FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
6.64K subscribers
9.24K photos
1.2K videos
10 files
3.66K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
Download Telegram
Fuqaro muhofazasi institutida amaliy mashg‘ulotlar

13-iyun kuni FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti “Favqulodda vaziyatlar” simulyatsiya markazida Maxsus muhandislik qurilish boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilari bilan “Turli xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish” mavzusida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari keng qo‘llanilgan innovatsion interaktiv 3D xonalarida amaliy mashg‘lotular o‘tkazildi.
---------------------------------------------

Практические занятия в Институте гражданской защиты

13 июня в Институте гражданской защиты Академии МЧС провели практические занятия со срочными военнослужащими Специализированного инженерно-строительного управления на тему «Предупреждение различного рода ЧС и правильные действия при их возникновении» с использованием интерактивных 3D комнат.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona viloyati Quva tumani markazida joylashgan savdo bozorlarida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha tuman FV bo‘limi xodimlari tomonidan maxsus taktik o‘quv mashqi va reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#брифинг

🔥 2022 йил 5 ойида республикада 3449 та ёнғин юз берди, 82 киши тан жароҳати олди, 48 киши ҳалок бўлди

Бу ҳақда АОКАда Фавқулодда вазиятлар вазирлиги бош бошқарма бошлиғи Ўлмас Музаффаров иштирокида ўтказилган брифингда маълум қилинди.

Май ойи ва июнь ойининг биринчи ўн кунлигида ёнғинлар билан боғлиқ вазият фаоллашгани кузатилмоқда. Ушбу даврда содир бўлган ёнғинлар 981 тани ташкил этиб, 106 таси — қуриган ўсимликларнинг ёниши, 665 таси — аҳоли турар жойлари ва 210 таси — бошқа объектларга тўғри келмоқда.

Ёнғин келиб чиқиш сабаблари таҳлил қилинганда, аксарият ҳолларда аҳоли яшаш жойларидаги ёнғинлар маиший кондиционер ва музлаткичлардан ҳамда тозаланмаган қуруқ ўтларнинг ёнишидан келиб чиқаётганлиги маълум бўлмоқда.

Батафсил
〰️〰️〰️〰️

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Yertikon suv ombori tashqi to‘g‘oni ostidan suv sizib chiqayotgani aytilmoqda” sarlavhali post yuzasidan rasmiy munosabat

Namangan viloyatining Kosonsoy tumani “Ququnboy” qishlog‘ida joylashgan “Yertikon” suv omborida suv sizib chiqishi (filtratsiya) holati bo‘yicha birlamchi ma'lumotda keltirilishicha, 2022-yil 14-iyun kuni soat 10:35 da Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor-navbatchisidan olingan og‘zaki ma'lumotga ko‘ra, Kosonsoy tumani “Ququnboy” qishlog‘ida joylashgan “Yertikon” suv omboridan suv sizib chiqishi (filtratsiya) kuzatilgan.

Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida, Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari mutasaddi tashkilot mas'ul xodimlari bilan birgalikda suv omboriga borgan hamda vaziyatni o‘rgangan. O‘rganishlar jarayonida “Yertikon” suv omborining 2 ta yerli joylaridan (5 va 10 litr sekundiga) suv sizib chiqish holati 2022-yil 13-iyun kuni soat 19:00 lardan boshlanganligi, ammo damba (temir beton)ning o‘zi mustahkamligi, aholi va to‘g‘onga xavf yo‘qligi aniqlangan.

Suv sizib chiqishini bartaraf etish maqsadida, “Kosonsoy” suv omboridan suvni chiqarish to‘xtatilgan. “Yertikon” suv omboridan suvning chiqarilishi “Kalbuva” va “Musa ariq” kanallari (avariyaviy tashlama) orqali 4 metr kub/sekundgacha oshirilgan. Suv omboridan suvning ayni hajmda chiqarilishi, ushbu amaliyotning 2 sutka mobaynida davom ettirilishi evaziga suv sizib chiqish (filtratsiya) holati bartaraf etiladi.

Hozirda ushbu suv omborida vaziyatni kuzatib borish va ishlarni nazorat qilish maqsadida, viloyat suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi hamda tegishli mutaxassislardan iborat kuzatuv posti tashkil etilgan bo‘lib, vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Kuni kecha Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani FV bo‘limining 101 qisqa raqami orqali “Mamurobod” mahallasida yashovchi fuqaro murojaat qilib, bir bosh qoramoli hovlisida qazilgan 3 metrli chuqurga tushib ketganligini aytgan va uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rgan.

Shunga ko‘ra tumani FV bo‘limi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida qoramolni talofatlarsiz chuqurdan chiqarib oldi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Қозоғистон Республикасининг Жамбул области Жамбул районида Ўзбекистон фуқаролари бўлган автобус ЙТҲга учради

2022 йил 15 июнь куни соат 06:45 да Қозоғистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлигидан олинган маълумотга кўра, бугун, 15 июнь куни Қозоғистон вақти билан соат 03:10 да Жамбул области Жамбул районидан ўтувчи “Алмата-Тошкент” автомобиль йўлининг 545 км. да Қозоғистон Республикаси “Қизил тан” қишлоғидан 7 км узоқликда трикотаж маҳсулотлари ортилган юк машинасининг ёниши оқибатида, автомобиль йўлида тирбандлик юзага келганлиги натижасида соат 03:40 ларда “Алмата-Тошкент” йўналишида ҳаракатланаётган юк машинаси 2 та йўловчи ташиш автобуси ва 1 та енгил автомобиль билан тўқнашув содир этган. Тўқнашув оқибатида ушбу автотранспорт воситаларида ёнғин келиб чиққан.

Ёнғин содир бўлган автобусларнинг бирида 31 нафар Ўзбекистон Республикаси фуқаролари бўлган ва улардан 3 нафари ўрта даражада тан жароҳати билан Тараз шаҳар тиббиёт масканига олиб борилган. Ҳозирда ушбу фуқароларга малакали тиббий ёрдам кўрсатилмоқда.

Шуни алоҳида таъкидлаш жоизки, Дўст Қозоғистон масъуллари юзага келган мазкур бахтсиз ҳодиса оқибатларини зудлик билан бартараф этиш, жароҳатланганларга тез тиббий ёрдам кўрсатишда яқиндан кўмак беришмоқда.

Ҳолат юзасидан Қозоғистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлиги билан маълумот алмашинуви давом этмоқда.

ФВВ Матбуот хизмати

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Cho‘kish bilan bog‘liq hodisalarning yuz bermasligi uchun avvalambor cho‘milish qoidalariga qat'iy rioya qilish lozim. Buning uchun birinchi navbatda ob-havo quyoshli va shamol bo‘lmagan paytda, havo harorati issiq bo‘lgan vaqtda cho‘milish tavsiya etiladi. Qorin och bo‘lganda, charchaganda, chanqaganda, yaqinda bemorlikdan turganda, spirtli ichimlik iste'mol qilinganda, yolg‘iz bo‘lganda va oftob urish hollarida cho‘milish maqsadga muvofiq emas. Shuningdek, taqiqlangan joylarda cho‘milish, kater va qayiqlarga yaqin suzib borish, yosh bolalarni suvda qarovsiz qoldirish, chegaralangan belgilardan tashqariga chiqish, ko‘prik, damba va kemalardan suvga sakrash, notanish joylarga sho‘ng‘ish taqiqlanadi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra joriy yilning 15-17 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli Farg‘ona vodiyisining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida:
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar:

sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi toʻgʻrisida habar eshitgandan soʻng darxol xavfsiz joyga koʻchish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha boʻlishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;

sel oqimidan xalos boʻlishning iloji boʻlmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin;

sel oqimi oʻtgandan soʻng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taʼminotining sozligini tekshirish zarur.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Yoz o‘tmoqda soz: Yangiyer shahridagi oromgohda targ‘ibot tadbirlari

Bolalarni ta'til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida respublika bo‘ylab yozgi bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etilgan. Mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida ushbu oromgohlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta'minlash ham muhim vazifa hisoblanadi.

Shu boisdan kuni kecha Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi "Qaldirg‘och" nomli bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida shahar FV bo‘limi xodimlari tomonidan profilaktik tadbir tashkil etildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FVV Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot institutida seminаr-trening o‘tkаzildi

Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intelektual hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanishga, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram