B.B.Qutlimuratov || Shaxsiy blog
184 subscribers
334 photos
73 videos
88 files
133 links
MAGNET education

☎️ Aloqa: +998(95) 279-99-22
Download Telegram
❗️SAT imtihonida 1200 dan yuqori ball olganlar qo‘shimcha davlat grantiga qabul qilinadi

Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi.

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizomga ko‘ra, quyidagi 3 ta xalqaro sertifikat olgan abituriyentlarga imtiyozlar belgilandi:

1️⃣ “A level” sertifikati (“B” va undan yuqori daraja) — bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinadi;

2️⃣ “International Baccalaureate” sertifikati (32 va undan yuqori ball) — bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinadi;

3️⃣ “Scholastic Aptitude Test - SAT” xalqaro imtihoni (eng yuqori ballning 75 foizi - 1200 ball va undan yuqori) — qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Bu imtiyoz qaysi yo‘nalishlarga o‘tadi?

JAVOB: ushbu imtiyoz sertifikat berilgan fan kirish imtihonlari tarkibida mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli bo‘ladi.
Ingliz tilida sonlarni sanash.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim. Kecha va bugun.

Manba: Prezident matbuot xizmati
❗️Ўзбекистонда бакалаврга қабул тартиби янгиланди

Ўзбекистонда бакалавриатга қабул қилиш тартиби янгича шаклда амалга оширилади. Кириш имтиҳонлари 2 бўлимдан иборат бўлади.

🔹 1-бўлим – барча бакалавриат таълим йўналишлари учун мажбурий 3 та фан: она тили, математика ва Ўзбекистон тарихидан тест синовлари.

🔹 2-бўлим – абитуриент танлаган бакалавриат таълим йўналишига мос 2 та фандан тест синовлари ёки таълим йўналишига мос касбий (ижодий) имтиҳонлар.
Bu yilgi kontrakt summalari
Farzandlaringizga tarbiya bermang, ular baribir sizga o‘xshab ulg‘ayishadi. Shu sabab avvalo o‘zingizni tarbiya qiling.

Anton Chexov.
❤‍🔥3
Ozod har kuni 36 km dan yo'l bosib manzilga
10 kunda yetib bordi. Agar Ozod dastlabki
manzilga 9 kunda qaytib kelmoqchi bo'lsa, kuniga o'rtacha necha km yo'l bosishi kerak? t.me/MathCraft1
Anonymous Quiz
16%
38
64%
40
11%
44
9%
28
Jasur har kuni 48 km dan yoʻl bosib manzilga
6 kunda yetib bordi. Agar Jasur dastlabki
manzilga 8 kunda qaytib kelmoqchi boʻlsa, kuniga o'rtacha necha km yo'l bosishi kerak? t.me/MathCraft1
Anonymous Quiz
48%
36
20%
28
17%
34
15%
40
1
Urganch Davlat Universiteti
Super kontrakt narxlari
Hayot – bu doimiy harakat: To'xtagan suv botqoqqa aylanadi.
🔥3
Uch xonali UUU soniga ikki xonali SS soni qo'shilganda to'rt xonali TO6Z soni hosil bo'ldi. Bu yerda U, S, T, O va Z harflari har xil raqamlarni ifoda etadi. Sonli rebusdagi har bir harf qaysi raqamni anglatishini toping va

U+S+T+O+Z ni hisoblang.

Javoblaringizni izohlarda yozib qoldiring
3_4_курс_талабалари_ишлашга_руҳсат_бериш.pdf
85.8 KB
❗️Педагогика талабалари 3-4 курсдан мактабларда ўқитувчи бўлиб ишлаши мумкин

Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги маълумотига кўра, 2024 йил 20 майдаги буйруқ ва давлат таълим стандартларига киритилган ўзгаришлар асосида қатор йўналишларда таҳсил олаётган талабалар мактабларда педагогик фаолият олиб бориши мумкин.

Улар қуйидаги бакалавриат йўналишлари талабалари ва битирувчилари:
Математика;
Амалий математика;
Физика;
Кимё;
Биология;
География;
Тарих.

Ушбу йўналишларда 3–4-босқичда таҳсил олаётганлар ва битирувчилар умумий ўрта, ўрта махсус ва касбий таълим муассасаларида дарс бериш ҳуқуқига эга бўлади.
1
Agar kimdir uchun yomon odamga aylangan bo‘lsangiz, demak u uchun keragidan ortiq yaxshilik qilgansiz.

Lev Tolstoy.
80/20 qoidasi: kam harakat, katta natija.

📌 Pareto prinsipi (yoki 80/20 qoidasi) – bu hayot va ishning ko'p sohalarida natijalarning 80 foizi harakatlarning yoki sabablarning atigi 20 foizidan kelib chiqishini ko'rsatuvchi qonuniyatdir. Bu prinsipni XIX asr oxirida italiyalik iqtisodchi Vilfredo Pareto kashf etgan.

Bu qoida kundalik hayotda qanday amal qiladi?
🔗 Kompaniya daromadining 80 foizi mijozlarning 20 foizidan keladi.
🔗 Siz kiyimlaringizning 20 foizini umumiy vaqtning 80 foizida kiyasiz.
🔗 Dasturiy ta'minotdagi xatolarning 80 foizi kodning 20 foizida joylashgan.

❗️Xulosa.
Pareto prinsipi shuni o'rgatadiki, samaradorlikka erishish uchun ko'proq ishlash shart emas, balki eng muhim 20 foiz vazifalarni aniqlash va e'tiborni ularga qaratish kerak. Bu vaqtni boshqarishning eng kuchli siridir.
2