FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.5K subscribers
19.6K photos
2.96K videos
10 files
8.01K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Uch avlod uchrashuvi

Kuni kecha Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida boshqarma boshligʻi, yosh harbiy xizmatchilar, kursantlar hamda vazirlik tizimida ko‘p yillar faoliyat olib borib bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriylar ishtirokida "Erkin va farovon yashaylik" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" boʻlib oʻtdi. Keksalar tajribasi yoshlar uchun – hayot maktabi. Ayniqsa, ularning hayot saboqlari yoshlarning shijoati bilan birlashsa, jamiyatni rivojlantiruvchi kuchga aylanadi. Uchrashuv davomida boshqarma rahbariyati hamda keksa faxriylar yoshlarga oʻzlarining bosib oʻtgan hayot yoʻllari haqida so‘zlab berdilar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatining Piskent tumanida "Dolzarb 30 kun" doirasida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida vazirlik tizimida 30 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Eng yaxshi yosh shoir” va “Eng yaxshi yosh adib” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Andijon viloyati FVB xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Asaka tumanida joylashgan "Asakadon mahsulotlari" AJda  shartli yong‘inlarni bartaraf etish, insonlarni qutqarish va xavfsiz joyga evakuatsiya qilish hamda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari tafsilotlari.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Buxoro shahar Ibn sino ko'chasi yo'l yoqasida joylashgan 2 qavatli savdo do'konlarida sodir bo'lgan yong'in to'g'risida
                  M A ' L U M O T


     🔥 2023 yilning 1 avgust kuni soat 02:05 da viloyat FVB navbatchi dispеtchеrlik xizmatiga viloyat Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo'l tеlеfonidan qo'ng'iroq qilib, Buxoro shahar Ibn Sino ko'chasi yo'l yoqasida joylashgan 2 qavatli savdo do'konlari (Xalq tilida eski PMK savdo majmuasi)da yong'in sodir bo'layotganligi to'g'risida xabar bеrgan.
     Voqеa joyiga viloyat garnizonidan 11 ta  yong'in-qutqaruv ekipajlari hamda 7 ta hamkorlikdagi xizmatlarning tеxnikalari jalb etildi. Yong'in joyiga soat 02:07 da еtib borib, savdo do'konlarining taxminan 700m2 maydonga tarqalib yonayotganligi to'g'risida ma'lumot olingan va soat 03:11 da batamom o'chirilgan.
Yong'in oqibatida Ibn-Sino ko'chasi yo'li yoqasida joylashgan tadbirkorlik sub'еktlariga tеgishli 2 qavatli 15 ta do'konning  ichki tovar maxsulotlari va shift qismi yongan bo'lib, xuddi shu manzilda bo'lgan Buxoro markaziy dеhqon bozori AJga qarashli 1 qavatli savdo pavilionidagi 8 ta savdo do'konlari (jami 23 ta savdo do'koni) ichida bo'lgan tovar moddiy boyliklari va do'kon jihozlari yonib zarar ko'rgan. Yong'indan bozor tasarufidagi pavilion va savdo do'konlarining 10.000 m2 maydoni saqlab qolindi.
     Yong'in natijasida insonlarning halok bo'lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. 
      Sodir bo'lgan yong'in yuzasidan viloyat IIB va FVB tomonidan tеrgovga qadar tеkshiiruv ishlari olib borilmoqda. Yong'inning kеlib chiqish sababini aniqlash maqsadida yong'in-tеxnik ekspеrtizasi tayinlangan.
     Voqеa joyiga viloyat sеktor rahbarlari, FVB, Milliy gvardiya boshqarma boshliqlari va boshqa mas'ul rahbarlar jalb etilgan.
Korxona, tashkilot va muassasalarda yong‘in xavfsizligini ta'minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ESLATMA

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari yuzasidan tayyorlangan maxsus reportaj.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
Toshkent shahrida o‘tkazilgan yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati tafsilotlari “O‘zbekiston 24” telekanalining maxsus reportajida. Boshqa yangiliklar Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 27-30-iyul kunlari Toshkent shahrida yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi ochiq chempionati” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalaridan jami 19 ta erkaklar hamda 16 ta qizlar terma jamoalari ishtirok etdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijon viloyatida yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari tafsilotlari.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram