FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.3K subscribers
22.4K photos
3.44K videos
10 files
9.08K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Buxoroda "Yongʻin-qutqaruv sporti" musobaqasi oʻtkazildi

Buxoro shahrida "Yong‘in-qutqaruv sport"i bo‘yicha Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi birinchiligi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada ishtirokchilar ishg‘ol qilish narvonida to‘rtinchi qavatga ko‘tarilish, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish, 4x100 metrga yong‘in o‘chirish estafetasi, jangovar yoyilish va kross-fit yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Faxrli 1-o'rinni egallagan jamoa rеspublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
#Kun_tavsiyasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlikka chaqiradi
❗️

💢 yotoq joyingizda chekmang;

💢 nosoz elektr jihozlaridan foydalanmang, bir vaqtning o‘zida bir elektr manbaiga bir nechta elektr jihozlarini ulamang;

💢 elektr manbaiga ulangan elektr jihozlarini nazoratsiz qoldirmang, uydan chiqayotgan vaqtda elektr jihozlarini tarmoqdan uzishni unutmang;

💢 yosh bolalarni olov bilan o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang va ularni nazoratsiz qoldirmang.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyati FVB xodimlari tomonidan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar tafsiloti.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Hurmatli fuqarolar❗️

⚡️ Avval xabar berganimizdek, 15-martdan 15-aprelgacha Respublikamizda "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" o‘tkazilmoqda.

💢 Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yurtimiz aholisini ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Zomin tumanida “Favqulodda vaziyatlar vazirligi bog‘i” yaratildi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Jizzax viloyati Zomin tumani Pishag‘ar QFY hududida Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Sh.Djurayev va Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan 100 gektar yer-maydonda 3000 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Favqulodda vaziyatlar vazirligi bog‘i” barpo etildi.


Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati Angren shahar FV bo‘limi xodimlari tomonidan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda mardlik tuyg‘ularini shakllantirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilagan "Ochiq eshiklar" tadbiri tafsilotlari.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
🔹Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 26-30 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

🔹26-28 mart
kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

🔹Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, joriy yilning 26-31 mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

🔹Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

💢 Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev rahbarligida vazirlik Markaziy apparati va hududiy boshqarmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida videokonferensaloqa orqali seminar tashkil etildi

Unda “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2024-yil 13-martdagi 919-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga yetkazildi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

📌Batafsil:
https://fvv.uz/uz_lat/news/1268

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter