Logistics Info
4.18K subscribers
57 photos
4 videos
11 files
203 links
Amerika logistikasini bepul o’rganing.

For ads and questions: @asklogisticsinfo

без цензура: https://t.me/+E6bdAJi6CAM2Mzcy

For free education: @logistics_info
Safet/Fleet: @safety_shop_services
Job Vacancies: @WeLogistiX

Powered by SI
Download Telegram
Asosiy savolarga javoblar.

1. Bu sohaning kelajagi bormi?

Logistika sohasi hozirgi kunda o'sib borayotgan soha bo'lib kelajagi bor albatta, chunki har kuni butun Amerika bo'ylab millionlab yuklar A nuqtadan B nuqtaga yetkazib berilishi kerak va buning uchun albatta logistika kompaniyalari yordamga keladi. Bu esa o'z - o'zidan logistika kompaniyalarida ishlash uchun kadrlar kerak degani.

2. Logistika kimlar uchun?

Logistika sohasi ingliz tilini biladigan hamma uchun desa bo'ladi faqat siz bunda stressga chidamli bo'lishingiz talab etiladi, chunki ish jarayonida juda ko'plab stressga tushiradigan holatlar uchrab turadi (buni ish boshlaganingizda bilasz). Undan tashqari yosh masalasiga kelsak, ishda masuliyat katta bo'lgani sababli yoshingiz 18 dan kichik bo'lsa ish topishda qiynalishingiz aniq.

3. Logistika sohasida ishlash uchun ingliz tili darajasi qanday bo'lishi kerak?

Bu sohada ishlash uchun ingliz tili darajasi kamida Upper-Intermediate (IELTS 5.5) bo'lishi kerak. Ochig'ini aytganda bu ham juda kam aslida, chunki siz 5.5 IELTS bilan birdaniga yaxshi natija ko'rsatib ketishingiz qiyin bo'ladi ishda.


🟢 Iltimos, logistika kurslariga ketkazgan pulizni va vaqtizni ingliz tilini o’rganishga sarflang.
Logistika kurslarida oladigan ma’lumotlarni shu yerdan topasiz!


@logistics_info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82
Logistika da asosiy ish bajaruvchi vositalar: truck va trailer.
Dispatcher yukni broker bilan savdolashib oladi va haydovchini yuk turgan manzilga jo'natadi, driver (haydovchi) truck ni haydab yuk turgan joyga boradi va omborxonadagi ishchilar yuklarni truck ning orqasiga ulangan trailer ga joylashtirishadi. Shu bilan driver yukni yetkazib berilishi kerak bo'lgan joyga haydab ketadi.

Bilaman bu yerda sizga tushunarsiz bo'lgan ko'p terminlar ishlatildi.
Dispatcher, truck, trailer va boshqalar. Lekin, havotirga o'rin yo'q, biz bu yerda sizga hammasini birin ketin tushuntirib boramiz.

@logistics_info
👍22
Rasmda ko'rib turganingiz Semi Truck yani uzoq masofaga yurish uchun mo'ljallangan og'ir yuk mashinasi.
Semi deb atalishiga sabab esa unda driver (haydovchi) larga uxlash uchun maxsus sharoit yaratilgan truckning ichida.

@logistics_info
🔥29
Ertaga esa trailer haqida tushuncha berib o'taman.
Undan keyin esa soha mutaxassislari Dispatcher, Updater, Safety, Accounting, Logbook, Recruiting kabi bo'limlarda kimlar nima ish bilan shug'ullanishini tushuntirib beraman.

@logistics_info
👍28
Trailer - bu yuqorida aytganimiz Semi Truck ga ulanib yukni A nuqtadan B nuqtaga olib kelishda ishlatiladi. Barcha yuklar ushbu trailer ning ichiga yuklanadi va truck lar mana shu trailer lar ni tashish bilan shug'ullanadi.

Ayrim kompaniyalarda o'zlarining trailer lari bor va ular mana shu trailer ni ichiga yuklash uchun yuk qidirishadi.
Bordiyu kompaniyaning traileri bo'lmasa unda PO yani Power Only yuk olinadi. Yani, siz tayyor yuklangan (loaded) trailer olasiz va yuklangan trailer ni A nuqtadan B nuqtaga yetkazib berasiz. trailer larning ham bir qancha turlari bor. Masalan, dry van, reefer, flatbed, lowboy, step deck, tanker va boshqalar. Nima maxsulot tashishga mo'ljallanganligiga qarab trailer lar farqlanaveradi (har bir trailer haqida keyingi postlarda to'liq malumot berib o'tamiz).

@logistics_info
👍43
Dispatcher kim va nima vazifani bajaradi?

Dispatcher
- yuk beruvchi (broker) bilan savdolashib yukni A nuqtadan B nuqtaga qancha narxga olib borib berishini kelishadigan odam.
Yaxshi dispatcher bo'lish uchun eng avvalo yaxshi ingliz tili va "communication skills" kerak bo'ladi.

Ingliz tilini biladiganlar uchun ingliz tilidagi dispatcherlar haqida yozilgan to'liq malumotga havola:

A truck dispatcher is employed by a trucking company to monitor the delivery of freight over long distances and coordinate delivery pickup and drop-off schedules.

@logistics_info
👍42
Logistics Info
Dispatcher kim va nima vazifani bajaradi? Dispatcher - yuk beruvchi (broker) bilan savdolashib yukni A nuqtadan B nuqtaga qancha narxga olib borib berishini kelishadigan odam. Yaxshi dispatcher bo'lish uchun eng avvalo yaxshi ingliz tili va "communication…
Updater kim va nima vazifani bajaradi?

Updater
- updaterning asosiy vazifasi dispatcher yukni savdolashib olgandan keyin, haydovchi yukni vaqtida olishga borishini, keyin yukni A nuqtadan B nuqtaga vaqtida, muammolarsiz yetib borishini nazorat qiladigan odam. Agar, bordiyu yo'lda nimadir muammo chiqsa updater bu haqida dispatcherga habar berishi dispatcher esa buni brokerga habarini berishi kerak bo'ladi.
Qisqa qilbi aytganda, yuk yetkazib berilgunga qadar o'rtada bo'ladigan ma'lumot almashinuviga updater javobgar hisoblanadi.

@logistics_info
👍49
Safety bo’limi nima vazifalarni bajaradi?

Safety - o’z nomidan sezib turganingizdek bu bo’lim havfsizlik uchun javob beradi.
Ya’ni, butun kompaniyani yuridik tomonlama hujjatlari joyidaligidan tortib, kompaniyada yurgan har bir “truck” (yuk mashinasi) ning texnik holatini sozligiga ham javob beradigan bo’lim hisoblanadi.

Safety bo’limida ishlay olish uchun avvalo, kuchli ingliz tili va “problem-solving” qobilyati kerak bo’ladi.
Chunki, bu yerda sizdan paydo bo’lgan muammoni tez, aniq, va ortiqcha harajatlarsiz bartaraf qilish talab qilinadi.

@logistics_info
👍36
Accounting bo’limi nima vazifani bajaradi?

Accounting
- pul mablag’larini boshqarishga javob beruvchi bo’lim.
Yani, kompaniya yetkazib bergan yuklarning pullarini vaqtida tushishini, haydovchilarning ish haqini vaqtida to’lab berilishi va kompaniyani umumiy harajatlarini hisoblash kabi ishlarga javob beradigan bo’lim hisoblanadi.

Accounting bo’limida ishlay olish uchun hisob-kitob, ya’ni moliyada yaxshi bilimga ega bo’lsangiz bu ayni muddao.

Bu bo’limda qolgan bo’limlardagi kabi yuqori darajadagi ingliz tili talab qilinmaydi, chunki accounting bo’limi ko’proq hisob-kitob bilan band bo’ladi. Lekin, bu degani ingliz tili kerakmas degani emas!

@logistics_info
👍44
Logbook (ELD) bo'limi nima vazifani bajaradi?

Bu savolga javob berishdan oldin ELD nima degan savolga javob berib o'tamiz.

ELD - Electronic Logging Device - buni haydovchilarning kundaligi desak ham bo'ladi. Bu qurilma haydovchilarning nechchi soat truck (yuk mashinasi) haydagani, nechchi soat uxlagani, qancha vaqt qayerda to'xtagani haqida ma'lumotlarni yozib boradi.
Amerika qonunchiligiga ko'ra og'ir yuk mashinasi (truck) haydovchilariga bir kunda 11 soatdan oshiq yurish mumkin emas. Undan tashqari, haydovchilar har doim 11 soat yo'l yurgandan keyin 10 soat uxlashlari shart, yani, 10 soat davomida truckni haydash mumkin emas. 10 soatdan keyin yana yo'lga chiqishdan oldin PTI - Pre Trip Inspection (yo'lga chiqishdan oldin yuk mashinasining texnik sozligini tekshirish) ni amalga oshirishi kerak.

Mana shu yuqoridagilarning hammasini haydovchilarning o'zi ELD (Electronic Logging Device) qurilmasida belgilab borishlari kerak bo'ladi.

Logbook bo'limi esa mana shu ELD (Electronic Logging Device) qurilmasini to'g'ri ishlayotganligi, agar bordiyu nimadir muammo chiqsa haydovchiga yordam berish va haydovchilar kompaniyada endi ish boshlayotganda mana shu ELD qurilmasidan ro'yhatdan o'tkazish kabi ishlarga javobgar hisoblanadi.

@logistics_info
👍30
Recruiting bo'limi nima vazifani bajaradi?

Recruiting - ishga yollash yoki ishga qabul qilish.

Har bir kompaniyada haydovchilarning yetishmovchiligi bilan bog'liq muammo bor. Mana shu maummoni hal qilishda recruiting bo'limi yordamga keladi.
Recruiterlarning asosiy vazifasi kompaniyaning hamma yuk mashinalarini tajribali va mas'uliyatli haydovchilar bilan ta'minlash.

Ya'ni, recruiterlar ish qidirayotgan haydovchiga ish, haydovchi qidirayotgan kompaniyaga esa haydovchi topish orqali hizmat ko'rsatadi.

Kuchli recruiter bo'lish uchun, yuqori darajadagi ingliz tili va muzokara olib bora olish qobilyatlari kerak bo'ladi.

@logistics_info
👍29
Undan tashqari umumiy savollarga javoblar hamda truck va trailer haqida ham ma'umotlar berildi.
👍21
Logistika sohasiga ko’pchilik puliga qiziqib kiradi.

Va aynan bugun sizlarga logistika sohasida ishlaydigan hodimlarning o’rtacha qancha ish haqi olishlari haqida ma’lumot beramiz.

Dispatcher: $500 - $3000
undan tashqari foizga (0.8 dan 1-2% gacha) ishlashadi.

Updater: $300 - $800, $1000

Safety: $500 - $3000

Accounting: $400 - $3000

Recruiting: $300 - $1000
undan tashqari har bir ishga kirgan haydovchidan qanchadir ulush ajratilishi mumkin.


Yuqoridagi sonlar hamma kompaniyalarda ham bir xil emas. Hamma kompaniyada har xil maosh belgilanadi.
Bu hodimning tajribasi va qo’lidan nima ish kelishiga qarab ham o’zgaradi.

@logistics_info
👍30
Endi asosiy savollardan biriga qaytsak.

Logistika sohasiga ishga kirish uchun logistika kurslarida o’qish shartmi?

Javob: YO’Q

Keling tushintiraman.
Hamma logistika kurslarida programma deyarli bir xil, yani, birinchi dars bu kirish darsi, unda umumiy logistika sohasi o’zi qanaqa, kim nima ish qiladi kabi umumiy savollarga javob beriladi.
Undan keyingi darslarda birinchi o’rinda Amerika xaritasini o’rgatishdan boshlashadi, undan keyin Amerikani 50 ta shtatlarini nomlarini va qisqartmalarini (abbreviations) yodlashga berishadi.
Keyingi darslarda siz qaysi bo’lim bo’yicha kursga yozilgan bo’lsangiz o’sha bo’limda ishlab chiqqan ustoz sizga dars o’tishni boshlaydi va o’zini bo’limi bo’yicha ma’lumotlar bera boshlidi. Eng qizig’i ular berayotgan ma’lumotlarni bemalol internetdan topsa bo’ladi, tekinga. Dars qiziqarliroq bo’lishi uchun, o’zlarini ish payti boshidan kechirgan qiziqarli voqealardan aytib berishadi.


Umuman olganda logistika kurslari yomonmas, bemalol kurs ochib dars beraverishsin lekin, ko’pchilik kurs ochganlar o’quvchilarni ishga kiritib qo’yish vadasi bilan kursga qiziqtirishlari to’g’ri emas.
Logistika kursi faqat ma’lumot beroladi, tajriba berib qo’ymidi hech qachon.

@logistics_info
👍61
usa-map-states-names.pdf
773.6 KB
Bugun Amerika haritasi bilan tanishamiz.

Logistika sohasida ishlaydigan odam Amerika haritasini yoddan bilishi shart. Har bitta shtatning joylashuvidan tortib, bitta shtatni aytganda unga qo’shni shtatlarni bemalol sanab beroladigan darajada bilishi kerak.

Amerikada 50 ta shtat mavjud. Undan logistika kompaniyalari faqat 48 tasida faoliyat yuritadi, chunki qolgan 2 ta shtat bular: Alaska va Hawaii, ikkalasi ham Amerika bilan to’g’ridan to’g’ri bog’lanmagan.

@logistics_info
👏32
Abbreviation-List.pdf
26 KB
Undan tashqari, har bir shtatning o’z qisqartma nomlari (abbreviations) mavjud, ularni ham yoddan bilish kerak bo’ladi.

@logistics_info
👍23
US Time Zone.pdf
4.7 MB
Amerikada 4 ta asosiy Time Zone bor.

Ular:
Eastern Time Zone - EST -14:00 pm
Central Time Zone - CST -13:00 pm
Mountain Time Zone - MST -12:00 pm
Pacific Time Zone - PST -11:00 am

Bu degani, agar siz Florida shtatida bo’lsangiz va soat 14:00 bo’lsa, Amerikani California shtatida endi soat 11:00 bo’lgan bo’ladi.
Yani, Florida Eastern Time Zone ga kirsa, California Pacific Time Zone ga kiradi.

Shtatlarning joylashuviga qarab soatlar farqlanaveradi.

Logistlar qaysi shtat qaysi Time Zone ga kirishini bilishi shart.

@logistics_info
👍30
Bugun Amerikada truck haydovchilarning turlari haqida gaplashamiz.

Amerikada truck driverlar 3 ta turga bo'linadi.

Ular:
1. Owner Operator
2. Company Driver
3. Lease Operator


1. Owner Operator - o'zining shaxsiy trucki (og'ir yuk mashinasi) bor bo'lgan haydovchilar. Ular o'zlarining trucklariga 100% o'zlari javobgar hisoblanadi. Mabodo, trucki yo'lda buzilib qolsa, ular o'zlari bu muammoni bartaraf etishga mas'ul hisoblanishadi.

2. Company Diriver - o'zining shaxsiy yuk mashinasi bo'lmagan, va boshqa trucki bor bo'lgan kompaniyaga haydovchi sifatida ishlaydigan haydovchilar. Bu holatda truck kompaniyaniki hisoblanadi va truck bilan bog'liq hamma narsani kompaniyani o'zi nazoratga oladi. Haydovchidan faqat truckni haydab yuklarni o'z vaqtida yetkazib berish talab qilinadi.

3. Lease Operator - o'zining trucki bo'lmagan lekin truckni boshqa kompaniyadan ijaraga olib haydaydigan haydovchilar.
Lease operatorlar 2 turga bo'linadi:
1. Lease to Rent
2. Lease to Purchase
Lease to Rent - truckni vaqtincha ijaraga olib haydovchilar. Yani, truck uchun har haftalik ijara pulin to'lashadi va qachondir ishdan ketyotganda truckni topshirib ketishadi.
Lease to Purchase - truckni (ijaraga) bo'lib to'lashga oluvchilar. Yani, har hafta truck uchun ijara pulini to'lashadi va bu to'lanadigan pullar kelishilgan miqdorga yetganda truck haydovchining nomiga o'zkazib beriladi.

@logistics_info
👍29