FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.7K subscribers
19K photos
2.91K videos
10 files
7.83K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
"Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz"

Barchamizga ma'lumki, korrupsiya - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfdir. Bugungi kunda korrupsiya xavfining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida boshqarmada keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha Toshken shahar va Buxoro viloyati FVB mas'ul bo‘limi va tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan "Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz" va "Yo‘l-transport hodisalarini oldini olish" mavzularida seminar tashkil etildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
11–14-avgust kunlari Toshkent viloyati Olmaliq shahar "OKMK" AJ markaziy sport o'yingohida o‘tkazilishi belgilangan yong‘in-qutqaruv amaliy sport turi bo‘yicha respublika ochiq chempionatining ochilish marosimi tafsilotlari

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Inson hayoti saqlab qolindi

Kecha, 12-avgust kuni taxminan soat 10:30 lar atrofida Toshkent shahar Yunusobod tumani hududida tuman FV bo‘limi xodimlari profilaktik tadbirlarni amalga oshirib yurgan vaqtda Qora qamish ko‘chasidan oqib o‘tuvchi “Qora qamish” kanalida 70 yoshli ayol suvda yordam so‘rab, oqib ketayotganligini ko‘rib qoladi. Zudlik bilan qutqaruvchilar suvga tushib, qutqaruv ishlarini amalga oshirgan va fuqaroni suvdan olib chiqqan hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisani oldini olib qolganlar. Ma'lum bo‘lishicha fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida kanalga tushib ketgan.

Hozirda fuqaroning xolati barqaror va hech qanday jiddiy shikastlanmagan.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan ariqlar, kanallar, daryolar va boshqa suv xavzalari yaqinida ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Bugun, 13 avgust kuni Namangan shahar hududida joylashgan “Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi”da Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning quyi tizimi shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan musobaqa murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi.
Musobaqada belgilangan 66, 71, 81, 90, 90+ kg vazn toifasi bo‘yicha ishtirok etib o‘zining har tomonlama ustun ekanligini namoyon etgan bir guruh harbiy xizmatchi va xizmatchilar boshqarmaning diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati Olmaliq shahar "OKMK" AJ markaziy sport o‘yingohida o‘tkazilayotgan yong‘in-qutqaruv amaliy sport turi bo‘yicha respublika ochiq chempionatidan lavhalar.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Навоий вилоятидаги истироҳат боғида содир бўлган ёнғин юзасидан маълумот

Ҳодиса 11 август куни соат 15:15 да Қизилтепа тумани “А.Навоий” МФЙ Ўзбекистон шоҳ кўчасида жойлашаган “Маданият" истироҳат боғи кириш қисмида содир бўлган.

Шунга кўра 2 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 15:18 да воқеа жойига етиб бориб, ёнғин соат 15:19 да ўраб олинган ва соат 15:21 да ўчирилган.

Ёнғин натижасида истироҳат боғига кириш аркасининг 3 кв.м майдонида шифт қисми ёниб зарарланган. Тезкор ҳаракатлар натижасида арканинг 25 кв.м. майдони ёнғиндан сақлаб қолинган.

Ёнғин сабаби ва моддий зарар миқдори аниқланмоқда.
🔹 Yonuvchi qurilish materiallarini yong‘inga qarshi oraliqlarda saqlash taqiqlanadi.
🔹 Maydoni 2 va undan ortiq gektarga teng qurilish hududida kamida ikkita qarama-qarshi tashkil etilgan kirish joylari bo‘lishi shart. Yo‘llar yilning barcha fasllarida yong‘in-qutqaruv avtomobillari o‘tishi uchun qattiq qoplamaga ega bo‘lishi lozim. Kirish joyining eni 4 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
🔹 Qurilish maydonlarining isitish xonalarida olovli ishlarni bajarishga, shuningdek, elektr kaloriferlaridan va infraqizil nurlanishli gazli gorelkalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabr kunidagi "Yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 649-sonli Qarori 40-bob

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV Akademiyasida atoqli oʻzbek adibi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning yorqin xotirasiga bagʻishlangan “Tohir Malik zamondoshlar xotirasida” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FVV qutqaruvchilari tomonidan kanalga tushib ketgan avtomobil olib chiqildi

Kecha, 14-avgust kuni tahminan 15:30 larda Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani “O‘rtaovul” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Toshkent” magistral kanaliga “Nexia-1” rusumli avtomobil haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotish oqibatida tushib ketganligi haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Ma'lum bo‘lishicha avtomobilda haydovchining o‘zi bo‘lgan va suvga tushishdan oldin tushib qolishga ulgirgan.

Xabarga asosan, zudlik bilan qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, suvda qidiruv-qutqaruv maxsus asbob-anjomlari va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda avtomobil kanaldan olib chiqilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yong‘in-qutqaruv sporti” musobaqasining respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlari aniqlandi

Xabaringiz bor joriy yilning 11-14 avgust kunlari Toshkent viloyatida “Yong‘in-qutqaruv sporti” musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada barcha hududlardan kelgan 19 ta erkaklar va 16 ta ayollar terma jamoasi, jami 200 dan ortiq sportchilar ishtirok etdi. G‘olib va sovrindorlar FVV rahbariyatining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ҳиндистон Республикаси Президенти Драупади Мурму ва Бош вазири Нарендра Модини ушбу мамлакат мустақиллигининг 75 йиллиги муносабати билан табриклади.

Қутловларда, жумладан, сўнгги йилларда Ўзбекистон-Ҳиндистон стратегик шериклиги барча устувор соҳаларда изчил кенгайиб бораётгани қайд этилиб, биргаликдаги саъй-ҳаракатлар билан ҳамкорлигимиз келгусида ҳам дўст халқларимиз манфаатлари йўлида тараққий этиб боришига ишонч билдирилган.

Давлатимиз раҳбари Ҳиндистон халқига тинчлик, равнақ ва фаровонлик тилади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев поздравил Президента Республики Индия Драупади Мурму и Премьер-министра Нарендру Моди с 75-летием независимости этой страны.

В поздравительных телеграммах, в частности, отмечается, что в последние годы узбекско-индийское стратегическое партнерство последовательно расширяется по всем приоритетным направлениям, а также выражается уверенность в том, что совместными усилиями двустороннее сотрудничество будет и впредь развиваться в интересах наших дружественных народов.

Глава нашего государства пожелал народу Индии мира, процветания и благополучия.

Facebook|Instagram|Twitter