FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.9K subscribers
20.3K photos
3.08K videos
10 files
8.29K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Inson hayoti saqlab qolindi

Kuni kecha, Navoiy viloyati FVBga Nurota tumani hududidagi “Oq tog‘” tog‘ tizmalariga fuqaro chorva mollarini boqish maqsadida borib, jarlikka tushib ketganligi va unga yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, zudlik bilan hodisa joyiga FVB qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida fuqaro jarohat bilan topilib, unga psixologik va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida xavfsiz joyga olib chiqilgan. Shuningdek, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga yuborilgan. Shifokorlarning ma’lum qilishicha hozirda uning ahvoli yaxshi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Rahbar va yoshlar uchrashuvi"

Kuni kecha, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i hamda Toshkent harbiy prokurori ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi. Uchrashuvda Angren shahri garnizonidagi barcha FVB tizimida xizmat olib borayotgan yoshlar, Ohangaron shahar 1-sonli kasb hunar maktabi va Angren shahar 5-umumiy o‘rta ta'lim maktabining “Yosh qutqaruvchilar” jamoalari ishtirok etdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Jizzax viloyatida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi

Jizzax viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalarining birida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, daxldor tashkilotlar va obyekt ishchi xizmatchilari ishtirokida “Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar mavjud obyektlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi hamda o‘quv seminari o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 9-11 may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. 9-12 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
🔹Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
🔹Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
🔹Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
🔹 Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
🔹Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
🔹Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
🔹Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
🔹Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
🔹Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

💢Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

📌Sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus-taktik o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi. Mashqlar davomida ko‘p qavatli binolarning yuqori qavatlaridan odamlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar olib borildi. Ushbu jarayonda qutqaruvchilar maxsus avtonarvondan foydalandi.
————————
В Намангане проведены тактико-специальные учения МЧС. В ходе учений особый акцент был сделан на отработку комплекса мероприятий по эвакуации людей с верхних этажей высотных зданий. Спасатели применили специальную автолестницу.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#Kun_tavsiyasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlikka chaqiradi
❗️

💢 yotoq joyingizda chekmang;

💢 nosoz elektr jihozlaridan foydalanmang, bir vaqtning o‘zida bir elektr manbaiga bir nechta elektr jihozlarini ulamang;

💢 elektr manbaiga ulangan elektr jihozlarini nazoratsiz qoldirmang, uydan chiqayotgan vaqtda elektr jihozlarini tarmoqdan uzishni unutmang;

💢 yosh bolalarni olov bilan o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang va ularni nazoratsiz qoldirmang.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyati FVB xodimlari tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish maqsadida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Men vatanparvarman!

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasining “Men vatanparvarman!” loyihasi kuch tuzilmalari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda jadal davom etmoqda.

Navbatdagi tanlov Farg‘ona viloyatining olis hududlaridagi maktab o‘quvchi qizlari ishtirokida o‘tkazildi.

Unda “Matonat”, “Jasorat” va “To‘maris” jamoalari bellashib, tadbir yakunida g‘oliblar va faol qatnashchilar O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining faxriy yorlig‘i, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Kuni-kecha Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 17-apreldagi PQ-161-son qarorining mazmum-mohiyati va ahamiyatini tegishli tashkilotlarga va aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Unda Toshkent shahar va tuman hokimliklari, maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari qatnashdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X