B.B.Qutlimuratov || Shaxsiy blog
184 subscribers
334 photos
73 videos
88 files
133 links
MAGNET education

☎️ Aloqa: +998(95) 279-99-22
Download Telegram
Bakalavr_kvota_kechki_2025.pdf
12.3 MB
⚡️KVOTA-2025

BAKALAVR. KECHKI

Jami: 28 ming 732 ta.

2025-2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
Bakalavr_kvota_masofaviy_2025.pdf
11 MB
⚡️KVOTA-2025

BAKALAVR. MASOFAVIY

Jami: 18 ming 195 ta.

2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi
Maqsadli_qabul_maktab_kvota_2025.pdf
10.7 MB
⚡️KVOTA-2025. MAQSADLI QABUL

Maktab ta’limi sohasi uchun

Jami: 626 ta.

2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).
Magistratura_kvota_kunduzgi_2025.pdf
15.4 MB
⚡️KVOTA-2025

MAGISTRATURA. KUNDUZGI

2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

JAMI: 20 ming 210 ta.

Davlat granti: 9 ming 922 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 ming 725 ta, rus tili – 1 ming 197 ta,

Kontrakt: 10 ming 288 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 ming 538 ta, rus tili – 1 ming 750 ta.
⚡️O‘TGAN YILGI (2024) O‘TISH BALLARI BILAN QUYIDAGI HAVOLA ORQALI TANISHISHINGIZ MUMKIN.

👇👇👇👇👇 https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz2024
🟢 Bugungi Prezident maktabi 2-bosqich imtihonida barcha o'quvchilarga muvaffaqiyat tilaymiz‼️

Prezident maktabi Asosiy imtihonida barcha o'quvchilardan yuqori natijalar kutib qolamiz. Barcha o'quvchilarga ota-onalar va ustozlar ishonchini oqlab yuzlari yorug' bo'lishi nasib qilsin!!

Bugungi imtihonda o'quvchilarning vazifasi bor bilim va imkoniyatni ishga solib savollarga to'g'ri javoblarni belgilashdir. Eng munosib o'quvchilarga Prezident maktabi o'quvchisi bo'lish nasib qilsin!!
👍3🔥1🙏1
1-2-3-4- sinflar uchun mantiqiy savol:
Shilliqurt 10 metrlik simyogʻochga kunduzi 5m yuqoriga koʻtariladi kechasi 4m pastga tushadi. Shu simyogʻochning eng yuqorisiga necha kunda chiqadi?
Anonymous Quiz
13%
😍   5
31%
👍   6
42%
🏆   10
14%
🏅   4
⚡️Bugun Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari e'lon qilinadi!

Avvalgi yillarda Prezident va Al-Xorazmiy maktablari imtihon natijalari o'zgacha hayajon bilan kutilar, ixtisoslashtirilgan maktablar natijasiga esa e'tibor biroz kamroq berilar edi.

Bugun raqobat kuchaydi, Ixtisoslashtirilgan maktablarning mavqei ham oshdi. Bu maktablarga qabul qilinish ham Prezident va Al-Xorazmiy maktablari kabi natija sifatida ko'rilmoqda.

Shunday ekan, bugun muhim kun. Natijalar chiqishini kutamiz. Hammaga omad!!
❗️Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihoni natijalarini bilish uchun tashlangan bot agentlik tomonidan o'chirildi (delete account).
Mavjudlari esa ishlamayapti.

Natijalarda biroz chalkashliklar bo'lishi mumkin.
Yuqori ballilar kira olmay, pastroq ballilar o'qishga tavsiya etilgan holatlar mavjud.

✏️Aniq natijalarni o'quvchilar shaxsiy kabinetidan bilinadi.
Hali shaxsiy cabinetga natijalar joylanmadi..

‼️Hozircha botlardagi natijalar no'to'g'ri bo'lishi mumkin.
Hozir ishonib xursand yoki xafa bo'lib yurmanglar.

📺Tez orada shaxsiy kabinetda haqiqiy natijalar paydo bo'lishi mumkin yoki Agentlik rasmiy ma'lumot berib qolishi mumkin, yana kutamiz.
👍2😢1
#qabul_2025 #ixtisoslashtirilgan_maktablar

2025-yilda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining natijalari quyidagi tartibda baholanadi

🤩Kirish imtihonlarini baholash jarayonida savollarning murakkabligi va yechish bosqichlari hisobga olinib, 1,1 va 2,1 ballik tizimda baholanadi.

🔎 Masalan, 5-sinfga kirish imtihonlari quyidagicha baholanadi:
📘 Matematika — 30 ta savol:
▪️ 12 ta savol — 1,1 ball
▪️ 18 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 51 ball

📗 Ingliz tili — 15 ta savol:
▪️ 6 ta savol — 1,1 ball
▪️ 9 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 25,5 ball

✔️ Jami ikkala fan bo‘yicha maksimal ball: 76,5 ballni tashkil etadi.

❗️Barcha sinflar kesimida maksimal ball 76,5 ballni tashkil etadi.
#imtihon_natijalari_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!

📆 Joriy yilning 7-, 8-, 9-, 10-, 11-IYUL kunlari Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖@natijalar_piima_1_2025_bot
🤖@natijalar_piima_2_2025_bot
🤖@natijalar_piima_3_2025_bot
🤖@natijalar_piima_4_2025_bot
🤖@natijalar_piima_5_2025_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

‼️ESLATMA!
Joriy yilning 31-iyul kuni imtihon natijalari bo‘yicha o'quvchilar ro‘yxati tegishliligi bo'yicha Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda e’lon qilinadi.
👍2
“Men o‘qimadim, farzandlarim o’qisin” degan gap yaxshi eshitiladi. Lekin…

🎯 Avvalo har bir farzand ota-onasi harakatidan namuna olishga harakat qilaveradi. Har kuni kitob o’qigan ota-onaning farzandiga “kitob o’qi” deb uqtirish shart emas. O’zi o’qishni boshlaydi.

Siz yoshligingizda o’qishga imkon topmagandirsiz. Vaqt yo‘q bo‘lgandir, pul yetmagandir. Buni tushunamiz.

Lekin hozir imkon bor. O’rganish, ilm olish uchun esa hech qachon kech emas!

⚡️ Siz farzandingiz uchun harakat qilyapsiz – bu zo‘r. Ammo uni haqiqiy o‘rnak bilan to‘ldirsangiz, kuchi ikki baravar bo‘ladi.

Zamon tez o’sib boryapti, yangi texnologiyalar, sun’iy intellektlarni ko’ryapmiz. bu vaqtda siz internetdan o’zingiz xohlagan narsani topa olmaydigan bo’lsangiz, farzandingizdan nimani kutasiz?

🌐 Yangi texnologiyani tushunish, internetda xizmat ko‘rsatish, moliyani to‘g‘ri yuritish — bularning hammasi ham kitobdan, kursdan, ustozdan o‘rganiladi.

Farzandingiz o‘qiydi – siz unga yordam bera olasiz.
Siz o‘qiysiz – o‘zingizga yordam bera olasiz.

📌 Aqlli inson: “Bolamni o’qitaman” - demaydi, “Bolamni ham o’qitaman, o’zim ham o’qiyman” - deydi.

Muallif: Hasan Mamasaidov
👍3🔥1
Kichik hato-katta falokat                                                                              
  Bitta maqola o'qib qoldim:                      
                                                                                                                                         1991-yil “Cho‘l bo‘roni” operatsiyasi davomida AQShning "Patriot" havo mudofaa tizimi Iroqdan uchirilgan "Skad" raketasini tutib qola olmadi. Natijada, raketa Saudiya Arabistonidagi AQSh kazarmasiga urildi, va 28 nafar amerikalik harbiy halok bo‘ldi.
Sababi — oddiy matematik xatolik: raqamlarni kompyuterda ifodalashda yuzaga kelgan noaniqlik.                          

"Patriot" tizimida ichki soat (taymer) bor edi. U har 0,1 soniyada yangilanardi.
Kompyuterlar ikkilik (binary) tizimda ishlaydi. Ammo 0.1 sonini ikkilikda aniq yozib bo‘lmaydi — u cheksiz davriy kasr bo‘lib ketadi (xuddi 1/3 = 0.333... kabi).

Kompyuter 0.1 sonini faqat taxminan saqlaydi. "Patriot" tizimi esa bu sonni 24-bitli aniqlikda saqlagan.

Bu juda kichik xatolik (taxminan 0.00000001 s) edi, ammo har 0.1 sekundda bu xatolik takrorlanaverdi, ya’ni xatolik yig‘ilib bordi.                                                                                                      Tizim necha soat ishlagan sayin, bu xatolik yig‘ilib, raqetaning aniq joylashuvini noto‘g‘ri hisoblashga olib keldi.

Raketa yaqinlashganda, Patriot tizimi “Skad”ni 0.343 soniyaga kechikib ko‘rdi, bu degani:

Raketa asl joyidan 700 metr uzoqlikda deb qabul qilindi, ya’ni ZRK uni ko‘rmadi.

Endi savol: ikkilik tizimda 0.1 (o‘nlikda) sonini qanday ifodalash mumkin?

❗️Gap shundaki, bu sonni ikkilikda aniq (aniq sonli) ifodalashning imkoni yo‘q!

Natijada raketa to‘g‘ri kazarmaga urildi.                                                                                                                                                                                                                                                                                         Harbiy sohada aniqlik juda muhim, hattoki mikrosekundlar darajasida.

Bu voqea dasturchilar uchun muqaddas saboq bo‘lib qolgan:
“Kichik xatolar – katta falokatlar.”
     
Hayotimdagi o‘zgarish nuqtasi onam menga oynayi jahonni ko‘rishni man qilib, meni kitob o‘qishga majburlagan kundan boshlangan.

© Ben Karson. Dunyodagi eng mashhur bolalar jarrohi.
👍7
⚡️Ertaga Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi yakunlanadi

Abituriyentlar 8-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

➡️Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

🔗Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos  bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

🎓 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

🚪 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.

❗️Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

📆Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.