MA`NAVIYATLI INSONLAR | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
8.97K subscribers
35.3K photos
4.87K videos
1.49K files
7.64K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Agronomiya va biotexnologiya fakultetida Shoir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bagʻishlangan tadbirdan lavhalar

#MANAVIYATLI_INSONLAR
Agronomiya va biotexnologiya fakulteti tyutorlari universitet Psixologlari D.O.Hamdamova va N.M.Musinovalar talabalar bilan birgalikda "Art-terapiya" psixologik treninggi hamda Neyrografikadan master klass tashkil etildi.

Treningda psixologlar tomonidan ranglar tafsiloti va chizgilar tavsifi orqali ruhiyatda affirmatsiya barqarorligini ta'minlash bo‘yicha psixodiagnostik va psixokorreksion ahamiyatga ega mashg’ulotlar olib borildi.
Mashg'ulot oxirida talabalar o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdilar.
Seminar-treningdan maqsad  ishtirokchilarga o'zini anglashga yordam berish - ijobiy va salbiy hislatlarini o'zi uchun ochish, o'z  ustida  ishlashga turtki berish, jamoaviylikni  shakllantirish, xotira va diqqatni oshirish, fikrlashni  rivojlantirish, pozitiv kayfiyatni vujudga keltirish,  ruhiy yengillikni vujudga keltirish, stressdan halos bo'lish va  ijobiy kayfiyatni hosil qilishdan iborat bo'ldi.

#MANAVIYATLI_INSONLAR
#Psixòlogik_trening
9-fevral kuni BuxDU faollar yig'ingohida tashkil etilgan bayram dasturida "Navoiy vorislari" tanlovi nominasiyalar g'oliblari universitet rektorining maxsus diplomi hamda vaucherlar (pul mukofoti) bilan taqdirlandilar.
1-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari
2-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari
3-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida
pul mukofotlari Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A. Amonov hamda Filologiya fakulteti dekani Q.To'xsanov tomonidan taqdim etildi.

#MANAVIYATLI_INSONLAR
9-fevral kuni BuxDU faollar yig'ingohida Yoshlarni ma'naviy yuksalishiga ko'maklashish departamenti tomonidan Yangi hayot uchun Yangi O'zbekiston uchun shiori ostida o'tkazilgan "YANGI O'ZBEKISTONGA QANOT BO'LAMIZ" mavzusida Eng yaxshi insho, Eng yaxshi plakat nominasiya g'oliblari maxsus diplomi hamda esdalik sovg'alari bilan Yoshlarni ma'naviy yuksalishiga ko'maklashish departamenti boshlig'i R.Karimov tomonidan taqdirlandilar.

#MANAVIYATLI_INSONLAR
2024-yil 9-fevral kuni Filologiya fakulteti tyutori Sh.N.Oripova tomonidan 6-2 Uzb 23 guruhi talabalarining darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Buxoro davlat universiteti huzuridagi "Qatag‘on qurbonlari" muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Muzeyning mas'ul xodimlari tomonidan yurtimiz tinchligi uchun kurashgan, mustabit tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimiz hayoti haqida turli qiziqarli ma'lumotlar berildi.
Muzeyga uyushtirilgan tashrif barchaga manzur bo'ldi.

#MANAVIYATLI_INSONLAR
#muzeyga_tashrif
Filologiya fakulteti tyutori Hojimurotova Madina tomonidan 6-1 Uzb23 guruhi talabalarining darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Buxoro davlat universiteti huzuridagi "Qatag‘on qurbonlari" muzeyiga sayohat uyushtirildi.Muzey xodimasi Elmurodova N. tomonidan yurtimiz tinchligi uchun kurashgan, mustabit tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimiz hayoti haqida ma'lumotlar berildi. O'tkazilgan tashrif barchaga manzur bo'ldi.

#MANAVIYATLI_INSONLAR
Alisher Navoiy buyuk qalb sohibi

      2024-yilning 9-fevral kuni Tarix va yuridik fakulteti tyutorlari T.M.Aslonova va SH. Radjabovlar Jahon tarixi kafedra mudiri J.Hayitov, Tarix fanlar nomzodi K.J.Raxmonov, Jahon tarixi kafedrasi dotsenti M.Orziyev, Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (Phd) A. Axtamov, katta o'qituvchilar S.Zaripov, M.Yusupova va o'qituvchilar A.Ergashev, J.Majidovlar hamkorligida Tarix mamalakatlar va yo'nalishlar 2-bosqich talabalari ishtirokida A. Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlab "Buyuk shoir, davlat arbobi va mutafakkir A.Navoiyning hayoti va ijodi- ibrat maktabidir" mavzusida davra suhbati o'tkazdilar. O'qituvchilarimiz tomonidan g’azal mulkining sultoni  Alisher Navoiyning adabiy me’rosi va uning bugungi kundagi ahamiyati haqida ma'lumotlar berildi.  Suhbat davomida buyuk qalb sohibi A.Navoiyning g‘azallaridan namunalar o'qidilar.

#MANAVIYATLI_INSONLAR
9-fevral kuni Iqtisodiyot va turizm fakulteti tyutori Surayyo Rashidova o'ziga biriktirilgan 3-1LOG-23 guruh talabalari "Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi" munosabati bilan tadbir tashkil qilindi. Alisher Navoiy o'zining shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g'azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo'shgan. Chunki alloma qalamiga mansub, yuksak mahorat va betakror so'z san'ati ohangida yaratilgan, ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan bebaho ijod namunalari asrlar osha o'z mazmun va sayqalini yo'qotmay, ulkan ma'naviy meros va adabiyotimiz gultojiga aylangan.

#MANAVIYATLI_INSONLAR
Buxoro davlat universiteti rahbariyati tomonidan talaba- yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Samarqand shahriga sayohat tashkil qilindi.
Sayohat davomida ko'hna va navqiron Samarqand shahri tarixiy obidalari Registon, Shoxi Zinda majmualari hamda Islom Karimov maqbarasi ziyorat qilindi.

#MANAVIYATLI_INSONLAR
#Samarqand_shahriga_sayohat
San’atshunoslik fakulteti professor-o’qituvchilari boshchiligida “Ayollar muruvvat uyi”da badiiy kecha tashkillashtirildi.

Tadbir davomida tasviriy va amaliy san’at kafedrasi o’qituvchilari Badiyeva D,Nurmurodova S lar va 12-1XABS-20 talaba qizlarimiz tomonidan sahna ko’rinishi taqdim etildi.

#MANAVIYATLI_INSONLAR
" BuxDU yoshlarni sevadi" loyihasi doirasida doimiy an'anani davom ettirgan holda 10-fevral kuni bir qator iqtidorli talabalar navqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. Sayohat doirasida " Go'ri Amir" , " Registon" , " Birinchi perizdentimiz I.A.Karimov tug'ilib o'sgan uylari va mangu orom topgan qadamjolari" " Shohi Zinda " kabi tarixiy qadamjolarga tashrif buyurildi. Xorijiy tillar fakultetining iqtidorli talabalari ushbu sayohatdan juda mamnun bo'lishdi.


#MANAVIYATLI_INSONLAR
#Samarqandga_sayohat
BuxDU Agronomiya va biotexnologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari I.R.Barakayev, tyutorlar tomonidan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida "Giyohvandlikka qarshimiz" oyligi doirasida tashkillashtirilgan yurish marafonida faol ishtirok etdilar.

#MANAVIYATLI_INSONLAR
Tarix va yuridik fakulteti tyutori Tursunoy Aslonova, Jahon tarix kafedrasi katta o'qituvchisi A.To'rayev  va fakultetda biriktirilan amaliyotchi psixolog  Muxsinova Nozira Mirajonovna  hamkorligida 10-fevral kuni  Tarix mamlakatlar va yo'nalishlar  2-bosqich talabalari bilan biralikda "Muvaffaqiyatli inson sirlari" mavzusida motivatsion davra suhbati o'tkazildi. Suhbat davomida talabalarga jamiyatda va shaxsiy hayotda muvafaqqiyatga erishish,  kasbiy rivojlanish, dunyoqarashini kengaytirish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o'zini tahlil qilish va o'z ustida ishlash texnikalari bo'yicha tavsiyalar berildi.

#MANAVIYATLI_INSONLAR
#Psixologik_trening
10-fevral kuni BuxDU Iqtisodiyot va turizm fakulteti  Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari L.Jiyanov va fakultet tyutorlari tomonidan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida Buxoro shahar Boqiy Buxoro majmuasida o'tkazilgan "Giyohvandlikka qarshi kurash"oyligi doirasida tashkillashtirilgan yurish marafoniga faol ishtirok etdilar. Ushbu yurish marafoni talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga muhim ahamiyat kasb etadi.

#MANAVIYATLI_INSONLAR
BuxDU Xorijiy tillar fakultetiga qarashli Talabalar turar joyi 5-binoda istiqomat qiluvchi talaba qizlarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli ötkazish maqsadida fakultet tyutorlari tomonidan Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Shox va Shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan abadiy kecha tashkil etildi.Tadbirda qizlarimiz ikki jamoaga Navoiy vorislari va Bobur izdoshlari nomi bilan mushoira tashkil etildi.Hayot yöllari, qilingan ijod namunalidan g'azallar, ruboiylar asosida bo'lib o'tgan mushoirada talaba qizlarimiz faol ishtirok etib har ikkala jomoada ham do'stlik g'alaba qozondi.

#MANAVIYATLI_INSONLAR
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 muhim tashabus ilgari surilgan edi. Uchinchi tashabbus - aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan bo'lib, aynan shu tashabbus doirasida joriy yilning 8-fevral kuni Filologiya fakulteti tyutori D.N.Raxmonova 6-3Uzb-23 talabalari ishtirokida "KOMPYUTER SAVODXONLIGI DAVR TALABI" shiori ostida sayohat tashkil etildi. Bunda talabalarga HEMIS va UNIWORK platformalaridan qay tartibda qachon foydalanishlari, qolaversa, muammo tug'ilsa, albatta OFFICE REGISTRATOR bo'limiga murojaat qilishlari yana bir marta eslatildi.

#MANAVIYATLI_INSONLAR
#3_tashabbus_amalda
10-fevral kuni BuxDU Xorijiy tillar fakulteti  tyutorlari tomonidan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida Buxoro shahar Boqiy Buxoro majmuasida o'tkazilgan "Giyohvandlikka qarshi kurash" oyligi doirasida tashkillashtirilgan yurish marafoniga talabalar bilan faol ishtirok etdilar. Ushbu yurish marafoni talabalarda sog'lom turmush tarziga rioya qilishlari hamda salomatlik har doim birinchi o'rinda ekanligini targ'ib qildi.

#MANAVIYATLI_INSONLAR
#BuxDU_Marafon
#BuxDU_yoshlari_giyohvandlikka_qarshi