FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
16K subscribers
20.3K photos
3.06K videos
10 files
8.25K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Nukus shahrida harbiy-vatanparvarlik uchrashuvi o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi general-leytenant T.A.Xudaybergenov boshchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kenges Raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori va Ichki ishlar vaziri, Nukus harbiy prokurori, Okrug qo‘mondoni, MG boshqarmasi rahbarlari ishtirokida Favqulodda vaziyatlar vaziriligiga yangi qabul qilingan muddatli harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

📌Batafsil: https://fvv.uz/uz_lat/news/1246

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Керакли_маълумот_видеоқўлланма

Зилзила ҳақида билишингиз керак бўлган маълумотлар. Эътиборингиз учун махсус видеоролик.
—————-
#Полезные_знания_видеоинструкция

Всё что нужно знать о землетрясении. Вашему вниманию специальный видеоролик.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Buxoro viloyatida "Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Buxoro viloyati FVB tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyat yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berish, bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida umumiy o'rtata'lim maktablari o'rtasida "Yosh qutqaruvchi” ko'ngillilar klublari musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 5 ta shart bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar.

G‘oliblar va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G'olib jamoa musobaqaning rеspublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan bir nechta xorijiy davlatlar Favqulodda vaziyatlar idoralari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, tajriba almashish bo‘yicha doimiy hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning noyabr oyida Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga tashrif buyurib, qutqaruvchilarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim jarayonlari va imkoniyatlari bilan tanishgan edi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Qirg‘oq mustahkamlash ishlari doimiy nazoratda

Andijon viloyati FVB tomonidan viloyat toshqinga qarshi komissiyasi ishchi guruhi hamkorligida Paxtaobod tumanidan oqib o‘tuvchi Tentaksoy bo‘yida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchilklar yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiyalar berilib, qirg‘oq mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda. Albatta, bunday tadbirlar aholi va hududlarni sel, suv toshqini hodisalaridan muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
“Qamchiq” Maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi tomonidan “Qamchiqavtoyo‘l" IYFK DM bilan hamkorlikda bahor-yoz mavsumida toshqin suvlari, sel-oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘li kyuvet (xandaq)larining tosh massalari bilan to‘lib qolgan qismida tozalash ishlari tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X