Logistics Info
4.19K subscribers
57 photos
4 videos
11 files
204 links
Amerika logistikasini bepul o’rganing.

For ads and questions: @asklogisticsinfo

без цензура: https://t.me/+E6bdAJi6CAM2Mzcy

For free education: @logistics_info
Safet/Fleet: @safety_shop_services
Job Vacancies: @WeLogistiX

Powered by SI
Download Telegram
Abbreviation-List.pdf
26 KB
Undan tashqari, har bir shtatning o’z qisqartma nomlari (abbreviations) mavjud, ularni ham yoddan bilish kerak bo’ladi.

@logistics_info
👍24
US Time Zone.pdf
4.7 MB
Amerikada 4 ta asosiy Time Zone bor.

Ular:
Eastern Time Zone - EST -14:00 pm
Central Time Zone - CST -13:00 pm
Mountain Time Zone - MST -12:00 pm
Pacific Time Zone - PST -11:00 am

Bu degani, agar siz Florida shtatida bo’lsangiz va soat 14:00 bo’lsa, Amerikani California shtatida endi soat 11:00 bo’lgan bo’ladi.
Yani, Florida Eastern Time Zone ga kirsa, California Pacific Time Zone ga kiradi.

Shtatlarning joylashuviga qarab soatlar farqlanaveradi.

Logistlar qaysi shtat qaysi Time Zone ga kirishini bilishi shart.

@logistics_info
👍31
Bugun Amerikada truck haydovchilarning turlari haqida gaplashamiz.

Amerikada truck driverlar 3 ta turga bo'linadi.

Ular:
1. Owner Operator
2. Company Driver
3. Lease Operator


1. Owner Operator - o'zining shaxsiy trucki (og'ir yuk mashinasi) bor bo'lgan haydovchilar. Ular o'zlarining trucklariga 100% o'zlari javobgar hisoblanadi. Mabodo, trucki yo'lda buzilib qolsa, ular o'zlari bu muammoni bartaraf etishga mas'ul hisoblanishadi.

2. Company Diriver - o'zining shaxsiy yuk mashinasi bo'lmagan, va boshqa trucki bor bo'lgan kompaniyaga haydovchi sifatida ishlaydigan haydovchilar. Bu holatda truck kompaniyaniki hisoblanadi va truck bilan bog'liq hamma narsani kompaniyani o'zi nazoratga oladi. Haydovchidan faqat truckni haydab yuklarni o'z vaqtida yetkazib berish talab qilinadi.

3. Lease Operator - o'zining trucki bo'lmagan lekin truckni boshqa kompaniyadan ijaraga olib haydaydigan haydovchilar.
Lease operatorlar 2 turga bo'linadi:
1. Lease to Rent
2. Lease to Purchase
Lease to Rent - truckni vaqtincha ijaraga olib haydovchilar. Yani, truck uchun har haftalik ijara pulin to'lashadi va qachondir ishdan ketyotganda truckni topshirib ketishadi.
Lease to Purchase - truckni (ijaraga) bo'lib to'lashga oluvchilar. Yani, har hafta truck uchun ijara pulini to'lashadi va bu to'lanadigan pullar kelishilgan miqdorga yetganda truck haydovchining nomiga o'zkazib beriladi.

@logistics_info
👍31
Trucklarni 2 turga bo'lish mumkin, bular:

1. Sleeper Semi truck
2. Day Cab truck


1. Sleeper Semi Truck - uzoq masofaga yurish uchun mo'ljallangan og'ir yuk mashinasi. Unda haydovchi bemalol bir shtatdan boshqa shtatga yuk olib borishi mumkin chunki truckda uxlash uchun maxsus ajratilgan joy bor, shuning uchun ham nomi Sleeper Semi.

Sleeper Semi truck Regional va OTR (Over The Road) haydovchilari uchun mo'ljallangan.

2. Day Cab - bu truckda uxlash uchun maxsus joy mavjud emas. Shuning uchun qisqa masofadagi yuklarni tashidigan local driverlar uchun mo’ljallangan truck.

@logistics_info
👍23
OTR (Over The Road) driver - butun Amerika bo’ylab yurishni anglatadi, yani OTR driver degani, bu butun Amerika bo’ylab, 48 ta shtatda yuk tashiydigan haydovchi degani.

Regional driver - bu hudular aro yurishni anglatadi, yani regional driver odatda Southeast, Northeast yoki Midwest kabi hududlardan birini tanlab faqat o’sha hududda yuk tashish bilan shug’ullanadi.
Xuddi, faqat vodiyda yoki vohada yuradi degandek gap.

Local driver - bu faqat bitta shtatni ichida yuklarni A nuqtadan B nuqtaga yetkazib beradigan haydovchilar. Yani, bitta shtatdan tashqariga chiqmaydi.

@logistics_info
👍29
Bugun trucking biznesdagi asosiy “o’yinchilar” haqida gaplashamiz.

Ular:
1. Customer
2. Broker
3. Carrier


1. Customer - A nuqtadan B nuqtaga o’z mahsulotini (yukini) yetkazib berish uchun truck (og’ir yuk mashinasi) larga ehtiyoji bor ishlab chiqaruvchi yoki distribyutor.

2. Broker - customer dan hamma yuklarini o’z vaqtida aytgan manzilga yetkazib berish ma’suliyatini o’z bo’yniga olib, carrier va broker o’rtasida “dallol” sifatida hizmat ko’rsatadiganlar.

3. Carrier - trucklari bor bo’lgan kompaniyalar. Ular brokerlar bilan yuklarni ma’lum narxga kelishib A nuqtadan B nuqtaga yetkazib berishni o’z bo’yniga oladi.

🟢Bu yerda customer bu biror bir ishlab chiqaruvchi va unda truck yo’q. Customerlarga brokerlar yordamga keladi va hamma yukini aytgan manzillariga yetkazib berishini o’z zimmasiga oladi.

Customer brokerlar orqali hamma yuklarini A nuqtadan B nuqtaga yetkazish “bosh og’rig’idan” qutiladi.
Broker esa carrier kompaniyaga ya’ni trucklari bor bo’lgan kompaniyalarga yuzlanadi.

💡Customer va Carrier to’g’ridan to’g’ri ishlay olmaydi. Albatta o’rtada brokerage kompaniyasi turishi kerak.

@logistics_info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34
Factoring o’zi nima, logistikada factoring kompaniyalarini o’rni.

Factoring - bu judda katta moliyaviy byudjetga ega kompaniya. Factoring yuklarni A nuqtadan B nuqtaga muvaffaqiyatli yetkazib bergan carrier kompaniyalarga ma’lum bir foiz evaziga yukni yetkazib berganlik uchun broker to’lashi kerak bo’lgan pulni kuttirmasdan to’lab beradigan kompaniya.

🔍 Factoring kompaniyalarining service narxi odatda 1% dan 3% gachani tashkil qiladi.

Keling tushintiraman.
Agar siz factoring kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan bo’lsangiz va biror bir brokerdan ma’lum mablag’ evaziga bir yukni A nuqtadan B nuqtaga yetkazib berdingiz va yetkazib berish yakunlanganda sizga POD (Proof Of Delivery) berishadi. Siz mana shu qog’ozni factoring kompaniyasiga yuborasiz va factoring kompaniyasi sizga o’sha yuk uchun kelishilgan pulni tashlab beradi.

Brokerni o’zi tog’ridan to’g’ri to’lasa bo’lmaydimi degan savol tug’ilishi mumkin. Bo’ladi, lekin siz kutishizga to’g’ri keladi chunki brokerlar har xil va 3 kundan tortib 30 kungacha kutishizga to’g’ri keladi pulni tushishini.

✈️ Undan ko’ra broker sizga to’lashi kerak bo’lgan summadan 1% yoki maximum 3% ni factoring ga berasiz va hech qanaqa kutishlarsiz pullarizni qabul qilasiz.

Mana shu factoring kompaniyasini ishlash tartibi.

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍45
Semi truck modellari haqida ma’lumotlar.

🔺7 ta semi truckning har xil modeli mavjud. Ular bir biridan narxi, tashqi ko’rinishi va sifati bilan farq qiladi.

Ular:
1. Peterbilt (peterbilt.com)
2. Freightliner (freightliner.com)
3. Kenworth (kenworth.com)
4. Volvo (volvotrucks.com)
5. Mack (macktrucks.com)
6. International (navistar.com)
7. Western Star (westernstartrucks.com)

💡Har bir truck uchun alohida wikipediadan rasmlari bilan to’liq ma’lumot olishingiz uchun havola qoldirdim.
Undan tashqari har bir modelning rasmiy websiteni ham qoldirdim, kirib tanishib chiqishingiz uchun.

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
Trailer turlari haqida ma’lumotlar.

Nima mahsulot tashishiga qarab trailerlar bir necha turlarga bo’linadi.

1. Dry Van Trailer - asosan quruq, mahsus havo haroratini talab qilmaydigan har qandan mahsulotlarni tashishga mo’ljallangan trailer.
You Tube Video explanation about Dry Van Trailer

2. Reefer Trailer - mahsus havo haroratini talab qiladigan mahsulotlar tashish uchun mo’ljallangan. Reefer trailerda refrigerator ya’ni konditsioner o’rnatilgan bo’lib, u orqali trailer ichidagi havo haroratini nazorat qilish mumkin bo’ladi.
You Tube Video explanation about Reefer Trailer

3. Flatbed Trailer - noodatiy shaklga ega bo’lgan, har xil qurilish materiallari va shunga o’xshash yuklarni tashish uchun Flatbed dan foydalaniladi. Flatbed trailerning usti tekkis va yon atrofi ochiq bo’ladi.
You Tube Video explanation about Flatbed Trailer types

Mana shular 3 ta eng asosiy siz bilishingiz kerak bo’lgan va amerika logistikasida eng ko’p ishlatiladigan trailer turlari hisoblanadi.

4. Stepdeck (Drop Deck) - flatbed trailerga o’xshash, undan farqli flatbed trailerda tashib bo’miydigan yuklarni tashish uchun mo’ljallangan.
You Tube Video explanation about Stepdeck trailer

5. Tanker - tanker trailer asosan suyuqlik tashish uchun mo’ljallangan. Ya’ni, har xil kimyoviy yoki oddiy turdagi har qanday suyuq moddalarni tashiydi.
You Tube Video explanation about Tanker Trailer

6. Car Hauler - nomidan sezib turganingizdek avtomobillarni tashish uchun mo’ljallangan trailer.
You Tube Video Explanation about Car Hauler Trailer

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29
Bitta narsani eslatib o’tmoqchiman.

Men ustoz emasman va hech qayerda teacher sifatida ishlab ko’rmaganman, men logistman va shu sohada ko’p bollar / qizlarga ish o’rgatganman.

Shuning uchun o’zim bilgan hamma ma’lumotlarni maksimal darajada tushinarli qilib yozishga harakat qilyapman. Umid qilamanki, hammaga tushinarli bo’lmoqda.
👍137
5-U.S-Regions-Map.pdf
136.7 KB
Esingizda bo’lsa Amerika haritasini o’rgangan edik.
Logistlar har bir shtatning joylashuvi, qaysi vaqt mintaqasiga kirishi va har bir shtatning abbreviation larini bilishi shart.

Shu bilan bir qatorda qaysi shtat qaysi hududga kirishini ham bilish juda muhim.
Shuning uchun bugun hududlar haqida o’rganamiz.

4 ta asosiy hududlar mavjud.

Ular:
Northeast - shimoli-sharqiy
Midwest - o’rta-g’arb
South - janub
West - g’arbiy

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
Logistics Info pinned «Bitta narsani eslatib o’tmoqchiman. Men ustoz emasman va hech qayerda teacher sifatida ishlab ko’rmaganman, men logistman va shu sohada ko’p bollar / qizlarga ish o’rgatganman. Shuning uchun o’zim bilgan hamma ma’lumotlarni maksimal darajada tushinarli…»
Deadheading - truck turgan joydan yuk joylashgan manzilgacha bo’lgan yo’l deadheading deb ataladi. Bunga sabab bu oradagi bosib o’tilgan yo’l uchun hech kim pul to’lamasligi. Ya’ni, truck yukni olish uchun yuk joylashgan warehouse (omborxona) ga borishi kerak lekin omborxonagacha bo’lgan masofa 100 mile. Mana shu bosib o’tiladigan 100 mile uchun broker pul to’lamidi.

Shuning uchun bunga deadhead mile deb ataladi.

🌐Logistics Info 🖤 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10
Yana bir narsa, Amerikada bosib o’tiladigan yo’lni kilometrda emas, mile da hisoblashadi.

1 mile = 1.6 kilometer

Ya’ni 1 mile bu 1.6 kilometrga teng.

🌐Logistics Info 🖤 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26
Amerika haritasini tezroq yodlash va har bir shtatning joylashuvini esda yaxshi saqlab qolish uchun 50 US States - American Quiz mobil ilovasidan foydalaning.

Play Market - Android uchun
App store - IOS uchun
Siterra - online, computer yoki telefon uchun

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23
Kimda qanaqa savollar bo'lsa, marhamat savollarni yuboring: @asklogisticsinfo
🔥10
Logistika sohasida ishlatiladigan terminlar haqida.

BOL (Bill of Lading) - yukni olib ketish uchun borganda haydovchiga beriladigan hujjat. Bu hujjatda yuk haqida hamma ma'lumotlar: qachon qayerdan yukni olib ketib, qachon qayerga yetkazib berish haqida hammasi yozilgan bo'ladi.
Haydovchilar bu hujjatni rasmga olib
dispatcher/updater ga jo'natishi kerak bo'ladi.

POD (Proof of Delivery) - yukni muvaffaqiyatli yetkazib bergandan keyin haydovchiga beriladigan hujjat.
Bu hujjatni ham haydovchi rasmga olib
dispatcher/updater ga yuborishi shart, chunki, factoring kompaniyasi carrier ga pul to'lab berishi uchun BOL va POD hujjatlarini talab qiladi.

Rate Confirmation (RC) - dispatcher yukni brokerdan olgandan keyin, broker shu yukni A nuqtadan B nuqtaga yetkazib berishni rostan ham shu carrier kompaniyasiga berganligini tasdiqlash uchun Rate Confirmation yuboradi.
Asosiysi, Rate Confirmation da yukning qancha narxga berilganligi uozilgan bo'ladi, undan tashqari qachon qayerga yekazib berish kerakligi kabi ma'lumotlar yozilgan bo'ladi.


🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥23
Logistics Info
BOL (Bill of Lading)
BOL (Bill of Lading).pdf
108 KB
Example for BOL (Bill of Lading)
🔥19