 17-noyabr kuni internet ijtimoiy tarmoqlarida “Aytishlaricha Zarafshondagi Lolazor degan joyda tilla qumini kavlash paytida 40-50 kishini qum bosib qolgan. Lekin bu haqda hamma joyda skunat. Rasmiy munosabat kutib qolamiz” mazmunidagi xabar e'lon qilingan. Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borildi va 40-50 kishining qum bosib qolganligiga oid ma'lumot o‘z isbotini topmadi. Aslida 2021-yil 13-noyabr kuni soat taxminan 22:00 larda Konimex tumani "Karakata" OFY hududida joylashgan Lolazor nomli cho‘l hududida bir guruh fuqaro tuproq tarkibidan tilla qumlarini kavlab olish bilan shug‘ullangan va kutilmaganda qum ostida qolgan. Oqibatda 4 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.
Surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram