FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.5K subscribers
21.9K photos
3.34K videos
10 files
8.87K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Andijonda “Yosh qutqaruvchi – 2024” sport musobaqasining Respublika bosqichi o‘tkazilmoqda

Kecha, Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o'rinbosari polkovnik S.T.Zuparov hamda Andijon viloyati hokimligi rahbariyati ishtirokida viloyatda o'tkazilayotgan Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan kelgan umumta'lim maktablari va kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilaridan iborat 28 ta jamoalar o'rtasida "Yosh qutqaruvchi" musobaqalari Respublika bosqichining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Bugun, musobaqaning birinchi kunida jamoalar yong'in o'chirish estafetasi, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, arqon yordamida daryodan o'tib chodir tiklash, binoning yuqori qavatlariga ko‘tarilish kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Musobaqa davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Olmazor tumanida qo'mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkaziladi

Joriy yilning 30-may kunidan 1-iyun kuniga qadar Toshkent shahar Olmazor tumanining bir nechta obyekt va manzillarida bir vaqtning oʻzida "Olmazor tumani boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo'yicha harakatlari" mavzusida  qo'mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan aholi orasida sarosima ko‘tarmaslik maqsadida, mazkur o‘quv mashqlarini o‘tkazish davridagi amaliy jarayonlarga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, balki mavjud ma'lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#Kun_tavsiyasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlikka chaqiradi
❗️

💢 yotoq joyingizda chekmang;

💢 nosoz elektr jihozlaridan foydalanmang, bir vaqtning o‘zida bir elektr manbaiga bir nechta elektr jihozlarini ulamang;

💢 elektr manbaiga ulangan elektr jihozlarini nazoratsiz qoldirmang, uydan chiqayotgan vaqtda elektr jihozlarini tarmoqdan uzishni unutmang;

💢 yosh bolalarni olov bilan o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang va ularni nazoratsiz qoldirmang.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
“Qamchiq” dovonida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi

Kuni kecha, “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda dastavval dovondagi “Rezak” tonnelida “Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda obyekt FM tuzilmasi hamda hududiy FVDqT xizmatlarining kuch-vositalari bilan hamkorlikdagi harakatlari”, kunning ikkinchi yarmida “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘li liniyasida joylashgan tonnel hududida “Zilzila natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda obyekt fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda hududiy FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzularida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev “Markaziy Osiyo – Xitoy” Favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining yig‘ilishida ishtirok etmoqda

Bugun, 30-may kuni Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida Xitoy Xalq Respublikasining tashabbusi bilan Markaziy Osiyo va Xitoy mamlakatlari Favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Ushbu yig‘ilishdan ma'ruzalar, muzokaralar, taqdimotlar, tashriflar va boshqa tadbirlar o‘rin olgan.

📌Batafsil: https://fvv.uz/uz_lat/news/1526

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X