FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.2K subscribers
22.5K photos
3.46K videos
10 files
9.13K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazaylik!

Ma'lumki kunlarning sovushi bilan aholining gaz va elektr isitish moslamalariga bo‘lgan talabi ortadi. Bu esa o‘z navbatida texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni talab etadi. Ana shu maqsadda, Samarqand viloyati FVB xodimlari gaz, elektr va boshqa hamkor tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy soha ob'ektlari, ko‘p qavatli turar-joylar, aholi xonadonlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarning is gazidan zaharlanishi, maishiy gazdan foydalanish bilan bog‘liq boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida bir qator profilaktik tadbirlarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, tadbir davomida ob'ektlardagi birlamchi yong‘in o‘chirish vositalariing shayligi ko‘zdan kechirildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FVV qutqaruvchilari Samarqand shahridagi ko‘p kvartirali uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishdi

Bugun, 6 sentyabr kuni soat 13:36da Samarqand shahar “Sartepo” dahasidagi 1-sonli ko‘p kvartirali uyning 70-xonadonida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushdi.

Voqea joyiga FVVning 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:46da yetib borib, yong‘in soat 14:25da o‘rab olingan va soat 14:41da to‘liq bartaraf etilgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qo‘shni xonadonlarga tarqalib ketishi oldi olindi.

Yong‘in natijasida xonadonning 35 kv.metr maydoni zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo‘lganlar yo‘q, hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Президент фармацевтика тармоғидаги лойиҳалар тақдимоти билан танишди.
2022-2026 йилларга мўлжалланган 104 та истиқболли лойиҳа ҳақида маълумот берилди.
Доривор ўсимликлар етиштиришга ихтисослашган кластерлар фаолиятини йўлга қўйиб, ишлаб чиқаришни кенгайтириш бўйича кўрсатмалар берилди.
Соҳани янада ривожлантириш бўйича алоҳида дастур тайёрлаш вазифаси қўйилди.

Президент ознакомился с презентацией проектов в фармацевтической отрасли.
Представлена информация о 104 перспективных проектах, запланированных на 2022-2026 годы.
Даны указания по организации кластеров, специализированных на выращивании лекарственных растений, расширению производства.
Поставлена задача разработать отдельную программу по дальнейшему развитию отрасли.

#Mirziyoyev #taqdimot #farmatsevtika #dorivorusimliklar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Korxona, tashkilot va muassasalarda yong‘in xavfsizligini ta'minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ESLATMA

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Мустақиллигимизнинг 30 йиллигига бағишланган лойиҳанинг бу галги қаҳрамони - Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги директорининг биринчи ўринбосари Отабек Ҳасанов.

Герой очередного выпуска проекта, посвященного 30-летию независимости нашей страны - первый заместитель директора Агентства развития государственной службы при Президенте Республики Узбекистан Отабек Хасанов.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Sirdaryo viloyatida “Paxta-2021” mavsumiga tayyorgarlik

Bugun respublikamiz bo‘ylab “Paxta-2021” mavsumiga tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Shu boisdan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan mamlakatimizdagi barcha paxtani qabul qilish punktlari va uni qayta ishlash korxonalarida yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Yo‘l-transport hodisasi: jabrlanganlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatildi

Hodisa bugun soat 14:30 larda “Qamchiq” dovonidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 198 km.da sodir bo‘ldi. Unda “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida uch nafar yo‘lovchi bilan harakatlanib ketayotgan “Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urilgan.

Voqea joyiga zudlik bilan “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari va tez tibbiy yordam xodimlari chiqishgan. Ular yengil jarohat olgan ikki nafar fuqaroga o‘sha joyning o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Ahvoli o‘rta og‘ir bo‘lgan fuqaro malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Angren shahar Markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.

Hozirda barcha jabrlanuvchilarning ahvoli shifokorlar tomonidan yaxshi deb baholangan.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Tuproqqal'a tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limining ma'muriy binosi foydalanishga topshirildi

Kuni kecha Xorazm viloyatining chekka hududlaridan biri Tuproqqal'a tumanida qayta ta'mirlanib, zamonaviy talab darajasiga keltirilgan Favqulodda vaziyatlar bo‘limining ma'muriy binosi foydalanishga topshirildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram