B.B.Qutlimuratov || Shaxsiy blog
184 subscribers
334 photos
73 videos
88 files
133 links
MAGNET education

☎️ Aloqa: +998(95) 279-99-22
Download Telegram
⚡️MANDAT CHIQDI

Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi
1
ОТМлар контракт нархлари кўтарилгани ҳақида маълум қилишни бошлади

Ойлик, коммунал тўловлар ошгани ва инфляцияни асосий сабаб деб кўрсатишмоқда. Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети 2025–2026-ўқув йили учун контракт тўловларини 15%га оширди. 1-2 курслар учун 40 миллиондан ошган бўлса, 3-4 курслар йилига 34 миллион сўмдан кўпроқ тўлайди. Университет буни изоҳлар экан, ходимлар ва профессор-ўқитувчилар ойлик иш ҳақи миқдори 2024 йил 1 октябрдан 10% оширилгани ва жорий йилнинг 1 августидан яна 10% оширилиши белгилангани, умумий ўсиш 20% ташкил қилганини қайд этган. 2024 йилда товар ва хизматлар бўйича расмий инфляция ўртача 10% ташкил этди. Шунингдек, коммунал хизматлари (иссиқлик энергияси) нархлари ҳам 2024-2025 йилларда 15% ошди.
«Университетда кечки, сиртқи ва масофавий таълим йўлга қўйилмаган. Шу боис молиявий барқарорлик асосан кундузги таълим контрактлари ҳисобига таъминланмоқда, дейилади хабарда.
CEFR

Chet tili imtihonlari avgust oyida ham oʻtkazilishi belgilandi


Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yil sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari avgust oyida ham oʻtkaziladi.

Avgust oyidagi imtihonda:
Tillar: ingliz, nemis, fransuz tillari
Ro‘yxatdan o‘tish: 15–18-avgust kunlari
To‘lov muddati: 19-avgust
Imtihon sanasi: 28-avgust
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_duosi

Farzandini prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlayotgan ota-onalar e'tibor qaratishi lozim bo'lgan yana bir jihat ustoz Doniyor Nasriddinov misolida...
2
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Otamdan qolgan dalalar" filmi haqida.....
📊 O‘zbekistonliklar ta’limdan ko‘ra uy-joy ta’miriga ko‘proq pul sarflamoqda

Markaziy bankning yarim yillik iste’mol kayfiyati tahliliga ko‘ra:
🔹 II chorakda aholi eng ko‘p uy-joy ta’miri uchun mablag‘ ajratgan.
🔹 Ta’lim xarajatlari esa sezilarli kamaygan va kelgusida yana pasayishi kutilmoqda.
🔹 Asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida uy-joy taʼmiri boʻlib qolmoqda.
🔹 Shu bilan birga, odamlar to‘y, sayohat va davolanish uchun ham avvalgidan ko‘proq sarflashni rejalashtirgan.

😢 Qiziq jihati shundaki, inson kapitaliga eng katta investitsiya bo‘lgan ta’lim xarajatlari orqaga surilmoqda.
⚖️ MUAMMONING NARXI

Muammolar ikki xil yo‘l bilan baholanadi:

1⃣ Uni hal qilish uchun ketadigan xarajat.

2⃣ Uni hal qilmaslikdan keladigan zarar.

Salomatlik: Odam kasallansa-yu, shifokorga bormasa, vaqt o‘tib oddiy dard og‘ir kasallikka aylanadi.

Moliya: Budjet yuritish uchun daftarchaga 20 daqiqa vaqt ajratish kifoya. Lekin hisob-kitobsiz yashash odamni qarz, isrofgarchilik va stressga olib keladi.

Ta’lim: Oʻquv kurslar, kitoblar qimmat tuyulsa, ilmsizlikning badali undanda qimmatroqqa tushadi.

Munosabat: Oddiy "kechirasiz" so‘zi muammoni hal qiladi. Ammo aytilmasa, yillar davomida sovuqlik va ajralishga sabab bo‘ladi.

Demak, muammoni oʻz vaqtida hal qilish – eng arzon yo‘l.

"Foydali moliya" kanalidan olindi.
741691-khorezm-grade-5-1.pdf
177.2 KB
📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!
2025-yil Prezident maktabi Asosiy imtihonida o'tish ballari keskin ko'tarildi.

2024-yilgi Asosiy imtihon bilan solishtirganda 2025-yildagi o'rtacha o'tish bali 16 balga, eng yuqori olingan o'rtacha ballar esa 14.5 balga ko'tarilgan. O'quvchilar, raqobat kuchaymoqda, tayyorgarlikni ertaroq boshlash kerak.

2024-yilda 67,5 bal bilan, 2025-yilda 80,5 ball bilan eng yuqori o'tish bali Toshkent shahrida kuzatilgan. Ikkinchi o'rindagi eng yuqori o'tish bali Jizzax viloyatida.

Jizzax viloyati, Samarqand va Surxondaryoda raqobat boshqa viloyatlardan ko'proqqa oshgan. Ya'ni ushbu viloyatlarda o'tish ballari 20 ballga ko'tarilgan.

2025-yilda eng yuqori ballni qo'lga kiritgan o'quvchi Namangan viloyatidan bo'lib, u 93 ball to'plagan.

2024-yil imtihonidan farqli ravishda tanqidiy fikrlashdan 100% (16/16) va muammoli masalalardan 100% (24/24) to'g'ri yechgan o'quvchilar mavjud. Ammo, bir vaqtda ikkisidan ham 100% to'g'ri javob bergan o'quvchilar yo'q.
Ishdan haydalishdan qanchalik qoʻrqasiz?

"Tinchlik istasang, urushga tayyor tur" degan gap bor. Ketishdan qoʻrqmang, doim tayyor boʻling.

Yaxshi xodim ishini yoʻqotishdan qoʻrqmaydi. U ishdan ketishga doim tayyor boʻladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ozodbek Nazarbekovdan premyera

"Mendirman" dan keyingi navbatdagi chuqur ma'noga ega qo'shiq.
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tarbiyaga oʻzimiz muhtoj,
Kitob oʻqib koʻzing tolmasin.
Birodarim, qilgin bir iloj,
Bolang Rossiyaga bormasin!

Koshki boʻlsa haqqing, huquqing,
Kiyinishing, yoqmaydi xulqing.
Oʻrislarga yoqmaydi turqing,
Bolang Rossiyaga bormasin!

Yoʻling toʻssa devor – yiqitgin,
Nafsingni kalxatga choʻqitgin.
Kafanliging sotib – oʻqitgin,
Bolang Rossiyaga bormasin!

Dangʻillama toʻylaring bekor,
Qurgan qasr, uylaring bekor.
Rossiyada boʻlsa mardikor,
Bolang Rossiyaga bormasin!

Borgan edik qoʻllarimiz gul,
Koʻp toʻladik, ishlash uchun pul.
Odam emas – koʻrdi bizni qul,
Bolang Rossiyaga bormasin
Maoshingizni oshirishning ikkita yoʻli bor:

1️⃣ Qadringizni tushirish

2️⃣ Qadringizni oshirish

Qadringizni tushirish...
Rahbaringizga oʻz muammolaringizni aytib, oyligingizni koʻtarib berishini iltimos qilasiz. Agar uning kayfiyati yaxshi bo'lsa va himmat ko'rsatsa, daromadingiz ozgina oshadi.

Qadringizni oshirish...
O'z ustingizda ishlaysiz, yangi bilim va ko'nikmalarni egallaysiz, ishxonangiz uchun qiymat bera oladigan hodimga aylanasiz. Shunda rahbar o'zi maoshingizni oshiradi. Agar unday bo'lmasa, "sen bo'lmasang, boshqasi" deysizda, qadringizga mos joyga o'tasiz.

Birinchi yo'l - oson, lekin qisqa muddatli. Ikkinchi yo'l esa, biroz mehnat va sabr talab qiladi.
2
14 ta hududda muhandislik maktablari tashkil etiladi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida 14 ta hududda muhandislik maktablari tashkil etiladi.

Ushbu maktablar oʻquvchilar umumiy cheklangan soni 240 nafar etib belgilanadi va davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan oʻqitiladi.
#Тезкор

⚡️⚡️ Расман: Университет имтиҳонлари бекор қилинади. Ўзбекистонда ўқувчилар Россиядаги каби Ягона давлат имтиҳонини топширади

Энди битирувчилар бир вақтнинг ўзида учта тест – мактаб якуний имтиҳонлари, олий ўқув юртларига кириш имтиҳонлари ва IELTS каби алоҳида тестларни топширишлари шарт эмас. Ҳаммаси битта ягона давлат имтиҳонига бирлаштирилади
.

📌 Бу ҳақдаги қарор 8 cентабр куни президент билан учрашувда қабул қилинган.