FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.6K subscribers
20.7K photos
3.18K videos
10 files
8.46K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Dolzarb mavzuga bag‘ishlangan Matbuot anjumani

Bugun 7-sentabr kuni Samarqand Davlat chet tillari institutida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti tadbirlarini o‘tkazish davrida xavfsizlikni ta'minlashga mutasaddi bo‘lgan xizmatlarning hamkorlikdagi Tezkor shtabiga fuqarolardan kelib tushayotgan savollarga bag‘ishlangan Matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida viloyatdagi barcha OAV vakillari, FVDTga kiruvchi xizmatlar mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanini ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin:

👉 https://fb.watch/fnXYFxTpkB/

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев мамлакатимиздаги дипломатик миссиясини якунлаётган Америка Қўшма Штатлари Фавқулодда ва Мухтор элчиси Дэниел Розенблюмни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял Чрезвычайного и Полномочного посла Соединенных Штатов Америки Дэниела Розенблюма, завершающего свою дипломатическую миссию в нашей стране.

#Mirziyoyev #qabul #AQSh #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra joriy yilning 10-12 sentabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan biroz nam va salqin havo kirib keladi.
10-12 sentabrda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
11-sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin.
11-sentabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, 12-sentabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
11-12 sentabrda respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 10-13 darajagacha, kunduz kunlari 25-28 darajagacha, pasayadi.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raydi. Shuningdek, kuchli shamol vaqtida avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatida kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida olib borilgan profilaktik tadbirlar tafsilotlari.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va havo-gaz aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling! O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.

FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati FVB hamda mahalliy hokimlik va boshqa tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida kanal, soy o‘zanlarini tozalash va qirg‘oq mustahkamlash tadbirlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев пойтахтимизда ўтаётган миллий парламентлар аёл раҳбарлари саммитида иштирок этаётган Озарбайжон Республикаси Миллий Мажлиси Раиси Соҳиба Гафаровани қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджанской Республики Сахибу Гафарову, участвующую в мероприятиях саммита женщин-руководителей национальных парламентов в нашей столице.

#Mirziyoyev #qabul #Ozarbayjon #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qaroriga ko‘ra Respublikamizda har yili 2-8 sentabr kunlari "Muzeylar haftaligi" o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Bu qaror aholi, ayniqsa, yoshlarimizga bir hafta davomida muzeylarga tashrif buyurib, milliy muzey fondiga kiritilgan ashyolar va kolleksiyalar bilan tanishib olishlari uchun juda yaxshi imkoniyat yaratadi.
“Muzeylar haftaligi” munosabati bilan 2022-yil 8-sentabr kuni Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” HAL o’quvchilari Shahrisabz davlat muzey qo’riqxonasi tarkibidagi muzeylarga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida o’quvchilar qadimgi Shahrisabzning, Amir Temur va temuriylar tarixiga doir qimmatli eksponatlar bilan tasnishdilar. Maqom muzeyiga uyushtirilgan sayohat ham o’quvchilarda milliy san’atimiz tarixi, qadimgi milliy musiqa asboblari va maqom san’ati asoschilari haqida qiziqarli ma’lumotlar beradigan eksponatlar katta taassurotlar qoldirdi.
https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal
FVV qutqaruvchilari bolajonga amaliy yordam ko‘rsatdi

Kecha, 8-sentabr kuni soat 18:25 da Toshkent shahar FVBning 1050 qisqa raqamiga Mirobod tumani Hamal ko‘chasidagi ariq ustiga o‘rnatilgan metall panjara orasiga 11 yoshli bolaning bir oyog‘i tushib ketib, qisilib qolganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus uskunalar yordamida bolaning oyog‘ini panjara orasidan jarohatlarsiz chiqarib olib, amaliy yordam ko‘rsatgan va ota-onasiga sog‘-omon topshirgan.

Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirlig barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslikni so‘rab qoladi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ma’naviyat soati

Bugun, 9-sentabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor Mirodiljon Baratov ma’rifat soatining “Ma’naviyatga tahdid – o‘zligimiz va kelajagimizga tahdid” mavzusini har tomonlama va chuqur yoritib berdi.

Tadbir davomida ma’naviyatning asl mazmun va mohiyati, uning ahamiyati har bir yutuqning asosiy mezoni ekani alohida ta’kidlanib, bir necha hayotiy misollar keltirildi. Qizg‘in muloqot yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!
- - - - - - - - - - - - - -
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ!
УГАРНЫЙ ГАЗ ОПАСЕН ДЛЯ ЖИЗНИ!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram