FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.5K subscribers
22K photos
3.36K videos
10 files
8.92K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot

Kecha, 5-dekabr kuni soat 20:03 da Toshkent shahar Yangihayot tumani “Viqor” MFY Yo‘ldosh 6-dahasida joylashgan 2 qavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:06 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:33 da qurshab olingan va soat 20:40 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida xonadonning taxminan 100 kv.m maydonda ichki qismi yonib zararlangan.

Yong‘inni bartaraf etish jarayonida xonadondan 2 nafar fuqarolarni kuygan holdagi jasadlari topilgan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shuningdek, hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va prokuratura xodimlari yetib borgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi xodimlari tomonidan "Yong‘in xavfsizligi oylig" doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FVV OGOHLANTIRADI

Hurmatli fuqarolar, tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlari

Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin. Batafsil...
————————————
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ

Уважаемые граждане, а также руководители предприятий, организаций и учреждений

Понижение температуры воздуха является причиной увеличения использования газовых и других отопительных приборов работающих на альтернативном топливе. При этом неправильная эксплуатация данных приборов может привести к пожарам, а также к отравлению угарным газом домовладельцев. Подробно...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Korrupsiya – jamiyat kushandasi

Kuni kecha “Korrupsiyaga qarshi kurash” oyligi doirasida Toshkent viloyati Bekobod shahar FV bo‘limi va “O‘zmetkombinat” AJ OYoXTTEB xodimlari bilan boshqarma mas'ul xodimlari va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida korrupsiya va jinoyatchilikni oldini olish, yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilish, axloqiy-ruhiy, ichki tartib, odob-axloq qoidalari hamda kun tartibiga rioya qilishlari yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Kuni kecha Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan "Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholi, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni zilzilada harakat qilishga tayyorlash"ga mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy materiallarni aholiga yetkazishga qaratilgan ilmiy-amaliy seminar - trening o‘tkazildi. Seminar-trening yakunida FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tadbir ishtirokchilariga tarqatildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаров билан телефон орқали мулоқот қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел телефонный разговор с Президентом Кыргызской Республики Садыром Жапаровым.

#Mirziyoyev #muloqot #Qirgiziston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekiston Respublikasi FVV ishchi guruhi tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Navoiy viloyatidagi ijtimoiy soha obyektlari, korxona-tashkilot hamda aholi turar joylarini isitish mavsumiga hamda yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik holati o‘rganib chiqilmoqda. Tadbir davomida FVVning quyi tizimi bo‘limlari qutqaruv qismlari shaxsiy tarkibiga yaratilgan shart-sharoitlar, yong‘in-qutqaruv texnikalari, asbob-anjomlarining texnik holati ham ko‘zdan kechirildi. Ishchi guruh o‘rganishlari davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FVV akademiyasi “Ta'limda tillarni o‘qitishning dolzarb masalalari: muammo, tahlil va yechimlar” mavzusidagi konferensiya ishtirokchisi

Kuni kecha, "Ta'limda tillarni o‘qitishning dolzarb masalalari: muammo, tahlil va yechimlar" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida FVV akademiyasi Tillar kafedrasi boshlig‘i l.m.v.b podpolkovnik M.Badalbayeva ilmiy rahbarligida Akademiyaning 4-kurs kursantlari O.Baratov va S.Xudaybaxshevlar "LEARNING ENGLISH THROUGH FIREFIGHTING SIMULATIONS" mavzusida ingliz tilidagi taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Batafsil...

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram