FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
16K subscribers
20.3K photos
3.05K videos
10 files
8.25K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Buxoro viloyati qutqaruvchilari o‘quvchi yoshlarga qutqaruvchilik mahoratini namoyish etdi

Kogon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan o‘quvchi yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbida vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yuksaltirish, qutqaruvchi kasbiga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat bo‘lib, bu kun yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
“Sirdaryo” chegara bojxona postida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshchiligida “Sirdaryo” chegara bojxona postida "Favqulodda vaziyatlarda viloyat FVDqT xizmatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazida o‘tkazilgan “Vatanga sodiq yoshlar” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘inining tafsilotlari “Axborot 24” dasturida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Toshkent viloyatida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘quvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyat yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berish, bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida kasb-hunar maktablari va umumta’lim maktablari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 11 ta jamoalar 5 ta shart bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar.

Musobaqa yakuniy natijalariga koʻra Ohangaron tuman 1-son kasb-hunar maktabining "Energetik" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqaning respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
G‘oliblar va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar vazirligida Markaziy apparat harbiy xizmatchilari, vazirlik faxriylari, yosh ofitser, serjant, oddiy askarlar va FVV Akademiyasi kursantlari ishtirokida o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tafsilotlari.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
⚡️FVV eslatib o‘tadi❗️

📱Mobil telefon va boshqa gadjetlarni yotoq yonida, yostiq tagida qarovsiz yoki tungi vaqtda qavvutlash ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin:
🔹 telefoningizni kunduzgi vaqt, nazoratingiz ostida quvvatlantiring;
🔹 telefoningizni yostiq tagiga aslo qo‘ymang;
🔹agar elektr jihozi alangalansa, birinchi navbatda tokni uzish kerak, so‘ng ustiga qalin mato yopish maqsadga muvofiq bo‘ladi, alangani faqat o‘t o‘chirgich bilan o‘chiring🧯

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 20-23 aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
🔹Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
🔹Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
🔹Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
🔹Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
🔹Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
🔹Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
🔹Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
🔹Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
🔹Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

💢Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.


Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X