FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
16K subscribers
18.7K photos
2.88K videos
10 files
7.7K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi


Xorazm viloyati Urganch xalqaro aeroportida "Yangi turdagi koronavirus infeksiyasini viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olishda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va ularni bartaraf etish davlat quyi tizimlari rahbar organlari kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Tadbirkorlik subyektlarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish yuzasidan tekshiruvlarni tartibga solish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
E'LON !

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga 2020 yil 1 aprelidan 2020-2021 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qiladi.
Tanlov shartlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining www.fvv.uz internet saytida keltirilgan.
Bojxona institutida amaliy va ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi

Kuni kecha Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida joylashgan Bojxona institutida kursant va ofiserlar ishtirokida amaliy va ko‘rgazmali seminar bo‘lib bo‘lib o‘tdi.
Unda institutning 1-3 bosqich kursantlari va barcha o‘qituvchi ofiserlar ishtirok etdilar. Seminar davomida ishtirokchilar mamlakatimiz aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va oldini olish, sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.
Maxsus xabarnoma

Joriy yilning 17 fevral kuni soat 02:40da Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani, Sardoba shaharchasi, “Ko‘rkam diyor” MFY, Robot ko‘chasidagi 3-uy, 1-xonadonda yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in natijasida uyning kirish yo‘lagi va yotoqxonasining 40 kv.m maydondagi uy jihozlari yongan.
Yong‘in soat 03:00da o‘rab olinib, soat 03:45da o‘chirilgan. Ayanchlisi, buning oqibatida ushbu uydagi 6 nafar fuqarolar halok bo‘lishgan. Vafot etgan fuqarolar: B.Z. 1972 y.t. (uy egasi), N.X., 1976 y.t. (turmush o‘rtog‘i), O.Sh., 1996 y.t. (qizi), O.D., 2006 y.t. (qizi),O.A., 2010 y.t. (o‘g‘li), N.N., 2018 y.t. (nabirasi).

Voqea joyiga FVV rahbariyati, viloyat FVB, IIB, prokuratura, tuman FVB, SSB xodimlari, IIB tergov tezkor guruhi hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘Z VAQTIDA KO‘RILGAN CHORALAR NATIJASIDA HAYDOVCHINING HAYOTI SAQLAB QOLINDI !

Joriy yilning 16 fevral kuni soat 04:15da “Qamchiq” dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lining 249 km. qismida “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan “MAN” rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ag‘darilib ketgan.
Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida haydovchining hayoti saqlab qolindi.
Toshkent shahar Mirobod tuman tibbiyot birlashmasida “Qutirishga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi ko‘rgazmali maxsus-taktik amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi


2020 yilning 17 fevral kuni Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan hamkorlikda Mirobod tumanida joylashgan markaziy ko‘ptarmoqli poliklinikasida “Qutirishga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik amaliy mashg‘uloti va seminar o‘tkazildi. Unda Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Mirobod tuman hokimligi, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari xodimlari hamda mahalliy aholi vakillari ishtirok etdilar.
Seminarda ishtirokchilar kasallikning kelib chiqish sababi, uning oldini olishda ko‘riladigan choralar bo‘yicha batafsil ma'lumotga ega bo‘ldilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Министерство по чрезвычайным ситуациям приступило к реализации сельскохозяйственных проектов
Hojatxona uchun chuqur qazish jarayonida tuproq ostida qolgan fuqaro qutqarib qolindi

2020 yilning 17-fevral kuni soat 13-50da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan “Karvon” savdo majmuasi hududida 3 nafar aka-ukalarning hojatxona uchun chuqur qazish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida 2 nafarini tuproq bosib qolgan.

Hodisa yuzasidan Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv guruhi qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib borib, 1987 y.t. fuqaro A.I. ni qutqarib olishdi. Afsuski, tuproq ostida qolgan boshqa bir fuqaro 1984 y.t., A.I. hodisa yuz bergan joyda halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Kanalga tushib ketgan fuqaro o‘z vaqtida qutqarildi

Joriy yilning 3 fevral kunidan 29 fevral kuniga qadar respublikamizning barcha viloyatlarida O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyaning 5-bosqich kursantlari malakaviy amaliyotni o‘tash davrida bo‘lib, belgilangan obyektlar va aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqdalar.
Kuni kecha 5-bosqich kursanti Bobur Abbosov, Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasida amaliyotni o‘tash davrida Namangan viloyati Uychi tuman Beruniy MFY hududidagi kanalda oqib ketayotgan odamga ko‘zi tushadi. Zudlik bilan yordamga shoshilgan kursant qisqa muddat ichida fuqaroni sog‘-salomat suvdan olib chiqdi.Holat yuzasidan tezkor xabar berib, ko‘ngilsiz hodisani oldini olishda yordam bergan fuqarolarga Namangan viloyat FVB rahbariyati o‘z minnatdorligini bildirdi.
TOSHKENT VOKZALIDA KORONAVIRUSNI KIRIB KELIShI VA TARQALISHINING OLDINI OLIShGA QARATILGAN MAXSUS-TAKTIK AMALIY MASHG‘ULOTI BO‘LIB O‘TDI


2020 yilning 19 fevral kuni Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologiya agentligi hamda tegishli tashkilot xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent Shimoliy vokzal hududida “Koronavirusni kirib kelishi va tarqalishining oldini olishda tegishli xizmatlarning hamkorligidagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotda barcha tegishli tashkilotlari kuch va vositalarining ushbu turdagi virusning tarqalishini oldini olish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari amalda sinovdan o‘tkazildi.