FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.4K subscribers
21.9K photos
3.35K videos
10 files
8.9K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Andijon shahar Jaxon savdo kompleksida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha ma'lumot

2022 yil 19 oktyabr kuni soat 03:46da Andijon shahar, Yorboshi MFY, Naiman ko‘chasida joylashgan “Jaxon savdo kompleksi” AJga qarashli do‘konlarda yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 03:56da yetib borishib, yong‘in soat 04:00da to‘liq qurshab olingan, soat 04:16da yong‘in batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi.

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Muay-tay WMF b o‘yicha O‘zbekiston kubogida g‘olib bo‘lgan Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi 6-22-guruh o‘quvchisi O.To‘ymurodovni taqdirlash marosimidan lavhalar.

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Obod mahalla – davlatning ustuvor vazifalaridan biri

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yo‘l-transport boshqarmasi tomonidan Nukus shahrining 52 ta mahallasida asfalt yotqizish ishlari ikki oy davomida olib borilmoqda. Shu vaqtgacha ularning 36 tasida yo‘l qoplamasi yotqizilgan. Rejaga muvofiq, Nukusning 116 km ichki yo‘llari asfaltlanadi. Bugungi kunga qadar rejaning 85 foizi amalga oshirildi.
——————————
Благоустроенная махалля - один из приоритетов государства

На протяжении двух месяцев Дорожно-транспортное Управление МЧС занимается укладкой асфальта в 52-х махаллях города Нукуса. К этому моменту в 36-и из них дорожное полотно уже уложено. Согласно плану, в Нукусе будет заасфальтировано 116 км внутренних дорог. К сегодняшнему дню работы выполнены на 85 процентов.

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Bugun, 19–oktyabr kuni kuni soat 02:43larda Uzun tumani “Mehnat” MFY Surxonboshi ko‘chasidagi uylardan birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borildi.
Voqea kelib chiqishining taxminiy sababi yashash uyining yerto‘lasida bo‘lgan maishiy gaz balloni reduktoridan sizib chiqqan tabiiy gaz xonaga to‘plangan va havo-gaz aralashmasining chaqnashi yuzaga kelgan.

Chaqnash oqibatida xonada bo‘lgan uy egasi va uning farzandi turli darajada kuyish tan jarohati olgan, ayni vaqtda ularga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xurmatli fuqarolar, maishiy gaz ballonidan foydalanish qoidalariga rioya qiling.

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yo‘llarda suv to‘planishi va qatnov qisimlariga oqib chiqish holatlari kuzatilmoqda. Joylarda yuzaga kelgan vaziyatlarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, kuz-qish mavsumining qorli va yomg‘irli kunlari boshlanganligi sababli xavfsizlik qoidalariga rioya qiling, ayniqsa, haydovchilardan yo‘llarda ehtiyot bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.
----------------
В горных и предгорных районах нашей республики отмечаются случаи скопления воды на дорогах и затекания на проезжие части из-за дождей. Проводятся работы по устранению возникших ситуаций на местах.

Уважаемые граждане, в связи с началом снежных и дождливых дней осенне-зимнего сезона просим соблюдать правила безопасности, особенно просим водителей быть осторожными на дорогах.


Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Buxoroda profilaktik tadbirlar

Buxoro tumani FVB xodimlari hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida aholi xonadonlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Фавқулодда вазиятлар вазирлиги матбуот хизмати
#19oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik...

Bugun, 19-oktyabr kuni Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tuman Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 14-maktabda tumandagi mavjud maktablarninng xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’ullarini jalb qilgan holda, FVDqT hodimlari bilan birgalikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan seminar o‘tkazilib, unda viloyat FVB boshlig‘i general-mayor Qosimali Axmedov tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram