MBN notes
15 subscribers
13 photos
4 videos
30 links
Download Telegram
Everything seems cringe, until you win.
💯1
The price of progress is pain.
💯1
Kishi cho'ntagidagi pullarini bilim va hunar uchun sarflasa hech kim bu pullarini undan tortib ololmaydi.
👍1
Ba'zi odamlarni puli judayam ko'p lekin qashshoq.
Pain it's not here to break you, It's here to build you.
Ko‘rlar bozorida oyna sotma, karlar bozorida g‘azal aytma.
👍2
Siz qanchalik rohat topishga imkoniyat qidirayotgan bo'lsangiz, uning azobi ham shunchalik darajada bor.
Hamma narsani o'ziga yarasha badali bor.Ko'pchilik vaqtini pulini energiyasini sarflash orqali badal to'laydi.
👍1💯1
Forwarded from ZAYDIBNSOBIT.UZ (Шоҳруҳбек Мирзаолимов)
#ЎЙЛАРИМ

Баъзан қуёшнинг чиқишини ёки ботишини томоша қилиб  фикр қиламан... Ҳеч қачон чиқмасдан қолган ой ёки ботишни истамаган қуёшни ёки бағрини ерга босиб ётган тушкун чумолини, уйи бузилгани учун кимгадир шикоят қилаётган каптарни кўрмаганман.

Оддий майсаларга ҳам эътибор беринг. Устидан эзғилаб ўтиб кетсангиз ҳам, ўсишда, яшашда давом этаверади (сиз ундан узр сўрамасангиз ҳам).

Кўпқаватли уйларда яшаймиз. чордоқдаги каптарларнинг орасида бир оёғи йўқ каптар хам бор. Уям доим ризқини теришда бардавом, уни кимдир етаклаганини кўрмадим.

Асалари хам бир қошиққина асал тўплаш учун ҳеч қандай эвазсиз ишлайдиган Аллоҳнинг яратиғи, унинг асалини олаётганимизда, ёнимизга келиб: асалимга тегма, ахир бу менинг меҳнатимку, нега олдинг, деб биз билан уришмаган.

Биласизми, нега?!

Улар Аллоҳнинг буйруқларига мутлақ бўйсунувчилардир.

Улар бу дунёга нега келганларини унутмаганлар!

Буларда бизлар учун ибрат бор...

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
✅ Расмий ва манфаатли каналга аъзо бўлинг:
👉: 
@ZAYDIBNSOBIT01
👍1
👍1🔥1
🔥1😢1
Shakar bilan tuzni ba'zida adashtiramiz.

Sho'r suvni chuchuk deb o'ylab qolamiz.

"She'r" bilan "Sher" bir xildek eshitiladi.

Xuddi shunday, munofiqlarni mo'min deb o'ylab qolamiz.
👍3💯1
👍1🔥1
Ba’zida kishi oltin izlab, temirga duch kelarkan, temir izlab oltinga duch kelarkan
👍1🔥1
Safar bizdan zafar Allohdan,
Tadbir bizdan taqdir allohdan.
👍2🔥1
Sovub qolgan shorvani hech kim ichgisi kelmaydi shuning uchunn ham doim ishni qizigida qiling hech qachon tayyor bolmaysiz bir ishni boshlashga ushanga jurat qiling jarayonda organasiz.
👍2
Butun shuhrat boshlashga jazm qilishdan keladi.
Raskin Bond
👍2
Baxtiyor chog'ingda mo‘l bo‘lsa ulfat, hammasin do‘st deb o‘ylama faqat,
Nogahon boshingga tushganda kulfat
Ana shundan so‘ng do‘stlaring sanagin albat
Usoma. V.
🔥1
“Bu kasb yo‘qolib ketadi” degan gap — soddalashtirish.

✅ To‘g‘ri gap:

“Moslashmagan odamlar yo‘qoladi”.
👍1
Ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish emas balki sotiladigan mahsulotni ishlab chiqarish kk
Yani biznes boshlashdan oldin mijoz topish muhim
💯2
"Haqiqiy omad kaliti yoxud savdogarlar ustozi" kitobidan olingan insaytlarim.

Bu insaytlarni o'qisangiz kitobni o'zini o'qish shartmas.

Kitob qadimda dunyoning to'rt tomoniga dong'i ketgan, eng boy musulmon savdogarlardan biri Abdulloh bin Muborakning aynan qaysi omillar tufayli kambag'al oiladan 4 iqlimning eng boy musulmonlaridan biri darajasigacha yetishiga bag'ishlangan.

1-insayt
Musulmon inson biror tushunmovchilik kelib chiqqanida avval sababini bilib keyin ish tutadi.

(Muammo kelib chiqsa ikki tomonning ham haqiqatini tinglash kerak)

2-insayt.
Hayotdagi maqsading sening sulolangga sendan keyin keladiganlarning hayotini yengillashtirish bo'lsin.

(Oila, sulolangdagi moliyaviy muammolar sen bilan tugamasa, hayotda muvaffaqiyatli yashadim deb o'ylama.)

3-insayt.
Besh vaqt namozini o'rinlatib qo'ymagan insonning boshqa ishlarini qoyil qilishiga ishonma - A bdulloh ibn Muborak.

4-insayt.
Ustoz bilan bosib o'tiladigan bir haftani, o'zing mustaqil 7 yilda bosib o'tasan.

(Hayotda qaysi sohada zo'r bo'lmoqchi bo'lsang, o'sha sohada kamida bitta ustoz topish kerak)

5-insayt.
Omad omadsizlar qilishni istamagan ishni qilishingdan paydo bo'ladi.


6-insayt.
Toki bir banda o'zini o'zgartirmaguncha, Alloh uning hayotini hech qachon o'zgartirmaydi.

7-insayt.
Agar jamiyatda ilmli insonlar bo'lmasa, har bir og'zi shaloqning so'zi hikmat, umri ibrat bo'lib qoladi.

8-insayt.
Nasiya savdo halol bo'lishi uchun, sotib olayotgan shaxs oldindan sotayotgan insonga bir dirham bo'lsa ham to'lashi kerak - Abdulloh bin Muborak.

9-insayt.
Bozordagi eng yirik gazlama sotadigan tadbirkorni kuzatsam, undan xaridorlar gazlama emas, uning muomalasini sotib olishar ekan - Abdulloh bin Muborak.

10-insayt.
Lafz insonning tirikligidir, usiz insonning o'likdan farqi qolmaydi.- Abdulloh bin Muborak.

Agar post yoqgan bo’lsa reaksiya kutaman🔥👇🏻
🔥3⚡1👍1
Muzokarada yutib chiqishni hohlasangiz savolni koproq bering taklifga qaraganda.
👍1