FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
19.3K subscribers
25.6K photos
4.28K videos
10 files
10.3K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Кувайт Давлатига расмий ташрифи тадбирлари якунланди. Ал-Кувайт халқаро аэропортида давлатимиз раҳбарини Валиаҳд Шайх Сабоҳ ас-Сабоҳ ва бошқа расмий шахслар кузатиб қўйди.

Мероприятия официального визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Государство Кувейт завершились. В международном аэропорту Эль-Кувейта главу нашего государства проводили Наследный принц Шейх Сабах ас-Сабах и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Kuvayt #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
FVV xodimi sovrindorlar qatorida

Joriy yilning 16-17 fevral kunlari Toshkent shahridagi “Yunusobod sport majmuasi”da sportning Amateur MMA, Pankration va Greppling turlari bo‘yicha barcha yosh toifalari o’rtasida “O’zbekiston birlashgan chempionati” bo‘lib o‘tdi. Unda, Farg‘ona viloyati FVB Rishton tumani FV bo‘limi qutqaruvchisi Tursunaliyev Azizbek Ergashali o’g’li 71 kg vazn toifasida ishtirok etib, III-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yakunda, g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Fursatdan foydalanib, hamkasbimizni ushbu muvaffaqiyat bilan qizg‘in muborakbod etib, kelgusida tashkil etiladigan musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон-Кувайт муносабатларида янги даврни бошлаб берган тарихий ташриф

Исторический визит, начавший новую эпоху в узбекско-кувейтских отношениях

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishning navbatdagi manzili Sirdaryo viloyati FVB bo‘ldi

Bugun, 18-fevral kuni Sirdaryo viloyati FVBda ham shaxsiy tarkib bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda, boshqarma shaxsiy tarkibi, barcha shahar, tuman FV bo‘limlari va yong‘in-qutqaruv qism boshliqlari ishtirok etdi.

Jarayonda, shaxsiy tarkibning ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-ruhiy, korrupsiya va jinoyatchilik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda kadrlar bilan jamlash ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.

Yakunda, kelgusida shaxsiy tarkib bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, korrupsiya va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Sirdaryo viloyati FVB boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan podpolkovnik Gazixodjayev Asror Shavkatovich Sirdaryo viloyati FVB boshlig‘ining Profilaktika bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar podpolkovnik Gazixodjayev Asror Shavkatovich
Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Guliston shahar FV bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati Asror Shavkatovichga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qoladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Qashqadaryo, Xorazm, Andijon, Buxoro va Farg‘ona viloyatlari FVB xodimlari tomonidan qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar tafsilotlari "O‘zbekiston 24" dasturlarida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Qashqadaryoda “Tartib-intizom, muomala madaniyati me’yorlari va korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Qashqadaryo viloyati FVB boshlig‘i tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda shaxsiy tarkib o‘rtasida “Tartib-intizom, muomala madaniyati me’yorlari va korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Jarayonda, mas’ullar tomonidan bugungi kunda soha xodimi ma’naviyati yuksak, ko‘pchilikka namuna va ibrat bo‘lishi, o‘z ustida muntazam ishlashi hamda muomala madaniyatiga rioya etishi haqida alohida ta’kidlandi.

Seminar yakunida, yuqoridagi holatlar yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilanib, soha xodimlariga aniq topshiriqlar berildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X