FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
16.3K subscribers
20K photos
3.01K videos
10 files
8.15K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Qirg‘oq mustahkamlash ishlari doimiy nazoratda

Andijon viloyati FVB tomonidan viloyat toshqinga qarshi komissiyasi ishchi guruhi hamkorligida Paxtaobod tumanidan oqib o‘tuvchi Tentaksoy bo‘yida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchilklar yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiyalar berilib, qirg‘oq mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda. Albatta, bunday tadbirlar aholi va hududlarni sel, suv toshqini hodisalaridan muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
“Qamchiq” Maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi tomonidan “Qamchiqavtoyo‘l" IYFK DM bilan hamkorlikda bahor-yoz mavsumida toshqin suvlari, sel-oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘li kyuvet (xandaq)larining tosh massalari bilan to‘lib qolgan qismida tozalash ishlari tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Taxtako‘pir tumanida “General va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi general-leytenant T.A.Xudaybergenov boshchiligida o‘tkazilayotgan harbiy-vatanparvarlik tadbirlarining navbatdagi manzili Taxtako‘pir tumani bo‘ldi. Unda bir qator raxbarlar va mahalla faollari ishtirokida Favqulodda vaziyatlar vaziriligiga yangi qabul qilingan muddatli harbiy xizmatchilar bilan “General va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qarshi shahrida boʻlib oʻtgan "Yongʻin-qutqaruv sporti" musobaqasining Respublika birinchiligi tafsilotlari.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Navoiy viloyatida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Navoiy viloyati FVB tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda Navoiy shahridagi “Kimyogar” o‘yingohida o‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyat yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berish, bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida kasb-hunar maktablari va umumta’lim maktablari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 5 ta shart bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar.

G‘oliblar va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G‘olib jamoa musobaqaning respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev Samarqand viloyati FVB shaxsiy tarkibi bilan uchrashdi

Favqulodda vaziyatlar vaziri rahbarligida o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat hududida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va fuqaro muhofazasi sohasidagi ishlar sarhisob qilinib, mavjud muammolar, ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilanib, har sohaviy yo‘nalish bo‘yicha viloyat, shahar, tuman darajalarida tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X