FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.4K subscribers
22.2K photos
3.4K videos
10 files
9.01K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ismoilov Ilhom Ismoilzoda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar polkovnik Ismoilov Ilhom Ismoilzoda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati Ilhom Ismoilzodaga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qoladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-aprel kuni "Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-161-son Qarori mazmun-mohiyatini yetkazish yuzasidan "O‘zbekiston 24" telekanali orqali efirga uzatilgan maxsus sharh.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Buxoro viloyati qutqaruvchilari o‘quvchi yoshlarga qutqaruvchilik mahoratini namoyish etdi

Kogon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan o‘quvchi yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbida vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yuksaltirish, qutqaruvchi kasbiga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat bo‘lib, bu kun yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
“Sirdaryo” chegara bojxona postida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshchiligida “Sirdaryo” chegara bojxona postida "Favqulodda vaziyatlarda viloyat FVDqT xizmatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazida o‘tkazilgan “Vatanga sodiq yoshlar” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘inining tafsilotlari “Axborot 24” dasturida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Toshkent viloyatida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘quvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyat yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berish, bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida kasb-hunar maktablari va umumta’lim maktablari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 11 ta jamoalar 5 ta shart bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar.

Musobaqa yakuniy natijalariga koʻra Ohangaron tuman 1-son kasb-hunar maktabining "Energetik" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqaning respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
G‘oliblar va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X