FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
16K subscribers
20.3K photos
3.06K videos
10 files
8.25K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Buxoro va Surxondaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida FVV mas’ul xodimlari ishtirokida viloyatning daxldor tashkilot va korxona rahbarlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-aprel kunidagi “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-161-sonli qarori ijrosiga bag‘ishlangan seminar uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirda qarorining mazmun-moxiyati va ahamiyati tegishli tashkilot vakillariga ishchi guruh tomonidan atroflicha yetkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyatida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi oʻtkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Jasorat – millat g‘ururi va iftixori

Samarqand viloyati FVB, Mahsus muhandislik qurilish boshqarmasi va “Qamchiq” Maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan iste’fodagi mehnat fahriylari xonadonlariga borib, samimiy tilaklar va ezgu niyatlar bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbirda askarlar va xodimlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar hamda isteʼdodli yosh harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Inson qadri ulug’, xotira muqaddas!

Andijon, Namangan, Navoiy viloyatlari FVB xodimlari “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tizimda uzoq yillar davomida xizmat qilgan va xizmat vaqtida jasorat koʻrsatib halok boʻlgan kasbdoshlarimizning oila a'zolari holidan xabar olib, marxumlarning xotirasi yod olindi. Farzandlari va yaqinlari davrasida ularning jasorati eslandi, xalq xizmati, yurt ravnaqi uchun qo'shgan hissasi sabab minnatdorchilik bildirildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil makon” umummilliy loyihasi yuzasidan FVV axboroti eshitildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
A-373 avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi 229-kilometrida jalali yomg‘irlarning yog‘ishi oqibatida yo‘lning harakat qismini loy, qumtoshli massa qoplagan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Vaziyat nazortga olingan.

Hozirda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha FVV, YHXX hamda "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK xodimlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilmoqda. Yo‘lning harakat qismi yaqin daqiqalarda ochiladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Avval xabar berganimizdek, A-373 avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi 229-kilometrida jalali yomg‘irlarning yog‘ishi oqibatida yo‘lning harakat qismini loy, qumtoshli massa qoplagan edi. FVV hamda tegishli tashkilotlarning kuch vositalari yordamida vaziyat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha olib borilgan zarur amaliy harakatlar natijasida yoʻlning "Toshkent-Vodiy" yoʻnalishi soat 00:55 da avtomobillar harakati uchun ochildi. Yaqin daqiqalarda "Vodiy-Toshkent" yoʻnalishi ham ochilishi kutilmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Vaziyat nazortga olingan. FVV xodimlari tomonidan dovonda qolib ketgan haydovchi va yoʻlovchilarga chodirlarda issiq ichimlik va yeguliklar tarqatilib, yordam koʻrsatilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Tog’li hududlarga chiqilganda ehtiyot choralari!

SIZ BUNI BILASIZMI?

Pastlik joylarda quyosh chaqnab issiq bo’lsa-da, tog’ning cho’qqisida yomg’ir va tuman bo’lishi mumkin. Agarda bularga shamol ham qo’shilsa, xavf ikki barobar oshadi.

📌BATAFSIL...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Ko‘rik-tanlov g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida milliy urf-odatlar, zamonaviy turmush tarzini targ‘ib etish, na’munaviy oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida, Jizzax shahrida “Yangi O‘zbekistonning ibratli harbiy oilasi” ko‘rik-tanlovining vazirlik bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar favqulodda vaziyatlar boshqarmalaridan bir nafar harbiy xizmatchi va uning oila a’zolaridan iborat jamoalar ishtirok etib, to‘rtta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Ko‘rik-tanlov yakunida:

🔹1-o‘rinni Jizzax viloyati FVBdan Hamrayevlar oilasi;

🔹2-o‘rinni Qashqadaryo viloyati FVBdan Turdaliyevlar oilasi;

🔹3-o‘rinni Samarqand viloyati FVBdan Xaydarovlar oilasi egalladilar.

Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashakkurnoma, pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X