FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.2K subscribers
21.9K photos
3.33K videos
10 files
8.87K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Surxondaryoda yoshlar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” otkazildi

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Vatanparvarlik oyiligi doirasida Termiz shahridagi maktab oʼquvchi yoshlar ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. Tadbirda qutqaruvchilar tomonidan maxsus asbob-anjomlar, yong‘in-qutqaruv texnikalari nomoyishi o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakat qilish usullari amaliy tarzda koʼrsatib o‘tildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
FVV qutqaruvchilari tomonidan “Chimyon” dam olish maskanida fuqarolar xavfsizligi ta’minlanmoqda

Qish mavsumida ko‘pgina yurtdoshlarimiz qordan zavq olish maqsadida tog‘li hududlarga tashrif buyurishadi. Ayni kunlarda “Chimyon” tog‘ oldi hududlarida tashkil etilgan dam olish maskanlari ham dam oluvchilar bilan gavjum. Bu borada Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining malakali qutqaruvchilari tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida navbatchilik ishlarini olib bormoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
FVV Orol dengizining qurigan tubini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha navbatdagi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra 2018-yilda Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlar barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli davlat dasturi boshlangan edi. Ushbu tashabbusning maqsadi suv havzasi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik ofat oqibatlarini yumshatishdan iboratdir. Batafsil...
—————
МЧС готовится к очередному сезону по озеленению дна осушенного Аральского моря

Как вам известно, по поручению Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева в 2018 году стартовала масштабная государственная программа по созданию лесных насаждений на дне высохшего Аральского моря. Цель данной инициативы - смягчить последствия экологической катастрофы, вызванной высыханием водоёма. Подробно...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Andijon viloyati FVB xodimlari tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarida yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va boshqa turli ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda keng qamrovli profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵Ахборот ва калория: боғлиқликлар ҳамда ўхшашликлар

🔵Контентлар сифати ва даражаси – аудитория танлови

🔵Инсон ва гаджетлар муносабати, онлайн мулоқотнинг салбий жиҳатлари, виртуал қарамлик белгилари
〰️〰️〰️〰️〰️

⚡️ Бу факт:

10 ёшгача бўлган болаларнинг 41%и доимий онлайн режимда;

14 ёш оралиғидаги болаларнинг 85%и гаджетларсиз кун ўтказмайди;

Инсон кунига 70 марта, яъни ҳар 15 дақиқада телефонини текширади;

Гаджетларга қарам бўлган одамларнинг миясидаги биокимёвий ўзгаришлар гиёҳвандлик давридаги ўзгаришлар билан бир хил.
〰️〰️〰️〰️〰️

🎥 Видеоролик орқали глобал маълумотларга эга бўлинг!

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qiziq_fakt

🚒Birinchi bug'li yong'in o‘chirish mashinasi 1829-yilda "Yangilik" nomi bilan ingliz gidrotexnigi Jorj Braytveyt tomonidan ixtiro qilingan. Tashqi ko'rinishiga ko'ra aravaga o'xshab, uni otlar olib yurgan. Mashina ikkita gorizontal silindrli va nasosli 10 ot kuchiga ega dvigateldan iborat bo‘lgan. Mashinaning og'irligi 2250 kg bo'lib, u soatiga 40-50 tonna suvni (11-14 m/s) deyarli 30 m balandlikka yetkazishga qodir edi.
—————————
#Интересный_факт

🚒Первая пожарная паровая машина под названием «Новинка» была изобретена в 1829 году английским гидротехником Джорджем Брайтвейтом. Внешне конструкция напоминала колесницу и с места на место её перевозили лошади. Двигатель, мощностью 10 л/с, состоял из двух горизонтальных цилиндров и насоса. Масса пожарной машины составляла 2250 кг, а в час была способна направлять 40-50 тонн воды на высоту до 30 метров.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Chang‘i yoki snoubordda uchish qoidalari
1. Chang‘i yoki snoubord uchuvchisi atrofdagilarni xavfga solmagan holda harakat qilishi kerak.
2. Uchishni o‘rganayotganlar tog‘ chang‘ilari yoki snoubordda uchish qoidalarini diqqat bilan o‘rganib chiqishlari kerak. Uchishni instruktor (tajribaga ega uchuvchi) bilan boshlash tavsiya etiladi.
3. Chang‘i va snoubordda uchish moslamasi soz holda bo‘lishi kerak.
4. Trassada doim masofani saqlash kerak. To‘qnashuv sodir bo‘lganda teparoqda ketayotgan shaxs aybdor hisoblanadi.
5. Chang‘i yoki snoubord uchuvchisi yo‘l belgilariga (yo‘nalishni ko‘rsatuvchi, xavfdan ogohlantiruvchi yoki trassa yopiqligini belgilovchi) rioya qilishi kerak.
6. Trassaga mast holda chiqish taqiqlanadi.
7. Pastga tushishning asosiy yo‘nalishida to‘xtash mumkin emas.
8. Tepaga ko‘tarilish yo‘nalishi bo‘ylab pastga tushish taqiqlanadi.
9. Yo‘lni tozalovchi maxsus texnika ishlayotgan hududda uchib yurish taqiqlanadi.
10. Yiqilganda iloji boricha tez trassani bo‘shatish yoki biron belgi berish kerak.
11. Shikastlanganda, yonida uchayotganlardan birini chaqirib, instruktor yoki qutqaruvchiga xabar berish kerak.
12. Baxtsiz hodisa yuzaga kelganda, jabrlanuvchiga yordam berish har bir chang‘i yoki snoubord uchuvchisining majburiyatidir.
13. Chang‘i yoki snoubordda uchish xavfli sport turiga kirganligi sababli uchayotganda tana qismlarini himoyalash uchun maxsus elementlar va shlemdan (kaska) foydalanish kerak.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
8-yanvar – O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni

Sana munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi soha xodimlarini samimiy muborakbod etadi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter