FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.6K subscribers
20.5K photos
3.14K videos
10 files
8.4K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hamkorlik memorandumi imzolandi

Kuni kecha, Sirdaryo viloyati FVB hamda Sirdaryo Arxitektura va qurilish texnikumi o'rtasida FVB tomonidan viloyatning 2-sektor hududidagi otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy savodxonligi va ma'naviy ongini yuksaltirish hamda ularni turli mafkuraviy tahdidlardan asrashda o'zaro hamjihatlik bilan harakat qilish borasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek, yoshlarni vatanparvar, o‘z kasbiga sadoqatli, fidoyi va har tomonlama yetuk kadrlar qilib tarbiyalash borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar bo'yicha ham fikr almashildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev Bo‘stonliq tumanida gidrometeorologik va geologik xavfli jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida nazorat tadbirlarini amalga oshirdi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududlarida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida sel, suv toshqini, ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga tayyorgarlik holati bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi.

📌Batafsil: https://fvv.uz/uz_lat/news/1412

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#Kun_tavsiyasi

⚡️Bir vaqtning o‘zida bir nechta elektr jihozlarini bir manbaga ulamang!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Qirg‘oq mustahkamlash tadbirlari

Bahor-yoz fasllarida gidrometeorologik va geologik xavfli jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish borasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan hokimliklar va boshqa tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, kuni kecha Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda Chiroqchi tumanida sel suv yo‘llarida muhandislik-muhofaza tadbirlarini olib bordi. Jarayonda tumanning “Bolsuvar” MFY hududidan oqib o‘tuvchi sel yo‘lida qariyb 500 metrdan ortiq masofada kengaytirish, o‘zan tozalash va qirg‘oq mustahkamlash ishlari amalga oshirildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyati FVB xodimlari tomonidan aholini va hududlarni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsadida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar tafsiloti.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
FVV xodimi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Toshkent shahrida shu kunlarda “Ashixara karate fulkantak” sport turi bo'yicha “Yevro Osiyo” ochiq chempionati o‘tkazildi. Chempionatda 10 dan ortiq davlatlardan nomdor sport ustalari ishtirok etdi. Mazkur musobaqada Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi xizmatchi Ro'zimurod Umbarov kattalar o'rtasida 70 kg vazn toifasida faxrli 1-o'rinni egallab, Osiyo chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

O‘z o‘rnida, hamkasbimiz Ro'zimurod Umbarovni ushbu muvaffaqiyat bilan qizg‘in muborakbod etib, kelgusida tashkil etiladigan musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X