FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.3K subscribers
22.4K photos
3.44K videos
10 files
9.07K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Huquqbuzarliklarning oldini olish borasida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

Huquqbuzarliklarning oldini olish borasida FVV va viloyat FVB mas'ul xodimlari tomonidan Samarqand shahar FVB xodimlari ishtirokida navbatdagi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni yanada mustahkamlash, yurtimizda korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida qabul qilinayotgan yangi me’yoriy huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirib o‘tildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Kuni kecha, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida uzoq yillar Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Mudofaa vazirligi tizimida xizmat qilgan faxriylar, Institut harbiy xizmatchilari, Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilari hamda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 343-sonli maktab o‘quvchilari bilan birgalikda “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent city hududidagi binoning 15 qavatidan bir inson qulab tushganligi aytilmoqda" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat

Bugun, 28-yanvar kuni FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi shaxsiy tarkibi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakt qilish bo‘yicha rejaviy maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Unda jabrlanganlarni xavfsiz joyga olib chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘inlar va avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarilib, xodimlar bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi. Maxsus-taktik oʻquv mashqi davomida hech kim jabrlangani yoʻq.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#online

⚡️"Qamchiq" dovonidagi vaziyat

🔰Ayni vaqtda "Qamchiq" dovonining yuqori nuqtalarida maydalab qor yog‘moqda. Ikki tomonlama avtomobillarning xavfsiz harakati davom etmoqda.

💢Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
#ANONS

Bugun, 29-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Respublika hududlaridagi dovon yo‘llarida harakat xavfsizligini ta'minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. Ushbu jonli tarzda o‘tkaziladigan matbuot anjumanini soat 15:00 da "Uzreport" telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali jonli tarzda tomosha qilishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

Bugun, 29-yanvar kuni soat 10:20 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovonida kuchli qor yog‘ayotganligi sababli avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.
“Taxtaqoracha" dovonini qayta ochilishi bo'yicha FVV Axborot xizmati qo‘shimcha ma'lumot taqdim etadi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyati FVB xodimlari tomonidan isitish mavsumida yong‘inlar, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, is gazidan zaharlanish va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar tafsilotlari.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️FVV qutqaruvchilari "Qamchiq" dovonida harakatlanaolmagan avtomobillarning haydovchilarga yordam ko‘rsatmoqda

🔰Ayni vaqtda "Qamchiq" dovonida qor yog‘ishda davom etmoqda. FVV, YPX va "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK xodimlari hamkorligida yo‘lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, FVV qutqaruvchilari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, yo‘lda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalariga yordam ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga haydovchi va yo‘lovchilarni isinishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida avtomobil yo‘l chetlarida issiq ovqat, choy va kofelar tayyorlanib, tarqatilmoqda. Dovonda ikki tomonlama avtomobillarning harakati davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlar

O'tgan hafta davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar.
-----------
#цифры

Профилактические мероприятия, проведённые Министерством по чрезвычайным ситуациям в течение минувшей недели.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Sirdaryo viloyatida doimiy ravishda nazorat-profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

Navbatdagi tadbir Boyovut tumani FV bo‘limi xodimlari tomonidan oʻtkazilib, unda daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlarida fuqarolarni is gazidan zaharlanishi, gaz-havo aralashmasinig chaqnashi, yong‘inlar va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida kuchaytirilgan tartibda keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar olib borildi. Tadbir jarayonida fuqarolarga isitish jihozlariga yanada eʼtiborli boʻlishini taʼminlash maqsadida zaruriy eslatma materiallari tarqatildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot instituti boshlig‘i polkovnik Jo‘rayev Sobir Mirzayevich ishtirokidagi brifing

Unda respublika bo‘ylab is gazi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Xabaringiz bor, “Taxtaqoracha” dovonida kuchli qor yog‘ishi oqibatida avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.

Faqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan muhofaza tadbirlarini muvofiqlashtirib bordi. Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida bugun, 29-yanvar kuni soat 15:00 da “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter