MA`NAVIYATLI INSONLAR | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
8.97K subscribers
35.3K photos
4.85K videos
1.49K files
7.63K links
Download Telegram
#Jaholatga_qarshi_marifat

"Жаҳолатга қарши маърифат" шиори остида университет Бош йиғингоҳида семинар ташкил этилди. Семинарда Мир Араб Олий мадрасаси катта ўқитувчиси Сайлиев Тўймурод Муртазоевич иштирок этмоқда

Bizni kuzatishda davom eting!
@MANAVIYATLIINSONLAR |📲Rasmiy kanali
#Kino

Harbiy talim fakulteti talabalari uchun universitet Bosh yig`ingohida O`zbekkino milliy agentligi buyurtmasiga binoan mashhur o`zbek ma`rifatparvari, shoir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy faoliyatiga bag`ishlangan "Avloniy" nomli to`liq metrajli badiiy film namoyish etildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
@MANAVIYATLIINSONLAR |📲Rasmiy kanali
DIQQAT!!! DIQQAT!!!
📚#KITOBXON_TALABALAR_UCHUN
📣#YANGI_LOYIHA
📚#VILOYAT_PROKURORI_KUBOGI

📌Viloyat miqyosida yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Viloyat prokurori kubogi” tanlovi e’lon qilindi.
Ushbu tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan talabalar va 30 yoshgacha bo‘lgan ilmiy-tadqiqot olib boruvchi hamda pedagoglar har oyning 17 sanasiga qadar belgilangan tartibda anketa va pasport nusxasini universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga taqdim etishlarini so‘rab qolamiz.

📌Tanlovning universitet bosqichi har oyning UCHINCHI SHANBA kuni bo‘lib o‘tadi.

📌Universitet bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan nomzodlar qimmatbaho sovg‘a va Diplomlar bilan taqdirlanadi hamda viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma beriladi.

📌Tanlovning viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan nomzodlar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

1-o‘rin uchun televizor,
2-o‘rin uchun planshet,
3-o‘rin uchun telefon.

MAZKUR TARTIB HAR OYDA TAKRORLANIB TURADI,

Tanlovda ishtirok etish tartibi:

1- Har oyda o‘qiladigan adabiyotlar e’lon qilingandan so‘ng mazkur adabiyotlarni to‘liq o‘qib chiqish,
2- Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan muddatdan kechiktirmasdan anketa va pasport nusxasini (Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga) taqdim etish,
3- Tanlov o‘tkaziladigan kun va vaqti e’lon qilinganda tashrif buyurish,
4-Tanlov Nizomiga muvofiq e’lon qilingan adabiyotlar bo‘yicha shakllantirilgan 40 tagacha test savollarini yechish va hakamlar hay’ati bilan ushbu adabiyotlar yuzasidan suhbat o‘tkazish,
5-Tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng e’tirozlar bo‘lsa 10 kun ichida hay’at komissiyasiga shikoyat arizasi bilan murojaat etish.

Joriy yilning mart –aprel oylarida o‘qiladigan adabiyotlar.

“VILOYAT PROKURORI KUBOGI” Nizomi

Tanlovda ishtirok etish uchun anketa

📲 @buxdu_5tashabbus rasmiy sahifalari:

Telegram|Yotube|Facebook|Web-sayt|Instagram
#TANLOV
#VILOYAT_PROKURORI_KUBOGINING_UNIVERSITET_BOSQICHI

"Вилоят прокурори кубоги" танловнинг АПРЕЛЬ ойидаги университет босқичи қуйидаги адабиётилар асосида ўтказилади.

"Шум бола" - Ғафур Ғулом , Ёшлар нашриёт уйи, 2018 йил

"Дунёнинг ишлари" - Ўткир Ҳошимов, Ёшлар нашриёт уйи, 2018 йил

"Асрга татигулик кун" - Чингиз Айтматов, Ёшлар нашриёт уйи, 2018 йил

"Дубровский" (қисса) - Александр Пушкин

Шеърлар:
М.Юсуф - "Лолағизғалдоқ", "Капалаклар одамлардан меҳрибон"

Алишер Навоий - "Жоға чун дермен"

Танлов Низомига мувофиқ апрель ойининг учинчи шанба куни бўлиб ўтади.

Танловга иштирок этмоқчи бўлган талабалар Ёшлар билан ишлаш, маънавият ва маърифат бўлимига мурожаат этишлари мумкин.

Танловда иштирок этиш учун анкета ва паспорт нусхаси тақдим этилади.

👉ФОЙДАЛАНИШ УЧУН АНКЕТА

📲 @buxdu_5tashabbus rasmiy sahifalari:

Telegram|Yotube|Facebook|Web-sayt|Instagram
#ДИҚҚАТ_ТАНЛОВ!
#adiblar_hayotini_o`rganish

2021 yil 24 martdan 3 aprelga qadar @MANAVIYATLIINSONLAR rasmiy kanalida (@Yoshlar_bilan_ishlash_bot)ga ijodiy ishlar yuboriladi) universitet talaba-yoshlari o‘rtasida O`zbekiston xalq shoiri G`afur G`ulom hayoti va ijodini o‘rganish bo‘yicha quyida keltirilgan xesh-teglar asosida tanlov e’lon qilinadi:
1. #eng_yaxshi_rasm(yoki illyustratsiya),
2. #eng_yaxshi_parcha,
3. #eng_yaxshi_insho,
4. #eng_yaxshi_sher
5. #eng_yaxshi_chellendj_tashkilotchisi

TANLOVDA ISHTIROK ETISH TARTIBI:
#ДИҚҚАТ_ТАНЛОВ!
#adiblar_hayotini_o`rganish

2021 yil 24 martdan 3 aprelga qadar @buxdu_5tashabbus rasmiy kanalida (@buxdu_5_tashabbus_bot ga ijodiy ishlar yuboriladi) universitet talaba-yoshlari o‘rtasida o‘zbek yozuvchisi, shoir, satirachi Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy hayoti va ijodini o‘rganish bo‘yicha quyida keltirilgan xesh-teglar asosida tanlov e’lon qilinadi:
1. #eng_yaxshi_rasm(yoki illyustratsiya),
2. #eng_yaxshi_parcha,
3. #eng_yaxshi_insho,
4. #eng_yaxshi_sher
5. #eng_yaxshi_chellendj_tashkilotchisi

TANLOVDA ISHTIROK ETISH TARTIBI
"Uchinchi renessans - yoshlar nigohida " tanlovining hududiy bosqichi (saralash bosqichi) ZOOM platformasi orqali o'tkazilmoqda. Unda mazkur tanlovning universitet bosqichida g`olib bo`lgan uch nafar nomzodlar ishtirok etmoqda

📲 @buxdu_5tashabbus rasmiy sahifalari:

Telegram|Yotube|Facebook|Web-sayt|Instagram
Бухорога баҳор қайтмоқда.

Тоҳир Истатов фотоэтюди.

Bizni kuzatishda davom eting!
@MANAVIYATLIINSONLAR |📲Rasmiy kanali