FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.2K subscribers
22.6K photos
3.51K videos
10 files
9.18K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Buxoro viloyati FVB tomonidan viloyat hokimligida “Dolzarb 30 kun” tadbirini amalga oshirish bo'yicha tegisli tashkilotlar bilan yig‘ilish otkazildi. Unda viloyat komissiyasi tarkibi tasdiqlanib, amalga oshirilishi lozim bo'lgan barcha chora-tadbirlar bеlgilab olindi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
"Dolzarb 30 kun"ni yuqori saviyada oʻtkazishga bagʻishlangan yigʻilish

Samarqand viloyat hokimligida ''Yong‘in xavfsizligini taʼminlash boʻyicha "Dolzarb 30 kun"'' tadbirlarini oʻtkazilishini tashkil etishga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda viloyatning barcha tegishli boshqarma, tashkilot va idoralarining rahbarlari ishtirok etdi. Yigʻilish davomida "Dolzarb 30 kun" tadbirlari oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya raisi - viloyat hokimi oʻrinbosari A.Shukurov tomonidan masʼullarga ushbu davrni yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha bajarilishi lozim boʻlgan aniq vazifalar belgilab berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurash doirasidagi tadbirlar

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Navoiy harbiy prokurori va boshqarma xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida xodimlar o‘rtasida korrupsion holatlarning oldini olish yuzasidan ma'ruzalar qilinib, tartib-intizom va mas'uliyatni kuchaytirish, jinoyatchilikning oldini olish muhitini mustahkamlash – huquqbuzarlikning oldini olishdagi asosiy omil ekanligi ta'kidlab o‘tildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida "Yong'in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun"" doirasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Kecha, 14-iyul kuni soat 12:30 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo‘stonliq tumani "Oqtosh" MFY hududi "Qoraqiya" tog‘idagi sharshara yaqinida dam olish uchun borgan 64 yoshli ayol o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib, tan jarohati olganligi va shu sababli yura olmayotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan Chimyon yong’in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari voqea joyiga etib bordi.  Qutqaruvchilar tomonidan ayol xavfsiz joyga olib tushirildi va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi.

Ayni vaqtda ayolning umumiy ahvoli yaxshi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida "Yong'in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun"" doirasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti 71031902 – “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha 2023/2024 o‘quv yili uchun Magistratura bosqichiga qabul e’lon qiladi. Batafsil
Korrupsiyaga qarshi kurash doirasidagi tadbir o‘tkazildi

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida kuni kecha Samarqand harbiy prokurori va boshqarma mas'ul xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida xodimlar o‘rtasida korrupsion holatlarning oldini olish yuzasidan ma'ruzalar qilindi. Shu bilan birga, giyohvandlik vositalari  va psixotrop moddalarini iste’moli qilmaslik, spirtli ichimliklarga ruju quymaslik, tartib-intizom va mas'uliyatni kuchaytirish, jinoyatchilikning oldini olish muhitini mustahkamlash – huquqbuzarlikning oldini olishdagi asosiy omil ekanligi ta'kidlab o‘tildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram