MA`NAVIYATLI INSONLAR | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
2.68K subscribers
38.7K photos
5.25K videos
1.49K files
7.95K links
Download Telegram
#BuxDU_inson_qadri_uchun
#9may_xotira_qadr_BuxDU

Инсон азиз - хотира абадий!

Юртимиз бўйлаб Хотира ва қадрлаш куни кенг нишонланмоқда.
Байрамнинг тантаналари бугун, 9 май куни Бухоро шаҳрида бўлиб ўтди. Эрта тонгдан ҳарбий қўшиқлар садолари барчани Хотира хиёбони сари чорлади.

Вилоят ҳокимлиги, ҳуқуқни муҳофаза этиш органлари ходимлари, ҳарбийлар, давлат ҳамда жамоат ташкилотлари вакиллари ва ёшлар жумладан, вилоятдаги Олий таълим муассасалари раҳбарияти, фаол ёшлари уруш қурбонлари хотирасига чуқур эҳтиром рамзи сифатида Мотамсаро она ҳайкали пойига гулчамбарлар қўйишди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BuxDU_inson_qadri_uchun
#9may_xotira_qadr_BuxDU
#Agronomiya_va_biotexnologiya_fakulteti_hayotidan

Agronomiya va biotexnologiya fakulteti tyutori D. Hafizovaning 9-may Xotira va qadirlash kuniga atab tayyorlagan videoroligi

Bizdan uzoqlashmang...

@MANAVIYATLIINSONLAR
#BuxDU_inson_qadri_uchun
#9may_xotira_qadr_BuxDU
#Agronomiya_va_biotexnologiya_fakulteti_hayotidan

9-may "Xotira va qadrlash"kuni munosabati bilan Agronomiya va biotexnologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari I. R. Barakayev, tyutorlar va talabalar urush qatnashchilari xonadoniga tashrif buyurishdi.

Yolg’iz, kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lgan harbiy xizmatchilar va universitetda uzoq yillar faoliyat olib borgan va ayni vaqtda nafaqada bo’lgan pedagog-xodimlarga moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatish maqsadida ushbu toifadagi shaxslarni qutlash uchun ularning yashash joyiga tashriflarini tashkil etish uchun talaba-yoshlarni jalb qilgan holda urush faxriysi xonadoniga tashrif buyurishdi.


Bizdan uzoqlashmang...

@MANAVIYATLIINSONLAR
Ҳаёт сабоқлари

Дангаса, ғамғин юргувчи одам ҳаётда кўп нарсага эриша олмайди. Ҳаётга доим беришни ўрганишимиз керак, табассум, меҳр, ширин сўз, эзгу амал ва эҳсон...

Ҳаёт ҳам бизга яхши жавоб қайтаради. Ҳаётингиз давомида неки яхшиликлар кўрган бўлсангиз ёки эришган бўлсангиз, буларнинг барчаси сизнинг ўйларингиз, ниятларингиз натижасидир.
Муаммонгиз борми, нега ўйланяпсиз, тезда ҳал қилишни бошланг! Ҳаётингиз ёқмаяптими, ўзгартиринг, одатларингиздан қониқмаяпсизми, айримларидан воз кечинг, янги одатларни ўзлаштиринг.

Ҳаёт — Аллоҳ томонидан берилган туҳфа. Нега уни кераксиз гаплар, ғийбат, гумонлар билан тўлдиришимиз керак. Гоҳо қалбимиз ғам-ғуссага тўла бўлади. Қанча изтироблар чекамиз. Аслида вақт ўтган сари бизни қийнаган, азоб берган ҳолатлар аслида аҳамияти йўқга айланади.

Ҳаётингизни ишонч, харакат, гўзал муносабат билан безанг, биз энди қўрқувларга тобе бўлмаймиз, аксинча қўрқувлар билан ўртоқ бўламиз, биргаликда харакат қиламиз, ҳаёт нақадар гўзал!!!
Ishim ko'payib ketti 😓

Kun mobaynida qilishim kerak bo'lgan narsalarni o'ylasam, stresga tushaman. Natijada, ko'p ish - stresga olib keladi deb xulosa qilaman.

Keyin bilsam, bir kunda ko'p ish qilish emas, bir vaqtning o'zida ko'p ish haqida o'ylash - stres olib kelar ekan.

Stres sababini bilganimdan so'ng, kunimni rejalashtiradigan bo'ldim. Qilishim kerak bo'lgan ishlarni ro'yxatini tuzib, unga boshlash va tugatish kerak bo'lgan vaqtni qo'ydim.

So'ng, shu vaqt oralig'ida faqatgina bitta ish haqida o'ylashga qaror qildim. Bajarib bo'lgach esa, bu ish haqida boshqa o'ylamadim.

Shundan so'ng stresni "s" harfi ham qolmadi. Ishlarim esa birin-ketin hal bo'laverdi.

Stres - ish ko'pligidan emas, unga to'g'ri munosabatda bo'lmasligingizdan kelib chiqadi. Shuni yodda tuting!
#BuxDUda_doim_faol_ijtimoiy_tarmoq
#Manaviyatli_insonlar
#BuxDU_5_tashabbus

Universitetda yoshlar siyosati borasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlaringizni ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini istaysizmi unda bizni kanalni tanlab adashmadiz.

❇️BuxDUning rasmiy kanali

❇️Bizni kanalga ulanish: @MANAVIYATLIINSONLAR

❇️Kanalimizga ijodiy ishlarni yuborish:@Yoshlar_bilan_ishlash_bot


Yurtimizning eng zukko va qobiliyatda tengi yo‘q yoshlari!

🟢Besh tashabbus doirasida o‘z iste’dodingiz va qobiliyatingizni ommaga qanday yetkazishni bilmay turibsizmi? Unda bizni kanal sizga ko‘mak beradi va qobiliyatingizni keng ommaga etkazadi. Kanalimizda nafaqat BuxDU talabalari balki yurtimizning barcha hududlarida istiqomat qiladigan talabalar mavjud. Mazkur kanalimizda yoritiladigan ijodiy ishlar nafaqat Telegram ijtimoiy tarmog‘ida balki youtube, fasebook, instagram tarmoqlarida ham kanal va sahifalari mavjud va ularda yoritib borilmoqda.

❇️BuxDUning rasmiy kanali

🔸Bizni kanal: @BuxDU_5tashabbus
Biz bilan bog‘lanish:@buxdu_5_tashabbus_bot

🔸Ijtimoiy tarmoqlardagi manzilimiz:

🔷Telegram - @buxdu_5tashabbus |

🔷Youtube - https://www.youtube.com/channel/UCd7poWrX2HVkO2dVEz-kuCw?view_as=subscriber |

🔷Facebook - https://www.facebook.com/Buxdu-besh-tashabbus-240895913679955/?modal=admin_todo_tour

🔷Veb-sayt - http://buxdu.uz/index.php/uz/faoliyat/madaniy-ma-rifiy/buxdu-besh-tashabbus

@MANAVIYATLIINSONLAR
@buxdu_5tashabbus
⚡️ Yoshlarga odam savdosiga qarshi kurashishning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o'tkazilayotgan "Odam savdosi - davr muammosi" nomli respublika ijodiy ishlar tanlovi haqida ma'lum qilamiz.

Tanlov 2 yo'nalishda bo'lib o'tadi:
• "Eng yaxshi insho";
• "Eng yaxshi maqola".


🔻Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar (o'zbek, rus yoki ingliz tilida) kompyuter Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 o'lchamda, 1 intervalda, chapdan 30 mm, o'ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirilgan holda yozilgan bo'lishi kerak. Shuningdek, ism-familiyasi va ta'lim yo'nalishi ham ko'rsatilishi kerak.

🔻Tanlovga taqdim etiladigan insholar mavzuning to'laqonli ochib berilganligi, adabiyotlardan tahliliy foydalanganligi, mavzuga ijodiy yondashganlik darajasi, mavzuga oid dolzarb muammolarni va ularning yechimini ko'rsatganligi, shuningdek, uslubiy va grammatik xatolardan xoliligi jihatidan baholanadi.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar tekshirilmaydi❗️

Tanlovning respublika bosqichi g'oliblari quyidagicha pul mukofoti bilan taqdirlanishadi:
1-o'rin - 2 500 000 so'm;
2-o'rin - 2 000 000 so'm;
3-o'rin - 1 500 000 so'm.

✔️ Tanlovning o'tkazilish muddati:
1. Fakultetlararo bosqich: 1-10-may;
2. Universitet bosqichi: 20-30-may;
3. Respublika bosqichi: 1-10-iyun.

▪️Fakultet bosqichi bo'yicha ijodiy ishlarni yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosariga topshirishingiz so'raladi.


NIZOM
#Diqqat_tanlov

⚡️Yoshlar o'rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta'minlash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo'shilib ketishining oldini olish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida "Eng yaxshi plakat" tanlovini e'lon qiladi.

📌 Tanlov ikki bosqichda o'tkaziladi:
Universitet bosqichi - may oyining ikkinchi o'n kunligida;
Respublika bosqichi - iyun oyida.

🎨 Taqdim etiladigan plakatlar A1, A2 va A3 hajmda bo'lishi mumkin. Plakatda mavzuning to'liq ochib berilganligi, ijodkorning o'zgacha yondashuvi va ifodavoyligi jihatidan baholanadi (10 ballik tizimda)

✔️Respublika bosqichi g'oliblari tegishli tartibda pul mukofotlari va diplom bilan taqdirlanishadi.
🥇- o'rin - 3 500 000 so'm;
🥈- o'rin - 2 500 000 so'm;
🥉- o'rin - 1 500 000 so'm.

📂 Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lganlar BuxDU yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limiga ijodiy ishlarni topshirishlari mumkin ( Mas'ul: Axmedova N)

Tanlov nizomi bilan tanishing 👈