FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.9K subscribers
20.3K photos
3.08K videos
10 files
8.29K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
“Yashil makon” umummilliy loyihasi: Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi hududiy boshqarmalari tomonidan ezgu amaliy ishlar qizg‘in davom ettirilmoqda

Hozirda yurtimiz bo‘ylab yashil olamni saqlash va kengaytirish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Hududlarda daraxt ko‘chatlarini ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in pallaga kirmoqda. Bunday ezgu amaliy harakatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari faoliyati misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Umummilliy loyiha doirasida o‘tkzilayotgan ezgu amaliy tadbirlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligining barcha harbiy xizmatchi va xizmatchilari faol qatnashmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2021-yilning 12-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida Xalqaro yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti federatsiyasining XXII Xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Xorazm viloyatida olib borilayotgan ishlar

Yurtimizda yashil olamni saqlash va kengaytirish borasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bir qator ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsadda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan ham joylarda daraxt ko‘chatlarini ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda. Bu kabi ezgu amamliy harakatlar respublika bo‘ylab davom ettirilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
HURMATLI YURTDOSHLAR!
15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar o‘tkazilayotgan "Yong‘in xavfsizligi oyligi"da faol ishtirok eting.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Samarqand viloyati Jomboy tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot

Bugun, 16-noyabr kuni soat 12:44 da Samarqand viloyati Jomboy tumani Nazar MFY “CHINLATEKS” MChJ hududida joylashgan kley ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 12:55 da yetib borib, yong‘in soat 14:50 da qurshab olingan va soat 15:51 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida sexning taxminan 400 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismida kley maxsulotlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Davlat tilida ish yuritish – davr talabi

Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va uning yong‘in-qutqaruv qismlarida vazir maslahatchisi B.Valiyev, Toshkent shahar FVB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik S.Magdixodjayev, boshqarma boshlig‘i maslahatchisi G.Bekovalar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy ishlar, davlat tilida ish yuritish holati o‘rganildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan neft mahsulotlarini saqlash omborida tuman FV bo‘limi xodimlari tomonidan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Buxoro viloyati Kogon shahar “Do‘stlik” MFY Do‘stlik ko‘chasida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan birlamchi ma'lumot

2021 yil 16-noyabr kuni soat 14:50da Kogon shahar “Do‘stlik” MFY Do‘stlik ko‘chasida “61-Avtokorxona” MChJ tomonidan oqava suv quvurlarini yotqizish maqsadida, yer 5-6 metr chuqurlikda, eni 3 metr oralig‘da kavlangan holda, 1000 mm. li suv quvurlari yotqizilayotgan vaqtda chuqurning chap tomoni o‘pirilib, ikki nafar ishchini tuproq va qum bosib qolgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida ikki nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB va Prokuratura rahbariyati va tezkor-tergov guruhi chiqqan.

Mazkur hodisa yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Qamchiq” dovoni ayni daqiqalarda. FVV xodimlari ixtisoslashgan xizmatlarning yo‘lni qordan tozalash ishlarini muvofiqlashtirmoqda. Dovon yo‘li harakatlanish uchun ochiq.
—————-
Перевал "Камчик" в эти минуты. Сотрудники МЧС координируют работу профильных служб, которые занимаются расчисткой трассы от снега. Перевал открыт для проезда автомобилей.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!
- - - - - - - - - - - - - -
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ!
УГАРНЫЙ ГАЗ ОПАСЕН ДЛЯ ЖИЗНИ!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Aytishlaricha, Zarafshondagi Lolazor degan joyda tilla qumini kavlash paytida 40-50 kishini qum bosib qolgan. Lekin bu haqda hamma joyda sukunat. Rasmiy munosabat kutib qolamiz” mazmunidagi xabar yuzasidan dastlabki ma'lumot. Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ushbu hodisa yuzasidan xabar kelib tushmagan. Hozirda viloyat FVB tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Vakolatli organlar tomonidan qo‘shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Avtomobil chuqurlikdan olib chiqildi

Bugun 17-noyabr kuni Toshkent viloyatining Oxangaron tumanida A-373 Toshkent-Oxangaron yo‘lida harakatlanib ketayotgan "NEXIA-3" rusumli avtomobil haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtotomobil yo‘lning o‘ng tomonidagi chuqurlikka tushib ketgan.

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv qismiga mazkur hodisa yuzasidan xabar kelib tushgan. Xabarga ko‘ra, qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, avtomobil haydovchisiga zarur amaliy yordam ko‘rsatib, maxsus texnikalar yordamida chuqurlikdagi avtomobilni olib chiqdilar.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram