Forwarded from BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati
#Ma`rifat_soati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021 yil 19 yanvar kuni "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" o‘tkazilgan 3-son yig‘ilish bayoni ijrosi yuzasidan har haftaning SESHANBA kuni universitet pedagog-xodimlari o‘rtasida "Ma’rifat soati" o‘tkaziladi.
Navbatdagi "Ma’rifat soati" 15 may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Vatan oiladan boshlanadi", "Oila ma`naviyat beshigi" mavzularida bo‘lib o‘tadi.
👉TARG`IBOT MATERIALI
Bizni kuzatishda davom eting!
@MANAVIYATLIINSONLAR |📲Rasmiy kanali

Media is too big

Рамазон Ҳайити 13 май кунига белгиланди. Ўзбекистонликлар 4 кун дам олади.
Шавкат Мирзиёев бугун, 10 май куни «Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида»ги ПҚ-5110-сонли қарорга имзо чекди.
Қарорга кўра, Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг 2021 йилда Рамазон ҳайитининг биринчи куни 13 май — пайшанба кунига тўғри келиши ҳақида қабул қилган қарори инобатга олиниб, мамлакатимизда 2021 йил 13 май Рамазон Ҳайити байрами сифатида нишонланиши белгиланди.
Шунингдек, Президентнинг 10 майдаги ПФ-6222-сонли Фармони асосида 2021 йил 14 май (жума) ҳамда 15 май (шанба) кунлари қўшимча дам олиш куни деб эълон қилинди.
Бундан келиб чиқиб, ўзбекистонликлар Рамазон Ҳайити муносабати билан кетма-кет 4 кун дам оладиган бўлишди:
13 май, пайшанба — Рамазон Ҳайитининг биринчи куни (ишланмайдиган байрам куни);
14 май, жума — қўшимча дам олиш куни (барча учун);
15 май, шанба — қўшимча дам олиш куни (барча учун);
16 май, якшанба — умумий дам олиш куни.
ЎзА

Og'ir atletika bo'yicha (2001-2006 yillar)Yoshlar o'rtasida 5-10 may kunlari o'tkazilgan O'zbekiston chempiyonatida 64 kg vazinda Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti 1-bosqich talabasi Meyliyeva Durdona dast ko'tarishda 80kg, siltab ko'tarishda 96 kg, ikki kurash natijasi 176 kg toshni ko'tarib 1 o'rinni egaladi.
Bizning manzil: 👇👇👇👇👇
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
Bizning manzil: 👇👇👇👇👇
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
#ДИҚҚАТ_ТАНЛОВ!
#adiblar_hayotini_o`rganish
2021 yil 1-15 may kunlari @MANAVIYATLIINSONLAR rasmiy kanalida (@Yoshlar_bilan_ishlash_bot ga kanalga chiqariladigan 2, 4, 5 yo`nalishdagi ijodiy ishlar yuboriladi) universitet talaba-yoshlari o‘rtasida O`zbekiston xalq yozuvchisi O`tkir Hoshimov hayoti va ijodini o‘rganish bo‘yicha quyida keltirilgan xesh-teglar asosida tanlov e’lon qilinadi:
1. #eng_yaxshi_rasm(yoki illyustratsiya) – ijodiy ish kanalga berilmaydi,
2. #eng_yaxshi_parcha – ijodiy ish kanalga beriladi,
3. #eng_yaxshi_insho – ijodiy ish kanalga berilmaydi,
4. #eng_yaxshi_sher – ijodiy ish kanalga beriladi,
5. #eng_yaxshi_chellendj_tashkilotchisi - ijodiy ish kanalga beriladi.
👉👉👉👉TANLOVDA ISHTIROK ETISH TARTIBI:

O'tkir Hoshimov — docx
14.7 KB
#manaviyatli_insonlar
#adiblar_hayotini_o'rganish
#eng_yaxshi_insho
----------------------------------------------
Hamroyeva Iroda Aminjon qizi Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti 6-3 uzb 19-guruh talabasi
@MANAVIYATLIINSONLAR

O'tkir Hoshimov xotirasiga
"Dunyoning ishlari" rosa qiziqda,
"Ikki eshik orasida " qoldiku umr.
"Qalbinngga quloq sol", "Bahor qaytmaydi",
Lek siz qoldingizku go'dak yodida.
"Tushda kechga umrlar" qalbning bo'lagi,
"Nur borki, soya bor" qalbning qo'rida.
"Birinchi ustozim Oyimga" degan,
Lek siz qoldingizku go'dak yodida.
Bir orzum kitobim hamma o'qisin,
O'qisin, hayotni butkul unutsin.
Deya yosh qalblarni da'vat qilgan zot.
O'zbekning farzandi O'tkir Hoshimov.
Mana, bu orzungiz amalga oshdi,
"Cho'l havosi"-yu, "Kvazarlar"da.
Siz hamon yashaysiz go'dak yodida,
O'zbekning farzandi O'tkir Hoshimov.
#ma'naviyatliinsonlar
#adiblar_hayotini_o'rganish
#eng_yaxshi_she'r
Vayisova Dilnurabonu Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti 6-3Uzb20- guruh talabasi.

#eng_yaxshi_chellendj_tashkilotcisi
-------------------------------------------------
Murodova Nozima
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti 6-4 UZB 18 guruh talabasi

🇺🇿@MANAVIYATLIINSONLAR

Hurmatli Buxoro davlat universiteti jamoasi!
Dunyodagi jamiki musulmon ummati uchun moʻtabar va qadrli bo‘lgan shu saodatli, ulug‘ ayyomda siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Muqaddas dinimizning ezgulik va insonparvarlik, mehr-shafqat kabi buyuk fazilatlari yanada yorqin namoyon bo‘ladigan ushbu shukuhli damlarda barchamiz, avvalo, Alloh taologa oilamiz, elu yurtimiz bilan birgalikda bugungi qutlug‘ va barokatli kunlarga yetkazgani uchun behisob shukronalar aytamiz.
Siz, aziz universitet jamoasini muqaddas Ramazon hayiti bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqimizning shu tabarruk kunlarda qilayotgan barcha ibodatlari, ezgu duolari ijobat bo‘lsin!
Muqaddas ayyom – Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Jumayev A’zamjon Mizrobovich,
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i.

Asarlarda hayotni o'rgatgan shoir
Onaning mehri-yu,alla,beshikning,
Dunyo ishlarida yoritgan oson
Umrning o'lchovi ikki eshikning,
Orasida deya anglatgan inson.
Umringiz o'tmasin tushdagi kabi
Yoshlikning bahori qaytmas hech qachon
O'tkir Hoshimovning tanho talabi
Insonligin anglab yashasin inson!
Har bitta asari o'zgacha dunyo
Yaxshilikka undar har bitta timsol
Hatto "cho'l havosi"n qo'msaysiz go'yo
Buyuk mahoratga qolajaksiz lol.
Bu dunyo azaldan kemtik, kam bo'lgan
Yashamoqqa ilmimiz qilib qolsa oz
O'zbegimning faxri yozib qoldirgan,
Kitoblar biz uchun bo'ladi ustoz.
#ma'naviyatliinsonlar
#adiblar_hayotini_o'rganish
#eng_yaxshi_she'r
BAXSHILLOYEVA DILFUZA BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI AGRONOMIYA VA BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI 13 2 bio 18 GURUH TALABASI

Презентация B.H.pptx
1.5 MB
------------------------------------------------
#manaviyatli_insonlar
#adiblar_hayotini_òrganish
#eng_yaxshi_chellendj_tashkilotchisi
-----------------------------------------------------
Baxshullayev Husniddin Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti talabasi

#сабоқ
Эҳсон қилиб турсанг...
Сахийликни кимдан ўргандинг, – деб сўрадилар Ҳотам Тойидан.
– Ғиштдан ўргандим, – дея жавоб қилди.
– Ҳеч замонда ғиштдан ҳам бир нарса ўрганиб бўларканми?
– Одамларнинг қатор туриб бир-бирига ғишт узатганларини кўрганмисиз? Бир гал мен шундай ҳашарда қатнашдим. Ажиб бир ҳолдан ўзим учун хулоса чиқардим: қачонки қўлимдаги ғиштни узатсамгина менга ғишт узатишди. Узатмай, қўлда тутиб турсам, ғишт келиши ҳам тўхтади.
Хаёл қилдим дейди Ҳотам Тойи: Демак, мол-дунё ҳам шундай. Инфоқ-эҳсон чиқариб турсанг, бирингга ўн келади, бахиллик қилсанг, боридан ҳам барака кетади...

ЭҲСОН
Ҳикоя
Қизининг хархашасидан Намозқуловнинг кўнгли оғриди... Нима қилсин, маошини ойнинг бошида олса, олганда ҳам томоқдан нарига ўтмаса. Рўзғорнинг ғорини тўлдириш учун яна қўшимча иш олса-ю, барибир кемтиклик қалқиб чиқаверса. Ҳалиям бахтига хотини тушунган аёл, етишмовчиликларни юзига солмай, борича учма-уч етказиб келяпти.
– Дадажониси, Сабодан хафа бўлманг. У ҳали ёш. Ўртоқларидай кийинай дейди-да, – дея дастурхон тузашни давом эттирди у. – Ифторликка ҳам оз вақт қолди.
– Дадажон, бозорда-чи, – тўрт яшар ўғилчаси Намозқуловнинг орқасидан қучоқлаб, эркаланди. – Шашлик пишаётган экан. Бирам егим келди. Ойим пулимиз етмайди дедилар...
– Хафа бўлма, ўғлим. Янаги сафар сенга албатта шашлик опкеламан, – деди Намозқулов хафсаласи пир бўлган ўғлининг кўнглини кўтаришга уриниб.
– Лекин-чи, дадажон. Мен Оллоҳимдан жудаям егим келяпти, дадамнинг пуллари йўқ. Ўзинг бергин деб сўрадим, – деди бола бийрон тили билан.
Намозқулов ўғлининг гапига қотиб қолди.
Шу пайт дарвозахонада кимдир чақирди. Намозқулов меҳмонга пешвоз чиқди.
– Ие-ие, келинг, Авазжон! Камнамосиз?!
– Ўзим, болаларни олиб... сизни бир кўргим келган эди.
Улар бағирлашишди.
– Қани, ичкарига кирамиз?
– Йўқ, бошқа пайт. Борадиган жойимиз бор. Рамазон ойида яқинларимизни йўқлаб юргандик. Шунга сизга ҳам илингим келди. Арзимас нарсалар, – дея Авазжон машинасидан дарров икки сумка нарсани олиб келди.
Намозқулов иккиланиб қолди.
– Олаверинг, акажон. Чин кўнгилдан... – дея Авазжон узатди ва Намозқулов хафа бўлмаслиги учун, – бошқа пайт бафуржа келамиз, – деди.
Намозқулов Авазжоннинг “Каптива”си ортидан термулиб, бундан ўн икки йил муқаддам ноҳақликка учраган йигит хаёлида гавдаланди.
Ўшанда замона зўрники деганларидек, унинг ишлаб чиқариш фирмасини тортиб олмоқчи бўлганлар кўп азоб берганди. У судма-суд юриб, қонун ҳимоячилари билан тортишиб, натижа ололмагач, нажот излаб таҳририятга мурожаат қилганди. У йўллаган хатни ўрганишни бош муҳаррир Намозқуловга топширган эди.
Намозқулов ҳақиқатни юзага чиқараман, деб каттаконлар билан ит-мушук бўлиб қолди. Бу ҳам етмагандек, унга тайзиқ ўтказишлар бошланди. Ҳаттоки, республикадан таниқли кишилар, дўстлари ва жуда яқин қариндошлари ўртага тушишди: “Ундан нима оласан”, дейишди. “Савоб оламан”, деса, устидан кулишди...
Бироқ у журналистлик касбимга хиёнат қилмайман, деб “босди-босди” эвазига тегадиган, рақамини санаса адашадиган “ширинкома”ни олмади. Кейин бўҳтону туҳматларга гирифтор қилишди, жонига суиқасдлар ҳам бўлди. Намозқулов ҳаммасига қўл силтади. Адолат қарор топади, деб ишонди ва умидини узмади...
Ҳақиқатан, адолат қарор топди. Авазжоннинг корхонаси ўзига қолди.
Кўп ўтмай, қузғунлар галаси Намозқуловга “ҳужум” қилди. Беайб Парвардигор деганларидек, ахтарса, ўтмишини титкиласа, Намозқуловнинг ҳам “хатоси” сувга қалққан пўкакдай юзага чиқарди. Шундай бўлди. Ўз аризаси билан таҳририятдан бўшатишди. Кейин марказий газеталарнинг ҳеч бири унга иш бермади. Чеккка туман газетасига мухбирликка олишди. У шу газетани оёққа турғизаман деб, она сути оғзига келди. Лекин мақсадига эришди.
Кейинчалик Намозқуловни шаҳар газетасига муҳаррирлик лавозимига таклиф қилишди. Бироқ у бормади. Қадрдон жамоасини тарк этишни хоҳламади...
– Дадажониси, ким экан?
Ичкаридан хотинини товуш келгач, Намозқулов хаёлидан яшин тезликда ўтган воқеаларга нуқта қўйди ва сумкаларни кўтариб ичкари кирди. Хотини сумкаларни кўриб, ҳайрон қолди. Шунда Намозқулов:
– Бир вақтлар анча шов-шувга сабаб бўлган мақоламнинг меваси, – деди.
– Майли, дадажониси. Оғзимизни очайлик. Вақт бўлиб қолди. Кейин бафуржа... – дея хотини сумкаларга ишора қилди. – Кўрамиз...
Ўғилчаси эркатой эмасми, дарров сумкалардан бирини кавлаб, қувониб:
– Ур-р-ра, шашлик! Худо бор экан, дадажон! Қаранг, сўраган эдим, берди, – деди суюниб ва чапак чалиб юборди.
Ўғлининг хурсандлиги кўриб, Намозқуловнинг кўзлари ёшланди. Сўнг Авазжондан миннатдор бўлиб, “Эҳсонларингни Ўзи даргоҳида қабул қилсин, укажоним!” дея пичирлаб қўйди...
Мирзо АҲАД

Ёшлар билан ишлаш, маънавият ва маърифат бўлимининг фидойи ва жонкуяр ходими, қадрдон дўстимиз Орифжон Ҳайдаровнинг волидаи муҳтарамаларининг вафоти муносабати билан чуқур таъзия изҳор этамиз.
Аллоҳ таоло охират сафарига кузатилган марҳума онахоннинг барча солиҳ амалларини ўзларига ҳамроҳ айлаб, Ўз мағфиратига олсин.
Ҳақ таоло марҳума онамизнинг яқинлари, фарзанду аржумандларига чиройли сабр бериб, бу мусибатларга ажру мукофотлар ато этсин.
Ёшлар билан ишлаш, маънавият ва маърифат бўлими номидан марҳума онахоннинг яқинларига, хусусан Орифжон Ҳайдаровга ҳамдардлик билдирамиз.
Иннаа лиллааҳи ва иннаа илайҳи рожиъуун.

Сеҳргар боғбонлар
Саҳро чеккасида яшаган боғбон боғига атиргул кўчатини ўтқазибди. Атиргул бирор марта ҳам гулламабди. Боғбон ва унинг аёли роса кутишибди, аммо гуллардан дарак йўқ экан. “Нега гулламаяпсан?” сўрашибди улар атиргул бутасидан.
– Нега гулламаяпман? – ҳайрон бўлибди бута. – Нима учун гуллашим керак экан? Атрофга қаранглар, менга ўхшаш туятиканак ниҳолларидан ҳеч қайсиси гулламаган.
– Ахир, сен тиканак эмассан-ку.
– Қанақасига тиканак бўлмайин? Худди уларга ўхшайман, менинг ҳам тиканларим бор.
– Йўқ, сен атиргул кўчатисан ва гуллашинг керак, – дейишибди боғ эгалари.
Улар бутага қанчалик уқтириб, “Атиргулсан, гуллашинг керак!” дея ишонтиришга уринишмасин, китобларни кўрсатиб, атиргул билан туятиканакнинг фарқини изоҳлашмасин, натижа чиқмабди. Атиргул бутаси эшитишни ҳам истамас, туятиканакман, дейишдан тўхтамас экан.
Ўжар кўчатни ишонтириш учун боғбонларнинг сабр-тоқатлари ҳам, далил-исботлари ҳам қолмабди. Шу боис, улар иккинчи атиргул бутасини сотиб олишга жазм қилишибди.
“Мана, менга ўхшаган яна битта туятиканак, деб ўйлабди олдинги бута, боғбон янги кўчатни ўтқазиб бўлгач. – Энди унчалик зерикмайман. Бошқа тиканаклар мендан жуда узоқда ўсади, ҳеч қайсиси билан гаплашолмайман”.
Янги қўшнилар дарров дўстлашиб олишибди. Улар узоқ суҳбатлашишар экан. Кўп ўтмай, янги кўчат қўшниси негадир ўзини туятиканак деб ҳисоблашини англаб қолибди. Шунга қарамай, янги дўсти билан тортишиб, ишонтиришга ҳам уринмабди.
Баҳор, унинг кетидан ёз келиб, янги бута гуллабди. Ўзини туятиканак деб ҳисоблаган бута буни сира кутмаган экан... Дўсти бўлмиш гул шунчалик гўзал эканки, у беихтиёр “оҳ” тортиб юборибди. Афсус чекиб, япроқларида кўз ёшлар пайдо бўлибди. Кейин эса бу манзарадан кўнгли қувонч ва шодликка тўлибди.
Сўнг... гўзалликка шу қадар мафтун бўлганидан, ўзи ҳам гуллаб юборганини билмай қолибди.
Қиссадан ҳисса:
Бу сеҳргар боғбонлар ота-оналар эди.